1-Mavzu: Maktabgacha ta’lim fanlarini o‘qitish jarayoni yaxlit tizim sifatida. Maktabgacha ta’lim turkum fanlarini o‘qitish qonuniyatlari va tamoyillari Reja


Download 114.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/12
Sana19.09.2023
Hajmi114.05 Kb.
#1681515
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1.Ma\'ruza (1)



1-Mavzu: Maktabgacha ta’lim fanlarini o‘qitish jarayoni yaxlit tizim 
sifatida. Maktabgacha ta’lim turkum fanlarini o‘qitish qonuniyatlari va 
tamoyillari 
Reja: 
1. 
Maktabgacha ta’lim 
fanlarini 
o‘qitish jarayoni 
yaxlit
tizim sifatida. 
2. Maktabgacha ta’lim turkum fanlarini o‘qitish qonuniyatlari. 
3. Maktabgacha ta’lim turkum fanlarini o‘qitish tamoyillari. 
Tayanch iboralar: Ta’lim, yaxlit tizim, maktabgacha ta’lim, o‘qitish 
qonuniyatlarining o‘ziga xosliklari, tamoyillari, ta’limning tarbiyaviy xususiyati, 
ilmilik, tizimlilik, ko‘rgazmalilik, tushunarlilik, onglilik va faollik - ta’limning 
samaradorligi va ishonchliligi (mustahkamligi); ta’limning tushunarliligi; guruhli va 
individual ta’lim birligi; ta’limning o‘quvchilar yoshi va individual xususiyatlariga 
mos kelishi; oqilona talabchanlik bilan bola shaxsini hurmat qilishning 
muvofiqliligi; pedagogik hamkorlik, tamoyillari. 
1.1. Maktabgacha pedagogika fanlarini o‘qitish jarayoni yaxlit tizim sifatida 
Pedagogika (yunoncha paidagogike bo‘lib, paida-«bola» 
va 
gogike-
«yetaklayman») ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda 
yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq yosh avlodni tarbiyalash hamda unga ta’lim 
berishning mohiyati va muammolarini o‘rganadigan fan. Pedagogika ijtimoiy fanlar 
tizimiga kiruvchi fan sanalib, yosh avlod hamda kattalarni milliy istiqlol g‘oyalari 
asosida tarbiyalash, unga ta’lim berish muammolarini o‘rganadi. 
Maktabgacha pedagogika - maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni 
tarbiyalash, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga 
yetkazish masalalarini o‘rganadiShuningdek maktabgacha yoshdagi bolalarga 
ta’lim-tarbiya berish va ularda ahlokiy fazilatlarni shakllantirish va ularni maktab 
ta’limiga tayyorlash muammolarini o‘rganadi. 
Maktabgacha pedagogika fani bola shaxsini rivojlantirishning ikki muhim 
jihati - uniga ta’lim berish va uni tarbiyalashga asosiy e’tiborni qaratadi. 
Maktabgacha pedagogika-tarbiya jarayoni mazmuni, shakl, metod,vosita va 
usullari, uni tashkil etish muammolarini o‘rganadi. 
Tarbiya muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh 
avlodni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib 
toptirish jarayonidir. 
Ijtimoiy tarbiya aqliy, axloqiy, jismoniy, mehnat, estetik, huquqiy, iqtisodiy, 
ekologik va jinsiy tarbiya kabi yo‘nalishlarda tashkil etiladi. 

Download 114.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling