Mavzu yuzasidan masalalar:
Masala 1.
Korxonalarda mehnat tashkil etish darajasini aniqlang. Agar: korxonada o‘rtacha ishchilar soni-1200 ta; 1 yilda-365 ish kuni; 1 smena- 8 soat; kunlik yo‘qatishlar jami – 159000 odam kunni tashkil etyapti; smena ichidagi yo‘qotishlar – 27600 kishi soat etyapti. Jami 1 yilda ishlangan kunlar soni 246000 kishi soat; reja bo‘limi hisobotiga ko‘ra ish vaqti yo‘qotishlari 13%ni tashkil etadi ( ish kunidan foydalanish koeffitsienti -0.87).
Masala 2.
Sex bo‘yicha mexnatni ajralish koeffitsienti va mehnat uslublarini ratsionallik koeffitsientini hisoblang. Agar texnologik hujjatlarda ko‘zda tutilmagan vaqt sarfi- 17900 minut; ish kuni davomiyligi – 8soat; ishchilarning o‘rtacha soni-165 kishi; jami ish vaqti yo‘qotishlarning -1920 minut; 1 ta operatsiyani bajarish uchun ketadigan vaqt- 10 minut; ilg'or ishchilar tomonidan operatsiya 7,5 minutda bajariladi va bajarilgan ishlar miqdori -5000 dona.
Masala 3.
Ish joylarni tashkil etish koeffitsienti, ishchilarni xizmat etish koeffitsienti, ishni me’yorlashtirish koeffitsientini aniqlang. Shartli ko‘rsatkichlar:
Namunaviy loyixalarda ko'zda tutilgan talablarga javob beradigan ish joylarda band ishchilar soni- 221 kishi
O'rtacha ro'yxatdagi ishchilar soni- 320 kishi
O'z vaqtida xizmat ko'rsatilmaganligi uchun ishchilarning ish vaqti yo'qotishlari - 120150 min
Smena davomiyligi – 8 soat
Kuzatish o'tkazilgan smenalar soni- 6 smen
Mehnat me’yorlari, ishlab chiqarish me’yorlari, me’yorlashtirilgan vazifalar keskinlik koeffitsiyenti- 0,78.
O'rtacha geometrik mehnatni tashkil etish koeffitsientini aniqlang.
Masala 4.
Korxonaning 270,350,420,392, 511 ishchilar soniga teng tsexlarning mehnatni tashkil etish darajasi mos darajasi mos ravishda 0,69; 0,72; 0,89; 0,78; 0,71 darajaga teng. Korxona bo'yicha mehnatni tashkil etish o'rtacha darajasini aniqlang.
3- mavzu. Mehnat bozori: mohiyati, shakllanishi va rivojlanishi
Do'stlaringiz bilan baham: |