1-Mavzu. Menejment fanining predmeti, obyekti va metodi Menejment


Menejment san’at turimi yoki ilm sohasi?


Download 234.75 Kb.
bet4/17
Sana10.10.2023
Hajmi234.75 Kb.
#1696845
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
1-Mavzu. Tr

Menejment san’at turimi yoki ilm sohasi?
Menejment –bu ham san’at, ham ilm sohasidir. Menejment ma’lum bir shaxs tomonidan boshqaruv mahoratiga egalik nuqtai nazaridan san’atdir. Menejment bu ilm sohasi chunki, unda jamoa va guruhlar faoliyatini muvofiqlashtirish uchun aloqador bo’lgan boshqaruvning aniq qonun va tamoyillari takomillashtirib boriladi.
Menejmentga ma’lum boshqaruv sa’y-harakatlarining majmui sifatida qaralsa, uning mazmuni quyidagicha talqin etilishi mumkin: menejment formal tashkilotlar faoliyatini uyushtirish va rivojlantirishda muhim ahamiyatga molik ijtimoiy faoliyat turidir. Ushbu faoliyat sohasida erishilgan yuksak malaka va mahorat, hech shubhasiz, san’at darajasidagi yutuq sifatida e’tirof etilishi mumkin. Menejment san’at turi sifatida talqin etilsa-da, bu sohada yuksak mahoratga ega bo’lish uchun mazkur faoliyat turiga asos bo’lguvchi konseptual g’oyalar, nazariy tamoyillarni puxta o’zlashtirish va ish uslubiyatini amaliy jihatdan doimiy ravishda takomillashtirish zarur.
Menejmentni san’at turi deb e’tirof etish uchun asos bo’luvchi g’oyalar
Tashkilotlar – ijtimoiy-texnik jihatdan murakkab sanalgan tizimlar. Ularning faoliyatiga ichki va tashqi muhitning bir qator omillari o’z ta’sirini o’tkazadi.
Tashkilotlarda faoliyat yurituvchi insonlar eng muhim tashkiliy omil hisoblanadi. Bu omilning ahamiyatini o’rinli va to’g’ri e’tirof etish uchun masalaga ilmiy yondashuvdan tashqari aniq vaziyatlarda undan foydalana olish mahoratini rivojlantirish ham lozim bo’ladi.
Ko’pchilik mutaxassislarning fikriga ko’ra, boshqaruv alohida iste’dod va tajriba talab etadi.
Menejmentning ilm sohasi deb e’tirof etilishi behuda emas. Bunday nuqtai nazarning paydo bo’lishiga boshqaruvchilik amaliyoti jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Menejment sohasida to’plangan boy tajriba umumlashtirilib, alohida fan uchun asos qilib olinadi. Bu sohaning o’ziga xos muammolari va ularning yechimini izlash uslubiyati mavjud. Menejment fanining nazariy asosini bir necha yuz yillar davomida to’plangan amaliy tajriba natijalari tashkil etadi, ularni nazariy jihatdan asoslab, turli xil konsepsiyalar, nazariy g’oyalar, ish tamoyillari va uslublari ishlab chiqilgan. Ammo alohida fan sohasi sifatida menejment XIX asrga kelib, shakllana boshladi.
Vazifalar:
boshqaruv faoliyatining mazmuni va tabiatini izohlab berish;
boshqaruv sohasida ro’y beradigan voqealar, holatlar, aloqa va munosabatlar o’rtasida sabab-oqibat munosabatlarining o’rnatilishini izohlab berish;
tashkilotga kiruvchi insonlarning umumiy mehnat faoliyati ham foydali, ham samarali bo’lishi uchun muhim sanalgan omillar va shart-sharoitlarni aniqlash;
joriy faoliyatni o’z vaqtida va o’rinli boshqarishga erishish;
voqealar rivojini oldindan ko’ra bilish va shunga ko’ra tashkilot faoliyatining strategiyasi hamda siyosatini ishlab chiqish.

Download 234.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling