1-Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining va oilada bolalarni tasviriy san`at turlari bilan tanishtirish. Reja: 1


Download 178.61 Kb.
bet8/41
Sana16.10.2023
Hajmi178.61 Kb.
#1704715
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41
Bog'liq
1-Mavzu Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining va oilada bolalarn-hozir.org

Nazorat uchun savollar:


1. O’rgatish mеtodlari va usullarni turi va ahamiyati qanday?
2. Buyumlarning tuzilishi, bo’laklari, rangi bilan tanishtirish ishlanmasi qaysi tartibda yoziladi?
3. Mashg’ulotlarda o’yinchoqlarni qo’llash usuli haqida tushuncha bering.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti . 2020 yil 22 dekabr 802 – sonli qarori

2. “O’zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari” Toshkent. O’zRMTV 2018 yil


3. “Ilk qadam” Davlat o’quv dasturi. Toshkent. O’zRMTV 2018 yil3. M.X.Tadjiyeva;
4. M.Nurmatova, SH.Xasanova: Rasm ,buyumlar yasash va tasviriy faoliyat metodikasi. T.2012 y 107-108 bet
5. O.Xasanboyeva “Maktabgacha ta’lim pedagogikasi”. Toshkent. “ILM ZIYO” qo’llanma-2006
http://www.pinterest.com/

http://planetadetstva.net




5-Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining kichik guruh yoshidagi bolalarini rasm chizishga o`rgatish
Reja:
1. Uch yoshdan to’rt yoshgacha bo’lgan bolalar guruhlarida rasm.
2. Tasviriy faoliyatga o‘rgatishning asosiy vazifasi
3.Alohida predmetlarni chizish. Mazmunli rasm chizish.


Birinchi kichik guruhda o‘rgatishning mazmuni va vazifalari. Ikki yoshli bola qalam, mo‘yqalamni to‘g‘ri ushlashi mumkin, lekin uning tajribalari kam, bajara olish va bilish qobliyatlari yo‘q, qoi harakatlari yetarlicha rivojlanmagan. Shuning uchun asosiy vazifalar bolalarga umumiy tarbiyaviy ta’sir qilish bilan bog‘liqdir.
Ikkinchi — kichik guruhda rasm chizishni o‘rgatish. Bu guruh bolalar (3 yoshli bolalar) psixologik jihatdan rivojlanadi, tajribalari ancha o‘sadi. Tarbiyachi bu yoshdagi bolalar bilan rasm bo‘yicha mashg‘ulot olib borganda, bolalarning rasmga nisbatan qiziqishla- iini orttiradi. Bu guruhda bolalarni rasm ishining sifati emas, bal­ki ish jarayoni qiziqtiradi. Rasm bo‘yicha barcha guruh bolalari i.irbiyachining og‘zaki ko‘rsatmalarini tinglashga, tarbiyachining Ko'rsatib bergan usullarini bajarishga o‘rganib boradilar. Bu yosh- dagi bolalar rasm faoliyatida tezda o‘yin faoliyatiga o‘tish bilan .ijralib turadi. Masalan, doirachalar chizib, uning ichini qalam bilan nrib chiqib, uni qush don cho‘qiyapti, deb ifodalaydi. Bunda yosh bolalarning rang tanlash malakasi shakllanadi. Bolaning diqqatini nlarga yoqqan ranglar tortadi. Bolalar tasviriy jarayonida so‘z bilan llbdalashga o‘rganadilar.
Ikkinchi guruhda o‘rgatishning mazmun va vazifalari.
Hayotining 4-yilida bola predmetni yaxshiroq yoki yomonroq tasvirlay olish- ni bilmasalar ham, lekin ular rasm chizishning ma’nosini tushuna boshlaydilar. Ular o‘zlari chizgan shaklsiz rasmlarni predmetning biror bir belgisiga asosan o‘xshatib chizadilar. Pedagog bolalar­ning rasm bilan predmetning o‘xshash belgilarini topishga uru- nishni rag‘batlantirib turishi va shu bilan bir qatorda, turli shakl­larni to‘g‘ri tasvirlashga o‘rgatib borish zarur. Bu yoshda tasviriy faoliyatni o‘rgatish vazifalari bir rejaga qo‘yilgan.
Sodda predmetlarning asosiy belgilar(rang, shakl)ini berib, turli xil to‘g‘ri va aylanasimon shakllarning tasviriga o‘rgatish.
Rangni bilish sezgisi asosiy ranglarni ajratish va aytishni bilish- ni rivojlantirish;
Kompozitsion ko‘nikmalarni, qog‘ozning o‘rtasiga tasvirlarni joylashtirishni rivojlantirish.
Texnik koiiikmalanii o‘zlashtirish.
Bu guruhda to‘g‘ri va egri chiziqlarni to‘g‘ri chizishga o‘rgatish birinchi vazifa boiib qoladi. Bunda turli chiziqlarni turlicha — chapdan o‘ngga, tepadan pastga, kesishgan chiziqni chizishga o‘r- gatiladi. Bularni, masalan, tizimcha, yoiakcha, qalam, yomgir shaklida chizish mumkin. Ikki kichik guruh bolalariga bir xil shakl- dan (qorbobo, ikki yoki uch aylanadan iborat) yoki ikki xil shakl- dan iborat (quyi bitta aylana va birgina to‘g‘ri chiziqdan iborat) boigan predmetlarni chizish ancha qiyin, chunki uch yoshli bo­laning tahlil (sintez) qilib fikrlashi yaxshi rivojlanmagani uchun bu guruh dasturida faqat ikki xil shakldan iborat boigan predmetni, masalan, (quyoshning nurlari, archaning ignachalari) tasviri kiri- lilgan.

Download 178.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling