Konstruktorlar. Katta maktabgacha yoshdagi bolalar mash- g'ulotdan tashqari konstruktorlardan (taxtali, plastmassa, metall va keramika) foydalanadilar. Bu to‘plamar orqali turli konstruksiyalar yasash mumkin. Tarbiyachi rahbarligida bolalar oddiy birlashti- i ish usulidan suratlar bo£yicha turli xil harakatli konstruksiyalar yasaydilar. Asosiy diqqat bolalarda ma’lum qismlarini birlashtirish malakalarini shakllantirishga qaratiladi. Bunda bolalar qo‘llarining muskullari ishtirok etadi, bu yoshda qoi muskullari hali yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Tarbiyachi awal konstruktor yig‘ishning metodik ko‘rsatmalarini o‘rganadi. Tarbiyachi rahbarligida qurilish materiali va konstruktorlar bolalarga ketma-ket beriladi.
Katta maktabgacha yoshdagi bolalar mashg‘ulotdan tashqari vaqtda turli xil konstruktorlardan: yog‘ochli, platmassali va me- talldan tayyorlangan konstruktorlardan foydalanadilar. Bolalar bu to‘plamlar yordamida detallarning joylashtirilishi ancha murakkab boigan qurilmalar yasaydilar. Tarbiyachi rahbarligi ostida bolalar yangi birlashtirish yoilarini va turli xil xarakterdagi konstruk- siyalarni rasmga, chizmaga qarab yaratishga o‘rganadilar. Bu ishlarni bolalarga taklif etishdan oldin, tarbiyachining o‘zi bu kons- taiktorlar, ularga berilgan metodik ko‘rsatmalar bilan yaxshilab tanishib, o‘rganib chiqishi zarur. Bolalarga qurilish materiallari va konstruktorlar to‘plami hammasi birdaniga berilmaydi, balki asta- sekin, ketma-ket bolalarning o‘zlashtirishlariga qarab beriladi.
Nazorat savollari:
1. Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalar bilan qurilish maleriallari yordamida o‘yin va mashg‘ulotlar o'tkazishning ahamiyati qanday?
2. Qurish-yasash va uning bolalar tarbiyasida tutgan 0‘rni
3. Qurish-yasash faoliyati haqida tushuncha bering.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti . 2020 yil 22 dekabr 802 – sonli qarori
2. “O’zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari” Toshkent. O’zRMTV 2018 yil
3. “Ilk qadam” Davlat o’quv dasturi. Toshkent. O’zRMTV 2018 yil3. M.X.Tadjiyeva;
4. M.Nurmatova, SH.Xasanova: Rasm ,buyumlar yasash va tasviriy faoliyat metodikasi. T.2012 y 107-108 bet
5. O.Xasanboyeva “Maktabgacha ta’lim pedagogikasi”. Toshkent. “ILM ZIYO” qo’llanma-2006
Do'stlaringiz bilan baham: |