1-Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining va oilada bolalarni tasviriy san`at turlari bilan tanishtirish. Reja: 1


Download 178.61 Kb.
bet36/41
Sana16.10.2023
Hajmi178.61 Kb.
#1704715
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
1-Mavzu Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining va oilada bolalarn-hozir.org

Nazorat uchun savollar:
1. Katta guruhda applikatsiyaga o‘rgatishishlari qanday tashkil etiladi?
2. Katta guruhda bolalar o‘z ixtiyorlari bilan ham appli­katsiya ishlarini bajarishlari mumkinmi?
3. Applikatsiya jarayonida figuralarni bir-biri bilan taqqoslashda qanday islar amalgam oshiriladi?


27-Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari maktabga tayyorlov guruhlarida applikatsiya ishlari
Reja:
1. O’rgatish vazifalari.
2. Qirqib yopishtirishga o’rgatish dasturi.
3. O’rgatish mеtodi.


Tayyorlov guruhida applikatsiya qilishga o‘rgatish. Tayyorlov guruh bolalari bilan dasturda mazmunli applikatsiyalarni berish ko'zda tutiladi. Ular ko‘cha, akvarium kabi mavzularda, shu­ningdek, «Bo‘g‘irsoq» kabi ertaklarga illustratsiyalar bajarishlari mumkin.
Tayyor shakllarni yopishtirish tayyorlov guruhida ham davom ettiriladi. Simmetrik shakllardan naqshlar tuzishda ularga turli o‘l- cham va rangdagi tayyor shakllar beriladi va bu guruhda ham kat- ta guruhdagi kabi qog‘ozni qo‘l bilan yirtish usulidan foydalanish ilavom etadi.
Tayyorlov guruh bolalari bilan dasturda mazmunli applika­tsiyalarni bajarish ko‘zda tutilgan. Ular «Ko‘cha», «Akvarium» kabi mavzularda, shuningdek, «Bo‘g‘irsoq» kabi ertaklarga illustratsiya­lar bajarishlari mumkin. Tayyor shakllarni yopishtirish tayyor­lov guruhida ham davom ettiriladi. Simmetrik shakllardan naqsh­lar tuzishda turli o‘lcham va rangdagi tayyor shakllar beriladi. Va bu guruhda ham katta guruhdagi kabi qog‘ozni qo‘l bilan yirtish usulidan foydalanishi davom ettiriladi. Ikkinchi kichik guruhda bolalarni appilikatsiya qilishga o‘rgatishga ish uchun beriladigan materiallar va mashg‘ulotni tashkil etish muhim ahamiyatga ega- dir. Materialning rangi bolalarning diqqatini o‘ziga tortib, ularni chalg‘itadi. Shuning uchun dastlab mashg‘ulotlarda material alo­hida paketlarda, tushuntirilib bo'lgandan so‘ng tarqatiladi. Tar­biyachi mavzuni tushuntirib bo‘lgandan so‘ng material tarqati- lib, bolalar materialni topshiriqqa mos ravishda qog‘oz varag‘iga terib chiqadilar. Tarbiyachi dastlab elementlarning yig'ilganligini tekshiradi, shundan keyingina bolalarga yelim (kley) ishlatish uc- hun ruxsat beriladi. Bu guruhda tarbiyachi bolalar bilan naturani kuzatish namuna bilan birgalikda olib borilishi kerak. Namunani ko'rayotgan jarayonda tarbiyachi shaklning rangini aniq atashi va barmog‘i bilan uni ko‘rsatib, shu shaklning xususiyatlarini bolaga aniq ko‘rsatib berishi lozim. Tarbiyachi tomonidan ishning bajari- lishini ko‘rsatib berilishi bolalarda turli malaka va uquvning vujud­ga kelishida muhimdir. Shuningdek, tarbiyachi ish tartibini ham boshidan ko‘rsatib beradi. Qanday shaklni oldi, qanday qilib qu- yib, yelim surtdi va boshqalar. Tarbiyachi o‘zining har bir haraka- tini so‘z bilan birgalikda olib boradi.Tayyorlov guruhida ishning dastur materialiga siluet qirqish usuli kiritiladi. Shuning uchun o'rgatish usullarining xarakteri bir mun- cha o‘zgaradi. Naturani tahlil qilishda tarbiyachi barmoq haraka­ti orqali ularning diqqatini predmetning konturiga tortadi. Bunda harakatni qirqish qaysi qismdan boshlanadigan bo‘lsa, o‘sha qism­dan boshlash lozim. Bu guruhda bolalar endi predmet konturiga, qandaydir detal qirqishga o‘rganadilar, masalan, tipratikanni igna- lari bilan. Albatta, bolalarga bu qiyin. Shuning uchun bu ishda ikki bosqichdan foydalaniladi.
Tayy­orlov guruhida applikatsiya jamoa ishi sifatida berilishi mumkin. Masalan, «Egri va to‘g‘ri» ertagida bolalar to'rttadan bo‘lib, har bir guruh shu ertakdan ma’lum bir ko‘rinishni bajarishlari mumkin. Bolalar shu ko'rinish elementlarini qirqib, joylashtirib qurganlari- dan so‘ng uni qanday ketma-ketlikda yopishtirish kerakligini aniq- laydilar. Biri yelim surtadi, ikkinchisi uni joylashtiradi, uchinchi- si latta bilan mahkam yopishtiradi. Bu ish bolalarni o‘rtoqlik, ja- moatchilik ruhida tarbiyalashda katta ahamiyatga egadir.
Maktabgacha ta’lim muassasasining hamma guruhlarida ixti- yoriy applikatsiya mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Lekin o‘rta guruh bo­lalariga o'ylcigan mazmunlari asosida tayyor shakllar beriladi. Kat­ta guruhlarda bolalar o‘zlari o‘ylagan mazmunlari asosida qirqadi- lar. 6—7 yoshdagi bolalar oldindan qiladigan ishlari mazmunining eskizini oddiy qalam bilan chizib olishlari, keyin esa shu eskizning detallarini applikatsiya qilishlari mumkin.

Download 178.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling