1-mavzu: maxsus fanlarni o’qitish metodikasi fanining maqsadi va vazifalari
Fanning mohiyati va vazifalari, talabalar bilishi lozim bo’lgan asosiy tushunchalar
Download 81.29 Kb.
|
1-mavzu taqdimotga
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Metodika quyidagi masalalarni hal qilib beradi: nima uchun o’qish qanday o’qish nimani o’qish va qanday o’qish”
- Bosh maqsad – malakali mutaxassisni tayyorlash.
2. Fanning mohiyati va vazifalari, talabalar bilishi lozim bo’lgan asosiy tushunchalar.
Metodika – ta’limning maqsadlari, vazifalari, mazmuni, metodlari, shakllari, vositalari va o’rganilayotgan muayyan fanlar orqali ta’lim-tarbiya berishning usullarini tadqiq qiluvchi fan. O’quv adabiyotlarda quyidagi klassik ta’rif mavjud: “Metodika quyidagi masalalarni hal qilib beradi: nima uchun o’qish? qanday o’qish? nimani o’qish va qanday o’qish?” Boshqacha qilib aytganda, metodika muayyan fan o’qitishning maqsadini, o’qitishning mazmunini, metod va vositalarini belgilab beradi. Pedagog muayyan fanlarni o’qitishning maqsadlarini aniq belgilab olishi kerak. Ta’limning maqsadi talabalarni bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish, ular dunyoqarashini, e’tiqodini shakllantirish, qobiliyatini, aql-zakovatini rivojlantirish, o’stirish, kasbiy faoliyatga tayyorlashdan iborat. Bosh maqsad – malakali mutaxassisni tayyorlash. Metodika fani talabalarni ta’limning maqsadi, mazmuni, ta’limni tashkil etish shakllari, metodlari, vositalari bilan tanishtiradi, ularda pedagogik faoliyat ko’nikma va malakalarini tarkib toptiradi. Shuningdek, ta’limda talabalar bilish faoliyatini faollashtirish, ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatini rivojlantirish, izlanuvchanlik, ijodiylik kabi sifatlarni tarkib toptirishga qaratiladi. Metodikaning nazariy asoslarini psixologiya va didaktika tashkil qiladi. Psixologik nuqtai nazardan ong va faoliyat birligi tamoyiliga murojaat qilish mumkin. Ushbu tamoyil asoschilari A.N.Leontpev va S.L.Rubinshteynlar hisoblanadi. Bu tamoyilga binoan inson psixikasi faoliyat jarayonida shakllanadi: mehnat, o’quv, o’yin. Inson faoliyat orqali rivojlanadi. S.L.Rubinshteyn fikrlash jarayoniga samarali ta’sir ko’rsatuvchi omil o’rganilayotgan voqea-hodisalarning muammoli qo’yilishi degan g’oyani ilgari suradi. Bu tamoyil keyingi vaqtlarda o’quv dasturlari, darsliklar yaratishda o’z aksini topmoqda. Albatta, o’quv jarayoni samarali bo’lishida ta’limga qiziqishni uyg’otish juda muhimdir. Ta’limga qiziqish o’quv-mashqiy o’yinlar orqali ham amalga oshirilishi mumkin. Ularga quyidagi talablar qo’yiladi: 1. O’quv dasturiga mos bo’lishi. 2. Ma’lum ta’limiy maqsadlarni ko’zlashi. 3. Ma’lum izchillikka rioya qilinishi. 4. Talabalar individual xususiyatlarini hisobga olishi. 5. O’yin qoidalarining sodda va aniq qo’yilishi. 6. Har bir talabaning faol ishtirok qilishi. Ta’lim jarayonining didaktik asoslari. Ta’lim jarayoni pedagog va talabalar faoliyatidan iborat va muayyan ta’limiy vazifalar hal qilinadi, ya’ni bilim, ko’nikma va malakalar egallanadi, talaba shaxsi shakllanadi. Ta’lim jarayoni quyidagi elementlardan iborat: 1. Ta’lim maqsadlarining belgilanishi. 2. Ta’lim maqsadlarini amalga oshirilishini ta’minlovchi ta’lim mazmuni – dastur va darsliklarda keltiriladi. 3. Ta’lim tamoyillari, metodlari va vositalari. 4. Ta’lim shakllari. 5. Ta’lim natijalarining aniqlanishi va navbatdagi yo’nalishning belgilanishi. Demak, pedagog ta’lim jarayoni rejalashtirar ekan, har bir mavzuga yuqoridagi elementlarni inobatga olgan holda tayyorgarlik ko’radi. Ta’lim jarayoni o’zaro bog’liq, murakkab tizimni tashkil qiladi. Ta’lim mazmuniga quyidagi to’rt element kiritilishi lozim: 1. Dunyo, ob’ektiv borliq haqidagi bilimlar. 2. Bilimlar asosidagi ko’nikma va malakalar. 3. Ijodiy faoliyat mezonlari. 4. Umuminsoniy, ma’naviy qadriyatlarni o’zida mujassam qilishi. Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi ta’limning tamoyillari va qoidalari, ta’lim shakllari va metodlarini asoslashga qaratiladi, bu esa bo’lajak o’qituvchilarni yuqori kasbiy tayyorgarligini ta’minlaydi. Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi materiallarni tanlash va tizimlashtirishda ilmiy metodologiya asos bo’lib xizmat qiladi. Metodologiya bu nazariy bilimlar tizimi, ilmiy tadqiqotlar asosiy, boshqaruvchi tamoyillarni belgilovchi, ob’ektiv borliqdagi hodisalarni ilmiy tahlil qilishni amalga oshirish vositasidir. Download 81.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling