1-Mavzu: Mapleda Differentsiallash va integrallash buyruqlari Reja


Yechimning fundamental (bazis) sistemasi


Download 483.08 Kb.
bet3/12
Sana13.07.2020
Hajmi483.08 Kb.
#123720
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-maruza


Yechimning fundamental (bazis) sistemasi.

dsolve buyrug’i yechimning fundamental sistemasini topish imkoniyatini yaratadi. Buning uchun dsolve buyrug’i parametrida output=basis deb ko’rsatish kerak.



Misol

1. Diffrensial tenglama yechimining fundamental sistemasini toping: y(4)+2y''+y=0.



> de:=diff(y(x),x$4)+2*diff(y(x),x$2)+y(x)=0;

> dsolve(de, y(x), output=basis);



Koshi masalasi yoki chegaraviy masalani yechish.

dsolve buyrug’i Koshi masalasi yoki chegaraviy masalani yechadi, agar differensial tenglama bilan birga noma’lum funksiya uchun boshlang’ich yoki chegaraviy shartlar qo’yilgan bo’lsa. Boshlang’ich yoki chegaraviy shartlarda hosilani belgilash uchun differensial operator  ishlatiladi, masalan, y''(0)=2 shartni quyidagicha yozish kerak bo’ladi : , yoki y'(1)=0 shart quyidagicha yoziladi: . Eslatib qtamizki, n- tartibli hosila  ko’rinishda yoziladi.



Misollar

1. Koshi masalasi yechimini toping: y(4)+y''=2cosx, y(0)=- 2, y'(0)=1, y''(0)=0, y'''(0)=0.

> de:=diff(y(x),x$4)+diff(y(x),x$2)=2*cos(x);



> cond:=y(0)=-2, D(y)(0)=1, (D@@2)(y)(0)=0, (D@@3)(y)(0)=0;

cond:=y(0)=- 2, D(y)(0)=1, (D(2))(y)(0)=0, (D(3))(y)(0)=0

> dsolve({de,cond},y(x));

y(x)=- 2cos(x)- xsin(x)+x

2. Chegaraviy masalani yeching: , , . Yechim grafigini yasang.



> restart; de:=diff(y(x),x$2)+y(x)=2*x-Pi;

> cond:=y(0)=0,y(Pi/2)=0;



> dsolve({de,cond},y(x));





Izoh: Yechimni grafigini yasash uchun olingan ifodaning o’ng tomonini ajratish kerak bo’ladi.

> y1:=rhs(%):plot(y1,x=-10..20,thickness=2);




Differensial tenglamalar sistemasi

dsolve buyrug’i differensial tenglamalar sistemasi (yoki Koshi masalasi) yechimini topishi mumkin, agar unda quyidagilar ko’rsatilsa: dsolve({sys},{x(t),y(t),…}), bu yerda sys - differensial tenglamalar sistemasi, x(t),y(t),… - noma’lum funksiyalar majmuasi.

Misol

1. Differensial tenglamalar sistemasi yechimini toping:



> sys:=diff(x(t),t)=-4*x(t)-2*y(t)+2/(exp(t)-1), diff(y(t),t)=6*x(t)+3*y(t)-3/(exp(t)-1):



> dsolve({sys},{x(t),y(t)});

Ikkita _S1 i _S2 doimiy o’zgarmaslarga bog’liq bo’lgan x(t) va y(t) funksiyalar topildi.



Darajali qatorlar yordamida differensial tenglamalarni yechish.

Ko’p turdagi differensial tenglamalarning aniq analitik yechimini topish qiyin. Bunday holda differensial tenglamani taqribiy metodlar orqali yechish mumkin, xususan, noma’lum funksiyani darajali qatorga yoyish orqali.

Differensial tenglamaning yechimini darajali qator ko’rinishida yechish uchun dsolve buyrug’ida o’zgaruvchidan keyin type=series (yoki oddiy series) parametrni ko’rsatish kerak. Qator yoyish darajasi n, ya’ni yoyish amalga oshiriladigan daraja ko’rsatkichini ko’rsatish uchun, dsolve buyrug’ini oldiga daraja tartibini aniqlash buyrug’i Order:=n yoziladi.

Xususiy yechimlarni ajratish uchun boshlang’ich shartlarni y(0)=u1, D(y)(0)=u2, (D@@2)(y)(0)=u3 va hokozalarni berish kerak bo’ladi.

Darajali qatorga yoyish turi series bo’ladi, shuning uchun keyinchalik bu qator bilan ishlash uchun uni convert(%,polynom) buyrug’i bilan polinom ajratish, so’ngra esa rhs(%) buyrug’i bilan olingan natijani o’ng tomonini ajratish kerak bo’ladi.


Download 483.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling