2.Boshqaruv vazifalari va boshqaruv mahorati.
Boshqaruvga jarayon sifatida qarash kerak. Boshqaruv jarayoni — bu tashkilot resurslarini u tomonidan o‘z maqsadlariga erishish uchun shakllantirish va foydalanish bo‘yicha uzluksiz, izchil bajariladigan, o‘zaro boglangan harakatlari majmuasidir. Bu harakatlarni boshqaruv vazifalari deb ataydilar. Shunday qilib, boshqaruv jarayoni barcha vazifalarning umumiy yig‘indisi bo‘ladi.
Boshqaruv funksiyalari — bu boshqaruv faoliyatining nisbatan mustaqil, ixtisoslashtirilgan va ajratilgan turlaridir. Bunday deb hisoblanish uchun boshqaruv vazifasi aniq aks ettirilgan mazmunga, uni amalga oshirishning ishlab chiqilgan
mexanizmiga va doirasida uning tashkiliy ajralishi yakunlanadigan ma’lum tuzilmaga ega bolishi kerak. Mazmun ostida aniq vazifa doirasida amalga oshirilishi kerak bolgan harakat tushuniladi.
Shunga qaramasdan, boshqaruvning beshta umumiy funksiyalarini ajratishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz:
— rejalashtirish (maqsadlar va ularga erishish bo‘yicha harakatlar rejasini tanlash);
— tashkil qilish (vazifalarni bolinm alar yoki xodimlar o‘rtasida
taqsimlash va ular o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni o‘rnatish);
— motivatsiya (ijrochilarni rejalashtirilgan harakatlarini amalga oshirish va qo‘yilgan maqsadlarga erishishga rag‘batlantirish);
— muvofiqlashtirish (ratsional aloqalarni olnatish yoli bilan
boshqarilayotgan tizimning har xil qismlari oltasida moslik va
muvofiqlikni ta’minlaydi);
— nazorat (haqiqiy erishish mumkin bolgan yoki erishilgan
natijalarni rejalashtirilganlari bilan taqqoslash).
Biznesni boshqarishning asosiy elementlari - rejalashtirish, tashkil etish, inson resurslarini boshqarish, xodimlarni boshqarish va nazorat qilish. Ushbu beshta element biznesni boshqarishning an'anaviy beshta nuqtasi hisoblanadi. Lekin zamonaviy boshqaruvda quyidagi 8 ta elementlar boshqarish mahorati sifatida talqin qilinadi:
1- Rejalashtirish
2- Tashkilotchilik
3- Inson resurslarini boshqarish
4- Yetakchilik
5- Boshqarish
6- Strategiya
7- Javobgarlik
8- Aloqa
Do'stlaringiz bilan baham: |