1-mavzu. Korxona boshqaruv tizimida buxgalteriya hisobining ahamiyati reja


Download 231.79 Kb.
bet4/17
Sana30.04.2023
Hajmi231.79 Kb.
#1414218
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Doniyor G\'aniyev

«Buxgalter» (nemischa buch-kitob, halter-tutmoq, saqlamoq) so‘zi esa ilk marotaba Germaniyada, 1498 yil 13 fevralda, Luka Pacholining asari nashr etilgandan 4 yil o‘tgach paydo bo‘ldi. Imperator Maksimilian I ning farmonida shu so‘z qo‘llanilgan edi.
Buxgalteriya hisobi – bu kundalik va umumiy ma’lumotlar olish maqsadida korxonalar xo‘jalik faoliyatini uzluksiz ravishda kuzatish va nazorat qilish tizimidan iboratdir.


1.3. Axborotdan foydalanuvchilarning talablariga ko‘ra turlari: moliyaviy hisob, boshqaruv hisobi va soliq hisobi hamda ularning mazmuni
Buxgalteriya hisobi yagona xalq xo‘jaligi hisobi tizimining bir turi bo‘lganligi sababli hisobga xos bo‘lgan hamma umumiy vazifalar unga tegishlidir
Bozor iqtisodiyotining buxgalteriya hisobi oldiga qo‘yadigan talablari rejali-taqsimot iqtisodiyotiga qaraganda ancha keng. Bu eng avvalo, boshqaruv maqsadlari xo‘jalik yurituvchi subekt faoliyatining yakuniy natijasi – foyda olishga qaratilganligi bilan bog‘liq. Hozirgi sharoitda buxgalteriya hisobi ushbu vaziyatdan kelib chiqqan holda uch turga bo‘linadi (1.3-rasm).


1.3-rasm. Buxgalteriya hisobining turlari


Moliyaviy hisob tashqi va ichki axborotdan foydalanuvchilar talabini qondirishga qaratilgan hisob va hisobot tizimidan iborat. Boshqaruv hisobi faqat ichki axborotdan foydalanuvchilar, ya’ni xo‘jalik yurituvchi subekt boshqaruv apparatini axborot bilan ta’minlaydi va uning joriy vazifalari (ishlab chiqarish hisobi) kabi strategik maqsadlariga (strategik hisob) xizmat qiladi. Soliq hisobi soliqlarning alohida turlari bo‘yicha soliqqa tortiladigan bazani to‘g‘ri hisoblash va budjet bilan hisob-kitoblarni o‘z vaqtidaamalga oshirishni ta’minlashga qaratilgan. Shunday qilib, boshqaruvning ko‘rib chiqilgan rejalashtirish, nazorat va qabul qilingan qarorlar bajarilishining samaradorligini baholash kabi funktsiyalari buxgalteriya hisobi tufayli amalga oshiriladi. Uning axborot tizimi ichki va tashqi axborotdan foydalanuvchilarning xo‘jalik yurituvchi subekt moliya-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida yaqqol tasavvurga ega bo‘lishini ta’minlaydi.
Buxgalteriya hisobi axborotlarini hisobning boshqa turlarida shakllanadigan axborotlar bilan qiyoslaganda farq qiladigan belgilari uning asosiy tamoyillariga tayanadi. Ularga asoslangan holda har bir xo‘jalik yurituvchi subekt tomonidan ma’lum mahsulot, ish va xizmatlar bozorida o‘zining moliya-xo‘jalik strategiyasi ishlab chiqiladi.
Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunning 3-moddasiga muvofiq buxgalteriya hisobining asosiy printsiplari1 quyidagilar:

  • uzluksizlik;

  • ishonchlilik;

  • ko‘rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi.




Download 231.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling