1-Mavzu Mavzu: Kirish. Fanning tarkibi mazmuni va elektr manba turlari Reja
Past chastotali to‘g‘rilovchi diodlar (PCh diodlar)
Download 1.66 Mb.
|
1-Mavzu Mavzu Kirish. Fanning tarkibi mazmuni va elektr manba t
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yuqori chastotali to‘g‘rilovchi diodlar (YuCh diodlar)
- Shottki to‘sig‘ili diodlar
- 14-Mavzu Kuchlanish ko’paytiruvchi to’g’rilagichlar . Reja
Past chastotali to‘g‘rilovchi diodlar (PCh diodlar) sanoat chastotasidagi (50 Gs) o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmasga o‘girishda qo‘llaniladi. PCh diodlariga qo‘yiladigan asosiy talab – bu katta qiymatga ega bo‘lgan to‘g‘rilangan toklar olish. To‘g‘rilovchi diodlar odatda 0,3 A gacha, 0,3 A dan 10 A gacha va 10 A dan yuqori bo‘lgan to‘g‘rilangan toklarga mo‘ljallangan kichik, o‘rta va katta quvvatli diodlarga bo‘linadi. PCh diodlari katta r-n o‘tish bilan xarakterlanadilar.
Yuqori chastotali to‘g‘rilovchi diodlar (YuCh diodlar) o‘n va yuz megagers chastotagacha bo‘lgan signallarni nochiziqli elektr o‘zgartirishga mo‘ljallangan. YuCh diodlari yuqori chastota signallari detektorlari, aralashtirgichlar, chastota o‘zgartirgich sxemalar va boshqalarda qo‘llaniladi. Yuqori chastota diodlari kichik inersiyaga ega, chunki kichik yuzaga ega bo‘lgan nuqtaviy r-n o‘tishga ega va shu sababli ularning to‘siq sig‘imi pikofaradning bir qismini tashkil etadi. Shottki to‘sig‘ili diodlar kuchlanish manbai qayta ulagichlarida keng tarqalgan, chunki ular qayta ulanish ishchi chastotasini 100 kGs va undan yuqoriga orttirishga, radioelektron apparatura og‘irligi, o‘lchamlarini kichraytirishga va kuchlanish manbai FIK oshirishga imkon yaratadilar. Shottki to‘sig‘i metallni yarim o‘tkazgich bilan kontakti natijasida hosil qilinadi. Yarim o‘tkazgich material sifatida ko‘p hollarda n–turdagi kremniy, metall sifatida esa Al, Au, Mo va boshqalar qo‘llaniladi. Bu vaqtda metall chiqish ishi kremniy chiqish ishidan katta bo‘lishi talab qilinadi. Bunday diodlarda diffuziya sig‘imi nolga teng, to‘siq sig‘imi esa 1 pF dan oshmaydi. Nazorat savollari? 1.To‘g‘rilovchi diodlar haqida ma’lumot bering? 2.Diodlarning turlari haqida ma’lumot bering? 14-Mavzu Kuchlanish ko’paytiruvchi to’g’rilagichlar. Reja: Kuchlanish ko’paytiruvchi to’g’rilagichlar Kuchlanishni ko’paytiruvchi to’g’irlagichlarning ish prinspi Bu xildagi to‘g‘rilagichlar yuqori kuchlanish va kichik tokda ishlaydigan yuklamalarga manba sifatida xizmat qiladi, ular yuklamaga 1 kV gacha kuchlanish kerak bo‘lganda ishlatiladi. Bu xildagi to‘g‘rilagichlarning ishlash prinsipi quyidagicha: to‘g‘rila-gichga ulangan chiqish sig‘imi bir yoki bir nechta bo‘lib, ishlash jarayonida sig‘imga yig‘ilgan kuchlanish yuklamaga beriladi, ya’ni elektr energiya yuklamaga razryadlanadi. Kuchlanishni oshiruvchi to‘g‘rilagichlar simmetrik va nosimmetrik guruhlarga bo‘linadi. Kuchaytirishni karrali ko‘paytirish cheklangan emas, ammo amaliy jihatdan 2¸10 baravar bo‘lishi mumkin. Xususiy hollarda yuklama kam tok iste’mol qilganda (Iyuk= 0,5¸2mA, U0 = 10¸100 kV) karrali oshirish 100 gacha borishi mumkin.37-rasmda kuchlanishni ikki baravar oshiruvchi nosimmetrik to‘g‘rila-gichning prinsipial sxemasi, 38-rasmda tok va kuchlanishlar vaqt diagram-masi keltirilgan. Sxemaning ishlash prinsipi quyidagicha: birinchi yarim davrda kuchlanish U2 bo‘lganda tok D1 diod orqali o‘tib C1 sig‘imni zaryadlaydi. Bu jarayon tok uzulguncha davom etadi. Ikkinchi yarim davrda U2 teskari yarim davrga o‘zgarganda kuchlanish Uc1 va U2 qo‘shiladi va D2 orqali C2 sig‘im maksimal. U0 » 2U2m kuchlanish yig‘indisi bi-lan zaryadlanadi. Diod D2 yopilganda sig‘im C2 yuklamaga razryadlanadi. Bu jarayon har yarim davrda qaytariladi va yuklamadagi Iyuk toki Izar zaryad tokidan kichkina boladi.39-rasmda kuchlanishni uch bara-var oshiruvchi to‘g‘rilagichning prinsi-pial sxemasi keltirilgan.Birinchi yarim davrda C1 sig‘im D1 diod orqali UC1 = U2m qiymatgacha zaryadlanadi. Ikkinchi yarim davrda C2 sig‘im D2 orqali UC2 = U2 + UC1 qiymatgacha zaryadlanadi. Uchinchi yarim davrda C1 sig‘im D1 diod orqalI yana zaryadlanadi, D2 diod esa yopiq va C2 sig‘im D3 diod orqali C3 sig‘imga UC3 = U2m + UC2 kattalikkacha razryad-lanadi. C1 sig‘imning razryadlanishi tamom bo‘lgandan so‘ng yuklamadagi kuchlanish kuchlanishlar yig‘indisi UC1 + UC2 ga yoki 3U2m ga teng bo‘ladi. Kuchaytiruvchi zvenoning soni n ga teng bo‘lsa, u vaqtda Un = n×U2m. Yuk-lamadagi kuchlanis n yarim davrdan tashkil topgan bo‘ladi. Bu sxemada39-rasm. hamma diodlarning teskari kuchlanishi Utesk = 2U2m. Sig‘imdagi kuchlanish 2U2m dan oshmaydi.Kuchlanishni ikki baravar oshiruvchi simmetrik to‘g‘rilagich sxemasi 39-rasmda, tok va kuchlanish diogrammasi 38-rasmda keltirilgan. Birinchi yarim davrda D1 diod ochiq va C1 sig‘im zaryadlanadi. Ikkinchi yarim davrda C2 sig‘im D2, diod orqali zaryadlanadi. Yuklamadagi kuchlanish U0 birinchi va ikkinchi sig‘imdagi kuchlanishlar yig‘indisiga teng: U0 = UC1 + UC2 yuklamadagi to‘g‘rilangan kuchlanish pulsatsiya chastotasi tarmoqdagiga nisbatan ikki baravar ko‘p bo‘ladi (40-rasm): fp = 2ft. Kuchlanishni oshiruvchi to‘g‘irlagich 42-rasmda ko‘rsatilgan. Sxemaning ishlash prinspi quydagicha: 1-yarim davrda musbat patensial transformatorning ikkilamchi chulg‘amning «b»nuqtasida bo‘lsa, D1 diod orqali C1 sig‘im UC1 = U2m gacha zaryadlanadi, D2 esa bu xolda yopiq. Keyingi yarim davrda «a» nuqta musbat ishorali patensialda bo‘ladi. Tranformatorning ikkinchi chulg‘amidagi kuchlanish C1 sig‘imidagi kuchlanish bilan qo‘shiladi va C2 sig‘im UC2 = U2m + 1 kuchlanishga D2 orqali zaryadlanadi. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling