1-Mavzu: Maktabgacha ta’lim fanlarini o‘qitish jarayoni yaxlit tizim sifatida. Maktabgacha ta’lim turkum fanlarini o‘qitish qonuniyatlari va tamoyillari Reja


Maktabgacha pedagogika fanining vazifalari


Download 114.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/12
Sana19.09.2023
Hajmi114.05 Kb.
#1681515
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1.Ma\'ruza (1)

Maktabgacha pedagogika fanining vazifalari. Maktabgacha pedagogika 
fani shaxsni shakllantirishdek ijtimoiy buyurtmani bajarish asosida jamiyat 
taraqqiyotini ta’minlashga alohida hissa qo‘shadi. Maktabgacha pedagogika fani 
maqsadi va vazifalarining belgilanishida ijtimoiy munosabatlar mazmuni, davlat va 
jamiyat qurilishi, uning hayotida yetakchi o‘rin tutuvchi g‘oyalar mohiyati muhim 
ahamiyatga ega. 
O‘zbekiston Respublikasida demokratik, insonparvar hamda huquqiy 
jamiyatni barpo etish sharoitida mazkur fan yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga 
javob beruvchi yuqori malakali kadrni tarbiyalash tizimini ishlab chiqish, milliy 


istiqlol g‘oyasi asosida ta’lim va tarbiya berish jarayonini nazariyasini ijodiy 
rivojlantirish vazifasini hal etadi. Mazkur jarayonda quyidagi vazifalarni bajarishga 
e’tibor qaratiladi: 
1. Ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi shaxsni tarbiyalashga 
yo‘naltirilgan pedagogik jarayonning mohiyatini o‘rganish. 
2. Shaxsni har tomonlama kamol toptirish qonuniyatlarini aniqlash. 
3. Ijtimoiy taraqqiyot darajasidan kelib chiqqan holda, rivojlangan xorijiy 
mamlakatlar maktabgacha ta’lim tizimi tajribasini o‘rganish asosida maktabgacha 
ta’lim tizimini takomillashtirish. 
4. Maktabgacha ta’lim muassasalari hamda, ularda faoliyat olib borayotgan 
pedagoglar faoliyati mazmunini asoslash. 
5. Maktabgacha ta’limdagi ilg‘or pedagogik tajribalarni umumlashtirish va 
amaliyotga joriy etish. 
6. Bo‘lg‘usi tarbiyachlarni maktabgacha pedagogika oid bilimlar hamda 
ta’lim-tarbiya berish usullari bilan qurollantirish. 
7. Maktabgacha ta’limda ta’lim-tarbiya birligi hamda ijtimoiy tarbiya 
yo‘nalishlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni ta’minlashning pedagogik shart-
sharoitlarini o‘rganish. 
8. Maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim va tarbiya berish jarayonining 
samarali texnologiyalarini yaratish. 
9. Oila tarbiyasini muvaffaqiyatli tashkil etish yuzasidan ota- onalar uchun 
ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqish. 

Download 114.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling