1-mavzu: maxsus fanlarni o’qitish metodikasi fanining maqsadi va vazifalari


TALABALAR BILISHI LOZIM BO’LGAN ASOSIY TUSHUNCHALAR


Download 81.29 Kb.
bet4/9
Sana08.03.2023
Hajmi81.29 Kb.
#1250346
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-mavzu taqdimotga

TALABALAR BILISHI LOZIM BO’LGAN ASOSIY TUSHUNCHALAR


TALABALAR BILISHI LOZIM BO’LGAN ASOSIY TUSHUNCHALAR
3. Maxsus fanlarni o’qitishga qo’yiladigan talablar. Maxsus fanlarni o’qitishda kasbiy-pedagogik bilimlarning ahamiyati.
Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi fani psixologiya, sotsiologiya, kabi fanlar bilan ham uzviy bog’langandir. Ma`lum ma`noda o’qituvchilarga xizmat qiladigan psixologiya turkumidagi fanlarni ham pedagogik fanlar tizimiga kiritish mumkin.
Etika va estetika fanlari pedagogikaning tarbiya nazariyasi bo’limi bo’yicha ma`lumot beradi. Bu fan talabaning xulqi, odobi me`yorlarini aniqlash, belgilash hamda go’zallikni chin ma`noda tushuntirish, talaba ongida hayotning jozibali, nafis qirralariga bevosita rag’bat uyg’otish borasida pedagogika fani bilan aloqadadir. Fanlarni o’qitish yo’llari ham pedagogika fanining didaktika bo’limiga aloqador. Chunki har qanday fanni o’qitish metodi shu fanning mazmuni, tizimini talabalar tomonidan o’zlashtirib olinishiga xizmat qiladi.
Chunonchi, pedagogika fani bolalar anatomiyasi, fiziologiyasi, bolalar gigiyenasi va bolalar kasalliklari kabi fanlar bilan ham mustahkam aloqada. Bu fanlar bir-biriga chambarchas bog’liqdir. Pedagogika fani ob`ekti yil sayin kengayib bormoqda, natijada uning tarmoqlari ham bir necha guruhlarga ajralmoqda. Ular pedagogika fanlari tizimini tashkil etadi.
Ma`lumki, turli sohada bilim oluvchi talabalarni o’qitish va tarbiyalashning nazariy hamda seminar tomonlarini yolg’iz pedagogika fanining o’zi mufassal yoritib bera olmaydi. Pedagogik fanlarni o’qitish metodikasi fani tarmoqlari mazkur muammolarni ijobiy hal etishda muhim omil hisoblanadi.

4. Maxsus fanlarni o’qitishda o’qituvchi egallashi lozim bo’lgan pedagogik texnologiyaning mohiyati.
Ta’lim tizimining uzluksizligi – zamon talabi. An’anaviy ta’lim tizimidan o’rin olgan o’qituvchi–darslik–talaba tizmasini qat’iylik bilan yangi: talaba–darslik–o’qituvchi tizmasiga o’zgartirish talab qilinmoqda. Rivojlangan mamlakatlar ta’lim tizimi xuddi shu tamoyillarga asoslangan va bu falsafa, pedagogika va psixologiyada yangi yo’nalish hisoblanadi.
Agar an’anaviy ta’lim tizimida asosiy bilim manbai sifatida o’qituvchi va darslik hisoblangan bo’lsa, ta’limga yangicha yondashuvda o’qituvchi asosan talabaning mustaqil va faol ta’limiy faoliyatining tashkilotchisi, ishonchli konsulptanti va yordamchisi sifatida maydonga chiqadi. O’qituvchi o’z mahoratini, bilimi, malakalarini talabalar faoliyatini diagnostika qilish, bilimlarni egallash va amaliyotda ulardan to’g’ri foydalanish bo’yicha yordam berishi lozim bo’ladi. Bu esa o’qituvchidan yuksak darajada mahorat talab qiladi.

Download 81.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling