Mazmunli tarkibiy qism umumiy maqsad bilan birga, xuddi shunday aniq vazifani qо‘yadigan ma’noni aks ettiradi.
Faoliyatli tarkibiy qism – jarayonni tashkil etish va boshqarishda busiz belgilangan natijalarga erishish mumkin bо‘lmagan pedagoglar va tarbiyalanuvchilarning о‘zaro harakati va ularning hamkorligi. Mazkur tarkibiy qism pedagogik adabiyotlarda yana tashkiliy yoki tashkiliy-boshqaruvli deb ham nomlanadi.
Jarayonning natijali tarkibiy qismi uni amalga oshishi samaradorligini aks ettiradi, qо‘yilgan maqsad bilan bog‘liqlikda muvafaqqiyatli о‘zgarishlarga olib kelish bilan xarakterlanadi.
pedagog-tarbiyachilar
tarbiyalanuvchilar
tarbiyaviy shart-sharoitlar
Zamonaviy pedagogikada pedagogik jarayon qonuniyatlarning yagona tasnifi mavjud emas. Zamonaviy pedagogikada pedagogik jarayon qonuniyatlarning yagona tasnifi mavjud emas. Shu sababli quyida mavjud tasniflardan ba’zilarini kо‘rib о‘tamiz.
I. P. Podlasiy tasnifi bо‘yicha:
- Tarbiya va ijtimoiy tizimlarning aloqadorligi: aniq tarixiy sharoitlardagi tarbiya xarakteri jamiyatning ehtiyojlari, iqtisodiy, milliy-madaniy о‘ziga xosliklari bilan aniqlanadi.
- Ta’lim va tarbiya orasidagi: bu jarayonlarning о‘zaro bog‘liqligini, ularning kо‘ptomonlama о‘zaro ta’sirini, birligini belgilab beruvchi aloqadorlik.
- Tarbiya va faoliyatning aloqadorligi: tarbiyalash – faoliyatning turli turlariga tarbiyalanuvchilarni jalb etish demakdir.
- Tarbiya va shaxs faolligining aloqadorligi: agar uning obyekti (shaxs) bir paytning о‘zida subyekti sifatida aks etsa, tarbiya muvafaqqiyatli amalga oshadi, ya’ni shaxs о‘zining faol xulq-atvorini, shaxsiy erkinligini, mustaqilligini, faoliyatdagi ehtiyojini namoyon etadi.
- Tarbiya va muloqotning aloqadorligi: tarbiya jarayoni har doim odamlar – о‘qituvchilar va ta’lim oluvchilarning о‘zaro harakatida kechadi.
- Bola tarbiyasi muvafaqqiyati tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri shaxslararo aloqalar-ning intensivligi va boyligiga bog‘liq bо‘ladi.
- Pedagogik jarayonning dinamik qonuniyati-ta’lim oluvchining keyingi barcha muvafaqqiyatlarining qimmati uning dastlabki bosqichlardagi muvafaqqiyatiga bog‘liq bо‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |