1-mavzu. Mehnat va uning jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni Reja


O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida yangidan shakllanayotgan mehnat turlari quyidagicha tasniflanadi


Download 56.45 Kb.
bet7/12
Sana18.06.2023
Hajmi56.45 Kb.
#1565040
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1- мавзу МЕХНАТ ИКТИСОДИЁТИ

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida yangidan shakllanayotgan mehnat turlari quyidagicha tasniflanadi:
-mehnatning tabiati va mazmuni bo‘yicha;
- mehnatning predmeti va mahsuli bo‘yicha;
-mehnat vositasi va usuli bo‘yicha;
-mehnatning sharoiti bo‘yicha.
Mehnatning tabiati va mazmuniga ko‘ra mehnat turlarining tasnifi ikki yo‘nalishda-ijtimoiy va tarkibiy jihatdan olib qaraladi. Mehnatning ijtimoiy tabiati ichlab chiqarish vositasiga bo‘lgan mulkchilikning shaklidan kelib chiqadi, o‘zining ikki tashkiliy shakli, ya’ni yakka tartibdagi va jamoa mehnatini ajratib ko‘rsatishda aks etadi. Mehnatning tarkibiy tabiati esa, mehnat vazifasining intellektual darajasi va malakaliligi nuqtayi nazaridan mehnatning mazmun xususiyatlari ta’siri ostida shakllanadi. Mehnat tabiati va mazmuniga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
- mulkchilik shakli;
- ishchilarning mehnatga munosabati;
- ishlab chiqarilgan mahsulotlar va xizmatlarni taqsimlash munosabatlari;
- mehnat jarayonidagi ijtimoiy farqlar darajasi.
Mehnatning predmeti va mahsuli bo‘yicha mehnat turlarining tasnifi mehnatning professional funksional va tarmoq nuqtayi nazaridan farqlashga asoslanadi. Mehnat turlarini mehnat sharoiti bo‘yicha tahlil qilinsa unda uning qulayligi va noqulayligi, yoqimli va yoqimsiz mehnat turlari bilan ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir.



    1. Mehnat iqtisodiyoti≫ fanining innovatsion rivojlanish sharoitlaridagi vazifalari.

Har qanday iqtisodiyotni rivojlantirishning asosi bu- mehnat taqsimotini doimiy ravishda takomillashtirishdir. Ma'lumki, "iqtisodiyot" atamasi dastlab "uy xo'jaligi"degan ma'noni anglatgan. Bu mehnat taqsimotini hamkorlik va ixtisoslashuv jarayonlarining birligi, aslida, iqtisodiyotning quyi shakllardan yuqori shakllarga rivojlanishini anglatadi. Shunday qilib, mehnat uning namoyon bo‘lishining barcha shakllarida insonning maqsadga muvofiq faoliyatidir. “Mehnat iqtisodiyoti” fanining muhim yo‘nalishlaridan biri bu -mehnatni tashkil etish va unga haq to‘lash, mahsuldorlik va samaradorlik, mehnatni me'yorlash, talabni shakllantirish, mehnat takliflari, mehnat subyektlarining o‘zaro munosabatlari, bandlik muammolari, ishsizlik, mehnat bozori, korxonada mehnatni boshqarish, ish faoliyatining sifati, mehnat ko‘rsatkichlarini tahlil qilish va boshqalardan iboratdir. Postindustrial jamiyatda ushbu yo‘nalishlarni yanada rivojlanishini ko‘zda tutadi. Bu jamiyatning zamonaviy rivojlanishi muqarrar ravishda ishchi kuchi tarkibi va sifatining o‘zgarishiga, o‘sishiga olib keladi. Xodimlarning kasbiy malaka darajasiga qo‘yiladigan talablar, ya’ni mehnat intizomi va boshqalar. ishchining tarkibiy xususiyatlari o‘zgaradi.
Hozirgi vaqtda sarflangan ijtimoiy mehnat tuzilmalarida sezilarli o‘zgarishlar yuz bermoqda. jonli mehnatni tejash bilan, uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqarish jarayonidan chetlatib yuborilmoqda. To‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritilgan jonli mehnat asosiy ishlab chiqarish kuchi sifatida tobora uzoqlashmoqda. Insoniyat tomonidan to‘plangan ilmiy bilimlar, madaniyat yutuqlari, urf-odatlar va boshqa qadriyatlarning butun yig‘indisiga asoslangan universal ish ikkinchi darajali bo‘lib qolnoqda. Postindustrial jamiyatda esa inson faoliyati asosiy tarkibiy qismga aylanadi. Umumjahon universal mehnat o‘zini ikki jihatdan namoyon qilishini ko‘zda tutadi: birinchidan, turli xil mutaxassisliklar va tajribaga ega bo‘lgan, ikkinchidan, o‘z ma'lum darajada insoniyatning ilmiy, texnik va madaniy yutuqlaridan foydalanadigan shaxslardir. Shu bilan birga zamonaviy kasblarga qo‘yiladigan yangi umumiy malaka talablari shakllana boradi, ilmiy va axborot texnologiyalari bilan foydalanish darajasi o‘sib boradi. Bularga quyidagilarni misol keltirish mumkin:
-fikrlash qobiliyati;
-axborot va bilimlar:
-dasturlash,
-analitik va mantiqiy fikrlash,
-"yangi savodxonlik"dan foydalanish qobiliyati;
-iqtisodiy, texnologik va sotsiotexnologik tizimlar.
Bu holatlarning barchasini shakllanishi iqtisodiy rivojlanishning zamonaviy postindustrial bosqichiga eng mos keladigan mehnatni innovatsion boshqarishga olib keladi. Shuni ta'kidlash kerakki, mehnatni innovatsion boshqarishda har qanday zamonaviy tashkilot innovatsion tamoyillar va usullarni amalga oshirishi kerak.
Qisqacha xulosalar:
Mavzu maqsadiga muvofiq talabalarda mehnat faoliyatini tashkil etish, mehnatga haq to‘lash, me'yorlash, mehnat sharoitlari va unumdorligi, mehnatni rejalashtirish va mehnat ko‘rsatkichlarini tahlil qilish muammolari sifatida tushuncha hosil qilish va mehnatning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini ifodalovchi har xil turlarini aniq belgilariga qarab tizimlashtirish kerak bolishini tushuntirish.
Mehnat iqtisodiyoti butun iqtisodiy fanlar tizimining ajralmas qismi sifatida rivojlangan va rivojlanmoqda, shu bilan birga, mehnat iqtisodiyoti o'z tadqiqotlarida mehnat fiziologiyasi va psixologiyasi, ergonomika, tibbiyot sohalari kabi fanlarning tadqiqotlari va xulosalariga tayangan bo‘ladi.
Bilimlarni tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:

  1. Mehnat tushunchasi nimani anglatadi.

  2. Mehnat predmeti nimalardan iborat.

  3. Mehnat vositalari nimalardan iborat.

  4. Mehnatni tashkil etish deganda nimani tushunasiz.

  5. Inson va jamiyat rivojlanishida mehnatning o‘rni qanday.

  6. Mehnat namoyon bo‘lish shakllari qanday.

  7. Mehnat fiziologiyasi nima.

  8. Mehnat psixologiyasi nima.

  9. Mehnat iqtisodiyoti fanining vazifalari nimalardan iborat.

  10. Mehnat iqtisodiyoti fanining inavatsion rivojlanish sharoitidagi vazifalar?.

Test savollar:

  1. Mehnat bu …….?

  1. Tabiiy resurslarni moddiy resurslarga aylantirish jarayoni

  2. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish

  3. Tabiiy resurslarni to’g’ri taqsimlash

  4. Barcha javob to’g’ri

  1. “Mehnatni ilmiy tashkil etish” bo‘yicha qanday yo‘nalish paydo bo‘lgan?

  1. SWOT

  2. SOT

  3. Har ikkala javob ham to‘gri

  4. STEP

  1. Mehnat iqtisodiyoti predmenti nimalardan iborat?

  1. Mehnat faoliyatini tashkil etish

  2. Mehnatga haq to‘lash, me’yorlashtirish

  3. Mehnat sharoiti va unumdorligi

  4. Barcha javoblar to‘g‘ri

  1. Jismoniy mehnat unumdorligini oshirish usullariga qachondan boshlab e’tibor qaratilgan?

  1. 1981-yildan boshlab

  2. 1979-yildan boshlab

  3. 1970-yildan boshlab

  4. 1971-yildan boshlab

  1. Mehnat fiziologiyasi nimani o‘rganadi?

  1. Mehnat jarayonlarini fizik-kimyoviy tahlil qiladi

  2. Mehnat jarayonlarini inson fiziologik xususiyatlariga ta’sirini o‘rganadi

  3. Mehnatni to‘g‘ri tashkil etishni o‘rganadi

  4. Barcha javob to‘gri

  1. Ergonpmika qanday fan?

  1. Dastgohlar boshqaruv panellarini o‘rganadi

  2. Transport vositalari va mashina tizimlarini loyihalashni ilmiy asosi

  3. A va B javob to‘g‘ri

  4. Ishlab chiqarishni jamoalarida insonlarning o‘zaro munosabatlarini o‘rganadi


Download 56.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling