1-mavzu. Korxona boshqaruv tizimida buxgalteriya hisobining ahamiyati reja
-jadval Tayyorlangan mahsulotlar tannarxining hisob-kitobi
Download 231.79 Kb.
|
Doniyor G\'aniyev
- Bu sahifa navigatsiya:
- Analitik schyotlarda aks ettirilishi
- 1.6-rasm.Ta’minot jarayoni hisobining umumiy chizmasi
- 1.7. Hisobda qo‘llaniladigan o‘lchovlar: natura, mehnat, pul (qiymat), ularning ahamiyati
- Hisob o‘lchovlari
- Natural o‘lchovlar
1.1-jadval
Tayyorlangan mahsulotlar tannarxining hisob-kitobi
Yuqorida keltirilgan muomalalarni analitik va sintetik hisob schyotlarida chizma tarzida quyidagicha aks ettirish mumkin: Sintetik schyotlarda aks ettirilishi
1510-«Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» schyoti
610-«Materiallar qiymatidagi D-t farqlar» schyoti K-t
Analitik schyotlarda aks ettirilishi «A» Material
«B» Material
Ma’lumki, mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblarning analitik hisobi har bir mol yetkazib beruvchi bo‘yicha alohida yuritiladi. Misolni soddalashtirish maqsadida ushbu schyot bo‘yicha analitik schyotlarning ma’lumotlari berilmagan. Keltirilgan misolda schyotlar bo‘yicha oylik oborotlar va qoldiqlar chiqarilmagan. Chunki, mazkur misolni keltirishdan maqsad ta’minot jarayonini hisobga olishning tegishli schyotlarda qanday aks ettirilishini ko‘rsatishdan iborat. Misoldan ko‘rinib turibdiki, 1010-«Xom-ashyo va Materiallar» schyotida hamda unga ochilgan analitik schyotlarda ta’minot jarayonini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar keltirilgan. Shunday qilib, ushbu schyot Materiallar qiymati qismining debet oboroti haqiqiy ta’minot hajmining miqdoriy ko‘rsatkichi hisoblanadi. Ushbu misolni chizma ko‘rinishida quyidagicha tasvirlash mumkin 4.1.2-rasm). Ta’minot jarayoni hisobining ko‘rsatkichlari korxonada ta’minot rejasining bajarilishini nazorat qilish imkonini yaratadi. Buning uchun haqiqiy sotib olingan Materiallar reja bilan taqqoslanadi. Haqiqiy transport-tayyorlov xarajatlarining belgilangan normativlariga mosligini ham shunday tarzda aniqlash mumkin. Ushbu misolda Materiallar shartnoma bahosi bo‘yicha baholanib, transport-tayyorlov xarajatlari esa alohida aks ettiriladi. Bunday tartib tovar-moddiy qiymatliklarni hisobga olishning usullaridan biri hisoblanadi. Korxonalarning ishlab chiqarish jarayonida mahsulotlar ishlab chiqarilib, ularni tayyorlash ma’lum xarajatlarni talab etadi. 1.6-rasm.Ta’minot jarayoni hisobining umumiy chizmasi Bunday xarajatlar sirasiga sarflangan Materiallar, yoqilg‘i va boshqa moddiy zaxiralar qiymati, ishchilarning ish haqi, ijtimoiy sug‘urta ajratmalari, asosiy vositalar eskirishi va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi va boshqalar kiradi. Nomlari yuqorida qayd qilingan xarajatlardan tashqari korxonada ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish xarajatlari ham amalga oshiriladi. Ular boshqaruv va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning ish haqlari, binolarni isitish va yoritish xarajatlari va boshqalardan iborat. Qilingan xarajatlarning pul ifodasidagi jami summasi ishlab chiqarilgan mahsulotlarning tannarxini tashkil etadi. Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va mahsulotlar tannarxini hisoblash buxgalteriya hisobining muhim uchastkalaridan biri hisoblanadi. Ularni ishlab chiqarish rezervlarini topish, Materiallar, pul mablag‘lari va mehnat resurslari ustidan muntazam nazorat o‘rnatishda muhim vosita bo‘lib hisoblanadi. Korxona tashkilot va muassasa zarur bo‘lgan moddiy boyliklar, ya’ni asbob-uskuna, xom-ashyo va materiallar, yoqilg‘i, ehtiyot qismlar va boshqa moddiy boyliklarni tuzilgan shartnomaga asosan mol yetkazib beruvchilardan oladi. Shartnomada muayyan moddiy boylikning nomi, miqdori, sifati, bahosi, to‘lov shartlari, assortimenti va qaysi oyda olib kelinishi ko‘rsatilgan bo‘ladi. Ta’minot jarayonini hisobga oluvchi schyotlar korxonaning asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, xom-ashyo va Materiallar, yoqilg‘i, qurilish Materiallari va o‘rnatiladigan asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar bilan qay darajada ta’minlanganligi, sotib olingan, qurilgan, ishlab chiqarilgan mehnat qurollari va buyumlarining haqiqiy tannarxi haqida tegishli ma’lumotlar beradi va ular ustidan to‘la nazorat o‘rnatadi. Demak, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, xom-ashyo va materiallar, yoqilg‘i, ehtiyot qismlar va boshqa mehnat buyumlarining haqiqiy tannarxi mol yetkazib beruvchilarning schyot-fakturasida ko‘rsatilgan qiymati, ta’minot tashkilotlariga to‘langan ustamalar, transportga yuklash va tushirish chiqimlari, tashib keltirish uchun transport tashkilotlariga to‘lovlar, mehnat buyumlarini tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan xizmat safari chiqimlari, ularni tashib keltirish yo‘lidagi tabiiy kamayish va boshqa chiqimlardan tashkil topadi. 1.7. Hisobda qo‘llaniladigan o‘lchovlar: natura, mehnat, pul (qiymat), ularning ahamiyati Xo‘jalik yurituvchi subekt faoliyati to‘g‘risidagi axborotlar, agar barcha hisobga olingan resurslar va xo‘jalik jarayonlari hisob o‘lchovlarida ifodalansa, axborotdan foydalanuvchilar extiyojini qondiradi. Hisob o‘lchovlari – xo‘jalik resurslari va jarayonlarini o‘lchash va hisoblash asosida xo‘jalik yurituvchi subektning har xil extiyojlari uchun ko‘rsatkichlarni shakllantiradigan o‘lchov birliklari. Xo‘jalik mablag‘larini va jarayonlarini hisobda miqdoriy aks ettirish uchun natural, mehnat va pul o‘lchovlaridan foydalaniladi. Natural o‘lchovlar – hisob obektlarini og‘irlik (kg, ts, t ), hajm (m3, litr), uzunlik (mm, sm, m, km), maydon (kvadrat metr, ga) va boshqa o‘lchovlarda ifodalash uchun qo‘llaniladi. Natural o‘lchovlarda yuritiladigan hisob miqdoriy yoki natural hisob deb ham ataladi. Miqdoriy hisob asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, o‘rnatiladigan asbob-uskunalar, xom ashyo va Materiallar, tayyor mahsulotlar va boshqa hisob obektlarini natural (fizik) hajmi to‘g‘risida axborotlar bilan ta’minlashdan iborat. Bunday o‘lchovlar xo‘jalik mablag‘larining saqlanishini hamda xo‘jalik faoliyatiga tezkor rahbarlik qilishni ta’minlaydi. Natural o‘lchovlar bir xildagi xo‘jalik mablag‘larini hisobga olishda qo‘llaniladi. Turli xil natural ko‘rsatkichlarini jamlash mumkin emas. Shuning uchun ham xar xildagi xo‘jalik mablag‘larini tavsiflovchi umumlashgan ma’lumotlarni olishda bunday ko‘rsatkichlardan foydalanib bo‘lmaydi. Sarflangan ish vaqtini hisobga olish uchun mehnat o‘lchovidan foydalaniladi. Mehnat o‘lchovlari – kishi/kuni, kishi/soati, norma/soat va boshqalarda ifodalanadi. Mehnat o‘lchovlari ko‘p hollarda natural o‘lchovlar bilan birga qo‘llaniladi. Masalan, bir ishchi bir soatda yoki bir kunda qancha miqdorda mahsulot ishlab chiqargan va h.k. Ular asosan vaqtbay ishlovchilarga ish haqi hisoblashda, ishbay ishlovchilarning normalarini bajarishini nazorat qilishda, mehnat unumdorligini o‘rganishda va hokazolarda qo‘llaniladi. Shunday qilib, mehnat o‘lchovlari, natural o‘lchovlari kabi qat’iy belgilangan qo‘llanilish chegaralariga ega. Turli xildagi xo‘jalik mablag‘larini, xo‘jalik ehtiyojlarini, hisoblashuv va kredit munosabatlarini hisobda aks ettirishda hamda xo‘jalik faoliyatining yakunini pul ifodasida chiqarishda pul o‘lchovi qo‘llaniladi. U tovar-pul munosabatlari mavjudligi, mablag‘lardan juda tejab foydalanish, raqobatbardoshlikni ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish bilan bevosita hamda chambarchas bog‘liqdir. Pul o‘lchovi ko‘pincha natural va mehnat o‘lchovi bilan birga qo‘llaniladi. Masalan, ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatini aniqlash uchun bu mahsulot miqdorini va bahosini, ishchiga ish haqi hisoblash uchun esa, ishchi tomonidan ishlangan kunlar va vaqt birligi uchun to‘lanadigan haq summasini bilish zarur. Download 231.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling