1-mavzu. Mehnat va uning jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni (4 soat)


Mehnat to‘g‘risidagi nazariyaning rivojlanishida J.B. Sey


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana23.04.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1389600
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1 мавзу Mehnat va uning jamiyat taraqqiyotida tutgan o’rni

1.3. Mehnat to‘g‘risidagi nazariyaning rivojlanishida J.B. Sey, 
marjinalchilar va yangi klassiklarning roli 
Atoqli fransuz iqtisodchisi, ishlab chiqarish omillari nazariyasining muallifi 
Jan Batist Sey mehnat to‘g‘risidagi nazariyani rivojlantirishda boshqa yo‘ldan 
bordi. «Siyosiy iqtisod bo‘yicha traktat» J.B. Seyning bosh asari bo‘lib, u besh 
marta qayta nashr etilgan. Hayotining so‘nggi yillarida J.B. Sey olti tomdan iborat 
«Siyosiy iqtisod to‘la kursi»ni tayyorladi va nashr ettirdi. 


Jan Batist Sey (1767, 1832) – fransuz iqtisodchisi, vulgar 
siyosiy iqtisodning birinchi namoyandalaridan biri. Burjuaziyaning 
yirik 
ideologi, 
erkin 
savdo va 
iqtisodiy 
hayotga davlat 
aralashmasligining tarafdori. Siyosiy iqtisod professori (1819 yildan). 
Uning asarlari hozirgacha o‘zbek tiliga tarjima qilib nashr etilmagan. J.B. 
Seyning «Siyosiy iqtisod bo‘yicha traktat» asari rus tilida 2000 yil Rossiyaning 
«Delo» nashriyoti tomonidan qaytadan chop etildi.
Sey siyosiy iqtisodni uch qismga bo‘ladi: ishlab chiqarish, taqsimot va 
iste’mol. Bu tasnif takror ishlab chiqarish jarayoni unsurlari o‘rtasidagi yuzaki 
bog‘lanishni aks ettiradi. Taqsimot va iste’molning iqtisodiyot fanining mustaqil 
qismlari sifatida ajratilishi va ularning mustaqil soha sifatida ishlab chiqarish bilan 
yonma-yon qo‘yilishi tufayli ijtimoiy ishlab chiqarish jarayoni unsurlari o‘rtasidagi 
haqiqiy aloqalar buzib ko‘rsatiladi, chunki ma’lum tipdagi ishlab chiqarish 
munosabatlari doim taqsimot va iste’molning ma’lum tarkibini vujudga keltiradi. 
Shunday qilib, J.B. Sey talab va taklif qonuni asosida xizmatlar narxi, ya’ni 
renta, foiz va ish haqining darajasi bilan bir qatorda mahsulotlarning narxini 
tartibga soldi. Tadbirkor tufayli mahsulotlar qiymati «turli ishlab chiqarish 
xizmatlari» o‘rtasida taqsimlanadi, turli xizmatlar esa ishlab chiqarish o‘rtasida 
ularning talablariga muvofiq ravishda taqsimlandi. Uning boyliklarni taqsimlash 
nazariyasi ayirboshlash va ishlab chiqarish nazariyasi bilan uyg‘un ravishda 
muvofiqlashdi. 
Boyliklarni taqsimlashning ushbu nihoyatda oddiy chizmasi fanda haqiqiy 
olg‘a
Karl Menger (1840-1921) – Avstriya iqtisodchisi, Avstriya 
iqtisodiyot maktabining asoschisi. Galitsiyadagi Ney-Sandesda 
(hozirgi Polshaning Novi-Sonch degan joyida) 1840 yilning 23 
fevralida tug‘ilgan. Vena bilan Praganing universitetlarida ta’lim 
olgan, Krakov universitetida doktorlik darajasini olgan (1867), 1873 
yilda Vena universitetining iqtisodiyot professori etib tayinlangan. 
Menger Avstriya iqtisodiyot maktabining va “o‘ta foydalilik” 
nazariyasining asoschisi hisoblanadi. Ushbu nazariyaga ko‘ra narx va 
taqsimot iste’mol tovarlarining sub’ektiv amaliy qadriga asoslanadi. 
Uilyam Stenli Jevons (1835-1882) – ingliz iqtisodchisi va 
mantiqchisi. 
Liverpulda 
tug‘ilgan. London universitetining 
Yuniversiti-kollejida o‘qigan. 1866-1875 yillarda Manchester 
universitetining Ouenz kollejida mantiq, falsafa va siyosiy iqtisod 
professori bo‘lgan. Jevons “o‘ta foydalilik” sifatidagi qiymat 
nazariyasining asoschisi bo‘lgan. Jevons pulning xarid qobiliyati 
bilan bog‘liq masalalarni birinchi bo‘lib tadqiq qila boshlagan.
Leon Mari Espri Valras (1834-1910) – Shveysariya iqtisodchisi. 
1870 yilda Valras Shveysariyaning Lozanna akademiyasida 
iqtisodiyot o‘qituvchisi o‘rnini oldi, bunda u yigirma yildan ko‘p 
ishladi. “Sof siyosiy iqtisod elementlari” (Elymynts d’yconomie 
politique pure) asari (1874-1877) Valrasning asosiy asaridir. Bu 


asarida u iqtisodiyotning matematik modelini tuzgan. Shuningdek 
mazkur asarida u iste’molchilarning xatti-harakatlari nazariyasini 
ishlab chiqdi. Valrasning g‘oyalari va konsepsiyalari XX asrdagi 
iqtisodiy tafakkurning rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. 
Fridrix Vizer (10.7.1851, Vena, - 22.7.1926, Sankt-Gilgen) – 
iqtisodchi, siyosiy iqtisoddagi Avstriya maktabining vakili. 1903 
yildan e’tiboran Vena universitetida siyosiy iqtisod professori. K. 
Menger va E. Byom-Baverk bilan birgalikda o‘ta foydalilik 
nazariyasini ishlab chiqqan va ushbu atamani kiritgan. U 
“yuklanganlik nazariyasi”ni yaratdi. Bu nazariyaga ko‘ra, ishlab 
chiqarishning mehnat, yer va kapital kabi uchta omilining har biriga 
ushbu omillar yaratgan mahsulot qiymatining muayyan qismi 
yuklangan bo‘ladi. Vizerning qarashlari burjua iqtisodiy fanida keng 
yoyildi. 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling