1-Mavzu. Menejment fanining predmeti, obyekti va metodi Menejment
Mumtoz menejment namoyondasi A.Fayol olg’a surgan tamoyillar, Inson munosabatlari maktabi namoyondasi D.Mak-Gregorning X (iks) va Y (igrik) nazariyasi
Download 234.75 Kb.
|
1-Mavzu. Tr
3. Mumtoz menejment namoyondasi A.Fayol olg’a surgan tamoyillar, Inson munosabatlari maktabi namoyondasi D.Mak-Gregorning X (iks) va Y (igrik) nazariyasi
“Mumtoz menejment” maktabi moxiyati. ―Ilmiy menejment‖ namoyandalari o’z ilmiy ishlarini asosan korxona, tashkilot boshqaruvini takomillashtirishga bag’ishlashgan. Ular boshqaruv darajasidan quyi masalalar bilan, ya‘ni faqat ishlab chiqarish darajasidagi boshqaruv bilan shug’ullanishgan. Ma‘muriy maktabning vujudga kelishi munosabati bilan mutaxassislar endi umum tashkilot darajasidagi boshqaruv muammolari bilan shug’ullana boshladilar. Teylor va Gilbretlar oddiy ishchidan muvaffaqiyatga erishib, shuxrat qozonib martabaga minganlar. Aynan shu tajriba ularning boshqaruv to’g’risidagi tushunchalariga keskin ta‘sir etgan. Ulardan farqli o’laroq, mumtoz ma‘muriy boshqaruv maktabining asoschilari:
Ularni tashvishlantiruvchi bosh masala-bu umumtashkilot miqyosidagi samaradorlikka erishish bo’lgan.Shunday maqsad qo’yilgan bo’lsa-da ular xam boshqaruvning sotsial jixatlariga unchalik e‘tibor bermadilar.Uning ustiga ustak ularning ishlari shaxsiy tuzatuvlar doirasidan chiqmagan.Shu sababli ularning yondoshuvlari ilmiy metodologik asosga ega emas edi. ―Mumtoz‖chilar tashkilotga keng qamrovli kelajak nuqtai nazardan yondoshish yo’li bilan undagi umumiy xususiyatlar va qonuniyatlarni aniqlashga urinishgan. Maqsad-boshqarishning unversal tamoyillarini yaratish va shuning evaziga muvaffaqiyatga erishish edi. Ular boshqarishning quyidagi ikki jixatiga e‘tiborni qaratdilar: * Tashkilotning oqilona boshqaruv tizimini ishlab chiqish. Shu maqsadda tashkilotni bo’linmalar yoki ishchi guruxlarga bo’lish, moliya, ishlab chiqarish va marketing boshqarishni takomillashtirishning muxim tomonlari deb xisobladilar. * Tashkilotning oqilona tarkibi va xodimlarning oqilona boshqaruviga erishish. Shu maqsadda boshqarishda yakkaboshlik bo’lishini va xodim faqatgina bitta boshliqdan topshiriq olish va unga bo’ysinishi lozim degan g’oyani ilgari surishadi. A.Fayol boshqaruv fanining rivojlanishiga salmoqli xissa qo’shgan frantsuz olimlaridandir.U Frantsiyadagi yirik ko’mir qazib oluvchi kompaniyani boshqargan. A.Fayol o’zining boy amaliy tajribasini ―Umumiy va sanoat boshqaruvi‖ (1916) nomli kitobida umumlashtirgan. Uning ilgari surgan quyidagi boshqaruv tamoyillari xozirgi kunda xam o’z axamiyatini yo’qotmagan. Anri Fayolning boshqarish tamoyillari
Download 234.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling