Nazorat savollari:
Ijodiy rivojlanish sohasi nechta kichik sohalarga bo‘linadi, ularni sharhlang?
Asosiy ranglar nechta?
Applikatsiyada ishlatiladigan asosiy resurslar bu…
Kamalak ranglarini ketma-ketlikda sanab bering?
Tasviriy faoliyat turlarini aytib bering?
MTTlarda loy ishlari birinchi qaysi guruhdan boshlanadi?
Tasviriy faoliyatda rasm chizishning qanday turlari bor?
Predmetli rasm deganda nimani tushunasiz?
18-Mavzu : MTTda turli yosh guruhlarda noan'anaviy buyum yasash
Reja:
1. San’at” rivojlantirish markazida “Tuzli xamir” ning o‘rni
2. “Tuzli xamir”ning qulayliklari
3. “Chinni xamir” tayyorlash
San’at” rivojlantirish markazida “Tuzli xamir” ning o‘rni, uni tayyorlash usuli va zamonaviy “Chinni xamir” xaqida tushunchalar.
“Tuzli xamir”ning qulayliklari:
Ekologik tomondan bolalar sog‘lig‘iga zarar yotkazmasligi, ekologik jihatdan tozaligi
“Tuzli xamir”ning tayyorlash usulining oddiyligi, pedagogdan xech qanday ortiqcha urinishlarsiz xamirni tayyolashlari mumkinligi.
“Tuzli xamir” dan tayyorlangan buyumlarga bolalar o‘zlari rang tayyorlab ijodiy yondoshgan xolatda bo‘yashlari mumkin.
“Tuzli xamir” tayyorlash uchun ishlatiladgan maxsulotlarning topishda pedagoglarning qiyinchiliklarga uchramasliklari.
“Chinni xamir” tayyorlash
- 3 qoshiq PVA kley № 801
- 2 osh qoshiq pista yog‘i
- 1 osh qoshiq glitserin
- 4 osh qoshiq jo‘xori kraxmali
- 3/1 qoshik limon kislotasi
Tayyorlnishi: Barcha maxsulotlar aralashtiriladi, ishlov beriladi, yog‘langan stol ustida qayta ishlov beriladi. Xamir necha xil rang kerak bo‘lsa shuncha bo‘lakka bo‘linadi, guash orqali rang beriladi.(ushbu xamirga faqat guash orqali rang beriladi. Xaimrlar yog‘lanib selofon paketga solinib 3 soat tindiriladi. Tayyor xamirdan loy ishi mashg‘ulotlarida foydalaniladi. “Chinni xamir” dan 4 xaftagacha foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |