1-mavzu. Mehnat va uning jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni (4 soat)


 Mehnat munosabatlarini davlat tomonidan muvofiqlashtirish


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana23.04.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1389600
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1 мавзу Mehnat va uning jamiyat taraqqiyotida tutgan o’rni

1.4. Mehnat munosabatlarini davlat tomonidan muvofiqlashtirish 
nazariyasini yaratishda I. Shumpeter, J.M. Keyns va yangi klassik 
sintezlarning qarashlari 
Avstraliyalik iqtisodchi va sotsiolog olim Iozef Shumpeter iqtisodiy 
ta’limotlar tarixida alohida o‘rniga ega. Uning qarashlarida klassik nazariya bilan 
institutsionalizm nazariyasidagi iqtisodiy jarayonlar tahlilini turli ijtimoiy 
munosabatlar: huquqiy, ijtimoiy va boshqa munosabatlar tahlili bilan bog‘laydigan 
nazariyaning elementlari qo‘shilib ketgan edi. Y. Shumpeter «Iqtisodiy 
rivojlanish nazariyasi» deb nomlangan asarida (1912) tadbirkorning rolini ishlab 
chiqarishning eng muhim omili, bozor iqtisodiyotining asosiy harakatlantiruvchi 
kuchi sifatida asoslaydi. 
Yozef Alois Shumpeter (1883-1950) – Amerika iqtisodchisi. 
Tresht (Moraviya)da 1883 yilning 8 fevralida tug‘ilgan. Vena 
universitetini 
tugallagan, 
Gras 
va 
Bonn 
universitetlarida 
o‘qituvchilik qilgan (1925-1932), keyin Garvardda dars bergan 
(1932-1950), bunda u kapitalizm nazariyasi va amaliy faollik 
davrlariga oid tadqiqotlari tufayli keng tanildi. “Xo‘jalik rivoji 
nazariyasi” (Theorie der wirtschaflichen Entwicklung, 1912); 
“Amaliy faollik davrlari: kapitalizmning nazariy, tarixiy va statistik 
tahlili”, “Kapitalizm, sotsializm va demokratiya” (1942) kabi asarlar 
uning eng yirik asarlari sirasidandir. 
Yuqorida J.B. Sey ham ishlab chiqarish omillari bo‘lgan mehnat, kapital va 
yer to‘g‘risidagi nazariyani bayon qilganligi va tadbirkorning ishlab chiqarish 
tashkilotchisi sifatidagi rolini yuqori baholaganligi ko‘rsatib o‘tilgan edi. Lekin Y. 
Shumpeter iqtisodiy tafakkur tarixida birinchi bo‘lib tadbirkorning ishlab chiqarish 
omili sifatidagi barcha xususiyatlarini ochib berdi. U bunday deb yozgan edi: «Biz 
vazifasi yangi kombinatsiyalarni amalga oshirishdan iborat bo‘lgan va uning faol 


elementi sifatida ishtirok etadigan... xo‘jalik sub’ektlari tadbirkorlar deb ataladi»4, 
odatda korxonaning egasi hisoblanmaydigan tadbirkor vazifasiga ishlab 
chiqarishga yangiliklar, ya’ni quyidagi maqsadlarga erishish uchun resurslar – 
buyum va kuchlarni kombinatsiyalashni joriy qilish kiradi: 
1) iste’molchilarga ma’lum bo‘lmagan yangi ne’matni ishlab chiqarish yoxud 
u yoki bu ne’matga yangi sifatni joriy etish; 
2) tegishli tovarni ishlab chiqarishning yoki undan tijorat yo‘lida 
foydalanishning yangi usulini joriy etish; 
3) avval ham mavjud bo‘lgan yoki bo‘lmaganligidan qat’i nazar mazkur 
mamlakatning sanoat tarmog‘i hali qatnashmagan yangi sotuv bozorini 
o‘zlashtirish; 
4) ushbu manba ilgari mavjud bo‘lganligi yoki bo‘lmaganligidan qat’i nazar 
xomashyo yoki yarim tayyor mahsulotlar yangi manbaiga yetishish; 
5) o‘z korxonasining monopol mavqeini ta’minlash bilan boshqa korxonaning 
monopollik mavqeiga putur yetkazish5. 
Y. Shumpeter tadbirkorlikni insonning ijtimoiy kelib chiqishiga bog‘liq 
bo‘lmagan alohida iste’dod deb hisoblaydi. Bushaxsning, avvalo, o‘z kuchi va o‘z 
mustaqilligiga ishonib ish tutishi, tavakkalchilik qila olishi, yangiliklar kiritish 
hisobiga muvaffaqiyatlarga erishishga intilishdan iborat bo‘lgan xususiyatidir.
Keyns, Jon Meynard (1883-1946) – ingliz iqtisodchisi. 
Kembrijda 1883 yilning 5 iyunida Kembrij universiteti bosh 
boshqaruvchisining oilasida tug‘ilgan. Keyns Itonda o‘qidi, keyin 
Kembrij universitetining Kingz-kollejida ta’lim oldi, uni 1905 yilda 
tugalladi va universitetining iqtisodiyot fakultetida dars bera 
boshladi.
1920-yillarda Keyns iqtisodiy muammolarni tadqiq qilish bilan 
shug‘ullandi, bular uning “Pul to‘g‘risida ta’limot” (1930) va “Ish 
bilan bandlik, foiz va pul to‘g‘risida umumiy nazariya” ( 1936) deb 
nomlangan asarlarida o‘z ifodasini topdi. Keyns o‘zini-o‘zi tartibga 
soladigan iqtisodiyot to‘g‘risidagi konsepsiyaning behudaligini 
isbotlar va kreditlash, pul muomalasi va aholining ish bilan bandligi 
borasida amalga oshirish kerak bo‘lgan qator chora-tadbirlarni 
taklif etgan edi. U iqtisodiyotni tartibga solish omillarini 
rivojlantirdi. 1943-1944 yillarda u Xalqaro Valyuta Fondi va 
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (Jahon banki)ni tashkil etish 
to‘g‘risidagi bitimni tayyorlash va qabul qilishda qatnashdi. 
Samarali talab, bir tomondan, shaxsiy iste’mol darajasi bilan, ikkinchi 
tomondan esa, ishlab chiqarish iste’molining miqdori – investitsiyalar bilan 
belgilanadi. Talabning oshishini ta’minlashda, birinchidan, davlat ta’sirida kredit 
foizlarini kamaytirish, bu investitsiyalarning oshishiga olib keladi (kredit 
4
Шумпетер Й. Теория экономического развития/Пер. с нем. В.С. Автономова и др. - М., 
1982, 169-б.
5
Шумпетер Й. Теория экономического развития/Пер. с нем. В.С. Автономова и др. - М., 
1982, 159-б.


mexanizmi); ikkinchidan, investitsiyalarga davlat sarf-xarajatlarini oshirish va 
tovarlarni davlat tomonidan xarid qilinishini ko‘paytirish (byudjet mexanizmi) 
vosita xizmatini o‘tashi mumkin. Har ikki chora-tadbir ham ishlab chiqarishni 
kengaytirishga aholining ish bilan bandligini oshirish va ishsizlikni kamaytirishga 
qaratilgan. 
Keyns ta’kidlashicha, ish haqining pastligi, yangi klassik nazariyaning 
qoidasiga zid tarzda, ishsizlikning kamayishiga ko‘maklashmaydi. Aholining ish 
bilan bandligi, avvalo, multiplikatsiyalash (ko‘paytirish) samarasiga olib keladigan 
investitsiyalarning miqdoriga bog‘liq. 
Atoqli amerikalik iqtisodchi, Nobel mukofotining laureati P. Samuelson 
klassik siyosiy iqtisod, yangi klassik nazariya, yangi keynschilik, yangi liberal 
nazariyalar uyg‘unlashishidan iborat bo‘lgan iqtisodiy nazariyalar sintezini 
zamonaviy iqtisodiy nazariyalarning «yangi klassik sintezi» deb nomladi. U ushbu 
g‘oyalarni Rossiya va O‘zbekistonda ko‘p marta qayta nashr qilingan 
«Ekonomiks» darsligida (1948) bayon etgan. 
Samuelson Pol (1915-2005) – Amerika iqtisodchisi. U 1970 
yilda iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofotini olishga sazovor bo‘ldi. 
Geri (Indiana shtati)da tug‘ilgan. 1935 yilda Chikago universitetini 
tugallagan. Garvard universitetida ishlagan, 1940 yildan e’tiboran 
esa Massachuset texnologiya universitetida mehnat qilgan. 1941 
yilda Garvardda fan doktori darajasini oldi, 1947 yilda esa 
Massachuset texnologiya institutining professori bo‘ldi. Qator 
davlat 
muassasalarida, 
shu 
jumladan, 
moliya 
vazirligida 
rejalashtirish masalalari bilan shug‘ullandi. 1960-yillarning boshida 
J. Kennedining maslahatchisi bo‘ldi. Massachuset texnologiya 
institutidan iste’foga chiqqanidan keyin u faol ravishda ilmiy 
faoliyat bilan shug‘ullanishni davom ettirdi. 
Samuelsonning asarlari iqtisodiy muvozanatlilikning tahliliga, 
iste’mol tarkibiga, samaradorlik va maqbullik masalalariga 
bag‘ishlangan. U “foydalilikni maksimallashtirish”, “muvofiqlik 
tamoyili”, 
“yashirin 
xush 
ko‘rishlar” 
konsepsiyalarining 
muallifidir. U “Iqtisodiy tahlil asoslari” (1947); “Liniyaviy 
dasturlashtirish va iqtisodiy tahlil” (1958), “Makroiqtisodiyot” 
(1995); “Mikroiqtisodiyot” (1995) kabi asarlarning muallifidir. 
Yangi klassik sintez atamasini turli mualliflar turlicha talqin qilishgan, ammo 
bunday talqinlarni tizimlash asosida yangi klassik sintez konsepsiyasining uchta 
taxminiy talqinini ko‘rsatish mumkin. Ulardan birining mohiyati zamonaviy 
iqtisodiy nazariya xo‘jalik yuritishning iqtisodiy liberalizm prinsiplari bilan barcha 
bozor mexanizmi elementlaridan ham, erkin bozor stixiyasini cheklaydigan 
keynscha konsepsiyaning elementlaridan ham bir yo‘la foydalanilganda ish bilan 
to‘la bandlik va iqtisodiy o‘sishni ta’minlashi mumkinligi to‘g‘risidagi g‘oyani 
asoslashdan iborat. 
Iqtisodiy nazariyaning markazidagi mehnat iqtisodiyoti nazariyasining 
rivojlanishi to‘xtovsiz jarayondir, u hozir ham davom etmoqda. Unda hali aslo 
nazariy masalalarning barchasi ham yetarlicha oydinlashtirilganicha yo‘q. Lekin 


uning istiqboli insoniyatning yangi ijtimoiy va iqtisodiy larzalarni chetlab o‘tish va 
uning tobora rivojlanishi, odamlarning moddiy va ma’naviy farovonligini 
ta’minlashga imkon beradigan yo‘nalishdagina porloq bo‘lishi ayon bo‘lib turibdi. 
Bunday yo‘l dunyodagi ko‘p mamlakatlar, xususan, O‘zbekistonda ham amalga 
oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning markazida turibdi. 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling