1 Mavzu: Mеhnat gigiyenasi, uning ahamiyati, rivojlanish tarixi. Mеhnat gigiyenasi sohasida Davlat sanitariya nazorati. Oʻquv mashgʻulotining


Download 158.27 Kb.
bet3/6
Sana26.02.2023
Hajmi158.27 Kb.
#1233370
1   2   3   4   5   6
Mehnat gigiyenasining asosiy vazifalari :

  1. optimal ish sharoiti yaratish;

  2. umumiy kasallanishni pasaytirish va kasb kasalliklarini oldini olish;

  3. mehnat unumdorligini oshirish.

Asosiy tushunchalar va izohlar.
Ish sharoiti - ishchini o‘rab turgan muhitni va ishlab chiqarish jarayonining omillari ta’sir majmuidir.
Ish sharoiti va mehnatni tashkil etilgani bu ishlab chiqarishdagi zararli va xavfli omillar, ish davomiyligi, dam olish davomiyligi va ularning almashinib turishi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida ish vaqti tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan “Ish vaqti deb, ishchining ish tartibi yoki grafigiga yoki kelishuv asosida o‘zining ish majburiyatini o‘tashi tushuniladi.” Kasb kasalligi ayni shu kasb uchun spetsifik hamda ishlab chiqarish muhitining yoki ish jarayonining zararli va havfli ta’siri natijasida orttirilgan kasallik.
Kasb tufayli salbiy ta’sir etuvchi omillarni 4 guruhga bo‘lish mumkin.

    1. Mehnatni noto‘g‘ri tashkil qilishga aloqador zararlar:

  1. tananing uzoq vaqtgacha bir vaziyatda bo‘lishi;

  2. harakat boshqaruvi va ayrim sezgi a’zolari (ko‘rish, eshitish) ning ortiqcha zo‘riqishi;

v) noto‘g‘ri mehnat tartibi.

    1. Ishlab chiqarish jarayoniga aloqador zararlar:

a) fizikaviy omillar (noqulay mikroiqlim, atmosfera bosimining o‘zgarishlari va boshqalar);
b) kimyoviy omillar (gazlar, zaharli birikmalar va h. k.);
v) biologik omillar (mikroorganizmlar, gijjalar ularning tuxumlari va boshqalar); g) radiologik omillar va h. k.

    1. Mehnat sharoitiga aloqador zararlar: havo almashinishi ya’ni ventilyasiya, yoritilish, maydon sathi, uning hajmi va boshqalarning etarli bo‘lmasligi.

    2. Asab sistemasining me’yoridan ortiqcha zo‘riqishi.

Ishchi organizmiga bu omillarning ta’siri natijasida kasbga aloqador kasalliklar rivojlanishi mumkin (pnevmokoniozlar, tebranish va korxona shovqini natijasida karlik va boshqalar). Hozirgi vaqtda kasb kasalliklari sonining o‘sishiga asosan, surunkali kasalliklar va zaharlanishlar sabab bo‘lmoqda. Kasb kasalliklarining oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining “Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2012yil 10 iyuldagi 200- sonli buyrug‘iga binoan Respublikada ishga qabul qilishdan oldin va ishlash paytida takroriy tibbiy ko‘riklardan o‘tkazish tizimi joriy etilgan.
Buyruqda tibbiy ko‘rikni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida ma’lumotlar batafsil keltirilgan.Unda Ish beruvchi hududiy davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari (DSENM) va tashkilotning kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan birgalikda har kalendar yilning 1 dekabrigacha tashkilotdagi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi shart bo‘lgan xodimlarning lavozim bo‘yicha kontingentini aniqlashi va bu haqda mazkur Nizomda keltirilgan shaklga muvofiq dalolatnoma tuzishi lozim. Ish beruvchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi shart bo‘lgan xodimlarning lavozim kontingentidan kelib chiqib hududiy DSENM va tashkilotning kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishgan holda tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart bo‘lgan xodimlarning ro‘yxatini tuzadi va tibbiy ko‘rikni o‘tkazuvchi davolash-profilaktika muassasasiga taqdim etadi.
Tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart bo‘lgan xodimlarning ro‘yxatida tashkilot nomi, xodimning kasbi, u ishlayotgan sex yoki boshqa bo‘linma nomi, ishlab chiqarishning xavfli va zararli omillari hamda xodimning ushbu omillar ta’siridagi ish staji ko‘rsatiladi.
Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish maqsadida tibbiy ko‘rikni o‘tkazuvchi davolash-profilaktika muassasasining rahbari tomonidan hududiy DSENM bilan kelishilgan holda mazkur Nizomda keltirilgan shaklga muvofiq xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishning kalendar rejasi tuziladi.
Agar xodim o‘z sog‘lig‘ining holati mehnat sharoiti bilan bog‘liq holda yomonlashgan deb hisoblasa, u navbatdan tashqari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni talab qilish huquqiga ega.
Dastlabki tarzda tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart bo‘lgan xodimlar tashkilot tomonidan tibbiy ko‘rikni o‘tkazuvchi davolash-profilaktika muassasasiga mazkur Nizomda keltirilgan shaklga muvofiq taqdim etilgan yo‘llanma asosida tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

Download 158.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling