1-mavzu: maxsus fanlarni o’qitish metodikasi fanining maqsadi va vazifalari
Download 81.29 Kb.
|
1-mavzu taqdimotga
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi fanini o’zlashtirgan talaba
Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi fani “Pedagogika” fanining tarmog’i sifatida quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshirishga qaratiladi:
Kasbiy ta’lim vazifalarini asoslash, uning ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyatini ochib berish; O’quv materiali mazmunini asoslash; Oliy ta’lim tizimida ta’lim jarayonini tashkil etish; Bo’lajak mutaxassislarda kasbiy bilimlarni shakllantirishning pedagogik va axborot texnologiyasini asoslash. Mazkur fan maxsus fanlarni o’qitish metodlariga bag’ishlangan bo’lib, u magistrant talabalarga tanlangan soha bo’yicha mutaxassislarni tayyorlashga oid chuqur nazariy bilimlar berishga yo’naltirilgan. Shu bilan birgalikda fanning mazmunida o’qitish usullariga oid umumiy ma’lumotlar, ta’lim jarayonining tashkiliy-pedagogik sharoitlariga ham e’tibor qaratilgan. Magistr o’zining kasbiy faoliyatida ilmiy tajriba va ishlab chiqarishni boshqarishga oid bilim va ko’nikmalarni to’daqonli o’zlashtirgan bo’lishi bilan birga ilmiy-pedagogik izlanishlar olib borish qobiliyatlariga ham ega bo’lishi lozim. Magistr ilmiy-pedagogik yo’nalishda ish olib borishi uchun pedagogika, psixologiya fanlarini va mutaxassislik fanlarini o’qiitish metodikasini bilishi zarur. Magistr ilmiy-pedagogik ijodiyot metodologiyasini, o’qituvchi kasbiga oid pedagogik va kommunikativ qobiliyatlarni, pedagogik texnologiya va pedagogik mahoratni, ishchi o’quv dasturi va o’quv rejalari tuzishni, kredit-modul tizimida fanlardan talabalar bilimini baholash mezonini bilishi lozim.Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi fanini o’zlashtirgan talaba: - o’qitishning didaktik qonunlari va tamoyillarini, ta’lim-tarbiya berishning nazariyasi va amaliyotini, o’qitishning zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini, ta’lim jarayonini tashkil etishning turli usul va shakllarini, jumladan ma’ruza o’qishni, amaliy mashg’ulotlarni o’tkazishni, talabalar mustaqil bilim olishlarini tashkil etishni, malakaviy bitiruv ishlariga rahbarlik qilishni, ta’lim jarayonida o’qitishning texnik vositalari va axborot texnologiyalarini qo’llash ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak. Download 81.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling