1-mavzu. Korxona boshqaruv tizimida buxgalteriya hisobining ahamiyati reja


Buxgalteriya hisobi axborotlaridan foydalanuvchilar, ularning turkumlanishi


Download 231.79 Kb.
bet16/17
Sana30.04.2023
Hajmi231.79 Kb.
#1414218
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Doniyor G\'aniyev

1.8. Buxgalteriya hisobi axborotlaridan foydalanuvchilar, ularning turkumlanishi
Buxgalteriya hisobi o‘ziga xos xusutsiyatlari tufayli ko‘p hollarda «biznesning tili», rivojlangan bozor ishtirokchilarining muloqat qiladigan umumiy tili deb e’tirof etiladi. Tegishli axborotlar ulardan foydalanuvchilarga buxgalteriya hisobi tilida, ya’ni tadbirkorlar «o‘qiy oladigan» tilda yetkaziladi. Xo‘jalik yurituvchi subekt to‘g‘risidagi axborotlarga qiziquvchi istalgan yuridik yoki jismoniy shaxs moliyaviy hisobotdan foydalanuvchi deb tan olinadi. Shu munosabat bilan hisob axborotlaridan foydalanuvchilar doirasining manfaatlari shakllanadi. Mazkur foydalanuvchilar doirasi yetarli darajada barqaror bo‘lishiga qaramasdan, ularning axborotlarga talabi har xil. Farqlar eng avvalo manfaatlar xilma-xilligidan kelib chiqadi. Birovlarni mazkur xo‘jalik yurituvchi subektga quyilgan kapitaldan olinadigan daromad qiziqtirsa, boshqalarni – ushbu daromadni soliqqa tortish, uchinchi birovlarni – sarflangan mehnatga to‘liq va o‘z vaqtida haq to‘lash hamda boshqa shu kabilar qiziqtiradi. Hisob axborotidan foydalanuvchilar talablarining xilma-xilligi foydalanuvchilarning tarkibi bilan ham bog‘liq (1.6-rasm).
Buxgalteriya hisobi xalqaro standartlari umumiy konseptsiyasiga muvofiq hisob axborotlaridan foydalanuvchilar: xizmatchilar, mol yetkazib beruvchilar, kreditorlar, investorlar, xaridorlar, hukumat, jamoatchilik hisoblanadi.
Bunday axborotdan foydalanuvchilar ikkita katta guruhga: ichki foydalanuvchilar va tashqi foydalanuvchilarga bo‘linadi.
Birinchi guruh ichki foydalanuvchilarni tashkil etadi. Keng ma’noda ularga korxona ma’muriyati, uning menejerlari va nihoyat korxona xodimlari kiradi. Korxona ma’muriyati boshqaruv qarorlarini qabul qilishning barcha bosqichlarida: biznes-reja tuzish, nazorat va boshqaruv funktsiyaning o‘zining samaradorligini baholashda hisob axborotlaridan foydalanadi.
Bevosita moliyaviy manfaatdor bo‘lgan tashqi foydalanuvchilarbu qarz beruvchilar, kreditorlar, mol yetkazib beruvchilar va xaridorlar, bo‘lg‘usi aktsiyadorlar, ularning konsultantlari.



Download 231.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling