1-mavzu. Korxona boshqaruv tizimida buxgalteriya hisobining ahamiyati reja


Download 231.79 Kb.
bet3/17
Sana30.04.2023
Hajmi231.79 Kb.
#1414218
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Doniyor G\'aniyev

Statistik hisob miqdor ko‘rsatkichlarida ifodalanadigan ijtimoiy-ommaviy hodisalarni sifat jihatdan tavsiflab, kuzatish va aks ettirish hamda jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlarini o‘rganish tizimidir.
Statistik hisob ishlab chiqaruvchi kuchlar, ishlab chiqarish munosabatlari va ijtimoiy turmushdagi siyosiy va madaniy jarayonlar rivojlanishining asosiy qonuniyatlarini ochib beradi. Iqtisodiyotni boshqarish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni yig‘ish, statistik tahlil qilish va axborotdan foydalanuvchilarga o‘z vaqtida taqdim etish statistik hisobning asosiy vazifasidir. Bu maqsadda statistik hisob buxgalteriya va operativ hisob ma’lumotlaridan foydalanib, shu bilan birga ularning tuzulishiga ham ta’sir etadi.
O‘rganilayotgan hodisalarning xususiyatiga ko‘ra statistik hisobda natura, mehnat va pul o‘lchovlaridan foydalaniladi. Statistik hisob ma’lumotlarni to‘plash va ishlov berishning muayyan metodik usullaridan, masalan, yalpi va tanlab kuzatish, statistik to‘plash, statistik guruhlash, o‘rtacha miqdorlarni hisoblash, indekslar va boshqalardan foydalanib, xo‘jalik faoliyatining asosiy qonuniyatlarini ochib beradi.
Davlat boshqaruv organlari tomonidan statistik ma’lumotlar asosida prognozlar ishlab chiqiladi, iqtisodiy siyosat sohasidagi qarorlar qabul qilinadi. Mamlakat iqtisodiyotini tezkor boshqarish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilanadi.
Buxgalteriya hisobi xo‘jalik yurituvchi subektning mablag‘lari va ular manbalarining harakatini aks ettirib, xo‘jalik jarayonida sodir bo‘ladigan muomalalarni yoppasiga va uzluksiz kuzatib borish, kuzatish natijalarini o‘lchash va hujjatlarda rasmiylashtirish, ularni yagona bir o‘lchovda, ya’ni pul ifodasida umumlashtirish hamda boshqaruv qarorlarini asoslash va qabul qilish uchun zarur ko‘rsatkichlarni hisoblash va baholash, ularni tegishli axborotdan foydalanuvchilarga taqdim etish maqsadida moliya-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish tizimidir.


1.2. Buxgalteriya hisobi fanining mazmuni va uning amaliyot bilan aloqadorligi
Birinchi buxgalteriya hisobi tizimi Luka Pacholi ismli rohib tomonidan yuritilgan. U yozgan kitobning nomi «Arifmetika va geometriya summasi, proportsiya va nisbatlar haqidagi bilimlar» edi. Asosan matematikaga bag‘ishlangan bu kitob 1494 yilda yozilgan. Ba’zi olimlarning ta’kidlashicha, ushbu mehnatning bir qismi bo‘lmish «Schyotlar va yozuvlar haqida risola» aynan buxgalteriya hisobining paydo bo‘lishini bildiradi. Unda birinchi bo‘lib schyotlarni yuritish, buxgalter va xaridorlarga qo‘yiladigan talablar, ikkiyoqlama buxgalteriyaning asosiy G‘oyalari ta’rifi, inventarlarning o‘zgartirilishi kabi tushunchalar, buxgalteriya balansi tushunchasi va buxgalteriya hisobining asosiy jarayoni (protsedurasi) bayon qilingan. Luka Pacholi asari ilk marotaba buxgalteriya hisobiga tizimiy yondashishni aks ettirganligi bilan alohida e’tiborga molikdir.

Download 231.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling