1-mavzu. Korxona boshqaruv tizimida buxgalteriya hisobining ahamiyati reja


Download 231.79 Kb.
bet14/17
Sana30.04.2023
Hajmi231.79 Kb.
#1414218
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Doniyor G\'aniyev

7-muomala. Hisob-kitob schyotidan qarzning qolgan qismini qoplash uchun o‘tkazildi.
Mol yetkazib beruvchilarga ulardan sotib olingan
Materiallar va ular tomonidan qilingan
transport xarajatlari uchun … … … … …52020 so‘m
Transport tashkilotiga materiallarni temir yo‘l stantsiyasidan korxona omboriga tashib keltirganligi uchun … … … … … … … … … … 3000 so‘m
J a m i 55020 so‘m
Ushbu muomala natijasida mol yetkazib beruvchilarga va transport tashkilotiga qarz kamayishi sodir bo‘ladi, shuning uchun 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» schyotining debeti va pul mablag‘larini to‘lash natijasida 5110-«Hisob-kitob schyoti» ning krediti bo‘yicha kamayish sodir bo‘ladi.
Dt 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va
pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» schyoti 55020 so‘m.
Kt 5110-«Hisob-kitob schyoti»55020 so‘m.
Tayyorlangan har bir Materialning haqiqiy tannarxini aniqlash uchun maxsus hisob-kitob ishlarini amalga oshirish zarur. Buning uchun transport-tayyorlov xarajatlarining sotib olingan Materiallar shartnoma qiymatidagi ulushi(foizi)ni topish kerak. So‘ngra aniqlangan foiz bo‘yicha, analitik schyotlar ma’lumotlaridan foydalangan holda transport-tayyorlov xarajatlarining tegishli Material turiga to‘g‘ri keladigan summasi hisoblab chiqiladi. Agar transport-tayyorlov xarajatlarining summasi sotib olingan har bir Material turi bo‘yicha shartnoma bahosiga qo‘shilsa, sotib olingan har bir Material turining haqiqiy tannarxi kelib chiqadi.
Ushbu misolda bir oy ichida sotib olingan Materiallarga taalluqli transport xarajatlarining umumiy summasi 4200 so‘mni (1200Q3000), ya’ni 7,0%ni (4200:60000x100) tashkil etgan.
Materialar turiga tegishli transport-tayyorlov xarajatlarini taqsimlash quyidagicha hisob-kitob qilinadi:
«A» Materialga q so‘m
«B» Materialga q so‘m
Sotib olingan Materiallarning haqiqiy tannarxi quyidagicha:
«A» Material– 20000+1400=21400
«B» Material– 40000+2800=42800
Jami: 64200
Sotib olingan Materiallar har bir turi bo‘yicha bir birligining tannarxini aniqlash uchun alohida tannarx hisob-kitobi bajariladi (4.1-jadval)
Quyidagi keltirilgan tannarx hisob-kitobida nafaqat sotib olingan Materiallar alohida turlarining (21400 so‘m va 42800so‘m), balki bu Materiallar bir birligining (bir kg mos ravishda 21,40 so‘m va 42,80 so‘m) haqiqiy tannarxi to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltirilgan.

Download 231.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling