1-mavzu. Mehnat va uning jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni Reja


Download 56.45 Kb.
bet2/12
Sana18.06.2023
Hajmi56.45 Kb.
#1565040
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1- мавзу МЕХНАТ ИКТИСОДИЁТИ

Mehnat faoliyati tamoyilllari

Mehnat-bu quyidagi tamoyil talablariga javob beradigan inson faoliyati: onglilik, maqsadga muvofiqlik, samaradorlik, umumiy foydali va harakatlarning energiya sarfi. Mehnat ikki tomonlama xarakterga ega. Bir tomondan, mehnat insonning ehtiyojlarini qondirish uchun tabiat obyektlarini ozgartirish boyicha turli xil faoliyatidir. Boshqa tomondan, mehnat-bu odamlarning mehnat faoliyati va uning mahsulotlarini almashish jarayonidagi ozaro ta'siridir. Mehnat faoliyati tamoyillari quyidagilardan iboratdir.


Mehnat faoliyati tamoyillari

Tamoyillar

mazmuni

Anglangan harakatlar

Bu shuni anglatadiki, mehnat jarayoni boshlanishidan oldin inson
yaqinlashib kelayotgan ishning natijasini anglab yetadi. Ongsiz,
instinktiv harakatlar bu mehnat emas.

Maqsadli harakatlar

Inson ko‘zda tutilgan faoliyat uchun algoritmini shakllantiradi. Mahsulotni qanday ishlab chiqarish, qanday resurslardan foydalanish, qanday texnologiyalarni qo‘llashni hal qiladi.

Natijador harakat

Har qanday faoliyat ijtimoiy foydali mehnat bilan yakunlanadi.

Ijtimoiy-foydalilik harakat

Insonlar jamoaga birlashib o‘zaro harakat qilish asosida o‘zlari va jamiyat uchun ne’matlar yaratadilar

Energiyasarf harakat

Mehnat qilish jarayonida insonlar jismoniy, ruhiy va aqliy kuch sarflaydilar.

Adabiyotlarda faoliyatning korib chiqilgan juda kop turli xil turlari mavjud, ammo umuman olganda, faoliyatning beshta asosiy turini ajratish mumkin: ozgartiruvchi, kognitiv, baxoga yonaltiruvchi, kommunikativ, badiiy va ijodiy.


1. Ozgartiruvchi faoliyat-bu shundek faoliyatki, bunda subyektning faollashuvi o‘rganilayotgan obyektning aniq bir o‘zgarishlariga olib keladi, (uning xususiyatlari, fazilatlari va sifatlari paydo bo'ladi). Shunday qilib, umumiy ozgartiruvchi faoliyatning bevosita natijasi har doim uning obyektidagi u yoki bu ozgarishidir.
Obyekt miqyosiga qarab ozgartiruvchi faoliyat quyidagi kichik turlarga bo'linadi: - tabiiy obyektlarni ozgartirish yoki mehnat;
- jamiyatni ozgartirish yoki ijtimoiy faoliyat;
- insonning ozgarishi yoki madaniy, ma'rifiy faoliyat;
- oz-ozini ozgartirish yoki ozini takomillashtirish.
2. Kognitiv faoliyat-bu faoliyat obyekti ozgarishsiz qolishidir. Ilmiy bilimlar hozirda zamonavi inson faoliyatining asosi sifatida yetakchi ro‘l oynaydi. Oddiy kundalik faoliyat jarayoni yoki maxsus tayyorgarlik talab etadigaan faoliyat davomida egallanadi.
3. Bahoga yo'naltiruvchi faoliyat bu-faoliyat subyektlari va obyektlari ortasidagi ornatilgan munosabatlarga bogliqdir. Bahoga yonaltiruvchi faoliyatning boshlangich ma’lumotlari- tabiat, jamiyat, inson va o‘z-ozini baholovchi shaxs tushuniladi.
4. Kommunikativ faoliyat-faoliyat turlarining asosiy yonalishlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Bu insonning ijtimoiy tabiati tufayli mehnat, bilim va qadriyatlardagi aloqalarini o‘rnatish uchun shart-sharoitlr yaratish tushuniladi. Kommunikativ faoliyatning asosiy xususiyati quyidagilardan iborat umuman olganda, u orqali faoliyat subyekti ortasida ozaro ta'sir mavjud. Bu yerda faoliyat subyektining faoliyati taxmin qilingan ta’sirini hisobga olgan holda boshqa faoliyat subyektiga (yoki subyektlariga) qaratilgan va shunday qilib, bu ijtimoiy harakatlarning ketma-ketligi. 5. Badiiy va ijodiy faoliyat-bu san'atda mujassam bolgan juda aniq faoliyat turi. Bunda badiiy obrazlar yaratish, ozgaruvchan, bilimdon, bahoga yonaltirilgan va kommunikativ jihatdan uzviy bogliqdir.

Download 56.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling