1-Mavzu. Menejment fanining predmeti, obyekti va metodi Menejment


Menejment fanining umum falsafiy usullari


Download 234.75 Kb.
bet2/17
Sana10.10.2023
Hajmi234.75 Kb.
#1696845
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
1-Mavzu. Tr

2. Menejment fanining umum falsafiy usullari.
Menejment tushunchasiga ta’rif berishda bugungi kungacha bir necha iqtisodchi olimlar turlicha yondashganlar, jumladan:
Menejment –bu insonning nima qilishni xohlashini bilish va bajarilgan ishni eng maqbul, kam chiqim usulda ekanligini ko’ra olish san’atidir. F.Teylor (1856–1915).
Menejment bu ishni, ishchilarni, menejerlarni va biznesni boshqaradigan ko’p maqsadli organdir. P.Drukker (1909-2005).
Menejment rasmiy tashkil etilgan kishilar guruhi orqali maqsadga erishish san’atidir. G.Kuntz (1908‑1984).
Menejment kishilar orqali muammolarni hal qilish san’atidir. M.Folet (1868 -1933).
Menejment –bu o’zgalar faoliyatini bashorat qilish, rejalashtirish, tashkil etish, muvofiqlashtirish va nazorat qilishdir. A.Fayol (1841-1925).
Menejment –bu boshqaruv, ya’ni resurslarni, odamlarni boshqarish, samarali faoliyat olib borish va foyda olishni bilish, uni ko’paytirish jarayonidir. M.Sharifxodjaev (1932-2008).
Boshqacha so’z bilan aytganda, menejment ‑ bu tashkiliy maqsadlarga moddiy va nomoddiy resurslarni rejalashtirish, tashkil etish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish orqali samarali yo’l bilan erishish san’atidir. Shu nuqtai nazardan boshqaruv - bu o’ziga xos yuksak san’at va mahoratni talab qiluvchi tanlov, shu tanlov asosida qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilish.
Yuqorida berilgan ta’riflarni tahlil qilgan holda menejmentning quyidagi xususiyatlarini ajratib ko’rsatishimiz mumkin:

1.Menejment–bu uzluksiz jarayondir.Boshqaruv jarayoni korxonalarni muvafaqqiyatga erishishida zarur bo’lgan resurslarni ta’minlash uchun resurslarni rejalashtirish, tashkil etish, amalga oshirish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish funksiyalaridan iborat. Yagona funksiyaning o’zi qo’yilgan maqsadga erishishda etarli bo’lmaydi. Shuning uchun menejment yuqoridagi funksiyalarni uzluksizligidan iborat bo’ladi.

Download 234.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling