1-Mavzu: Metall konstruksiyalarini loyihalash asoslari haqida umumiy tushuncha. Maqsadi va vazifalari. Reja
Prokat to‘sinlarni hisoblash tartibi
Download 2.27 Mb.
|
Маърузалар
- Bu sahifa navigatsiya:
- Alohida elementlardan tayyorlangan to‘sinlarning hisobi
Prokat to‘sinlarni hisoblash tartibi
Tanlab olingan to‘sin yuk ko‘tarish qobiliyatiga, bikirlikga va ustivorlikga ega bo‘lishi shart. Dastlab to‘sinning hisobiy sxemasi aniqlanadi ta’sir qilayotgan tashqi yuklardan hosil bo‘luvchi maksimal eguvchi moment topiladi. (17.8) Rasm 16.3. Eguvchi moment epyurasi Hisoblayotgan to‘sin uchun talab etilgan qarshilik momenti aniqlanadi. material elastik holatida ishlaganda (17.9) yoki material elastik - plastik holatda ishlaganda Qo‘shtavr yoki shveller sortamentidan yuza tanlab olinadi qarshilik momenti teng yoki ko‘proq talab qilingan qarshilik momentidan va tanlab olingan kesim yuzani hamma geometrik tavsifnomalari ko‘chirib olinadi: Ix; Sx; Wx; tw; q; Tanlab olingan yuzani mustahkamligi tekshiriladi: (17.10) (17.11) farqi , va bikirligi ham tekshiriladi. (17.12) Alohida elementlardan tayyorlangan to‘sinlarning hisobi Tayyorlangan to‘sin mustahkam, etarli darajada bikirligiga ega, umumiy va alohida elementlarni turg‘unligi ta’minlangan bo‘lishi kerak va shu to‘sinni tayyorlash arzonga tushishi kerak. Samarali yuza topish uchun birinchi navbatda to‘sinni kesim yuzasini balandligi aniqlanadi. To‘sinning balandligini belgilashdan oldin uning ikkita qiymati aniqlanadi: hmin – minimal balandligi, hopt – tejamli balandligi. To‘sinni eng kichik balandligi uni bikirligi ta’minlanishi e’tiborga olgan holda aniqlanadi. Ma’lumki, qo‘zg‘aluvchi sharnirli tayanchga ega bo‘lgan to‘sin uchun nisbiy egilishi quyidagicha aniqlanadi: (17.13) Tenglamaga qiymatni va qo‘yib SHart bajarilishini hisobga olsak, u holda quyidagi ifoda kelib chiqadi: (17.14) bundan (17.15) To‘sinning samarali balandligini aniqlash iqtisodiy mulohazalarga asoslangan. To‘sinning og‘irligi, asosan uning tokchalari va devorchasining og‘irligidan iborat bo‘lib, bu og‘irliklar bir-biriga teskari munosabatdadir, ya’ni birining oshishi bilan ikkinchisi kamayib boradi. Rasm 17.4. Bosh to‘sin kesim yuzasi To‘sinni yuk ko‘tarish qobiliyati eguvchi kuchlar ta’sir etayotganda uni qarshilik momenti bilan xarakterlanadi. Simmetrik qo‘shtavrli yuza uchun qarshilik momentini quyidagicha yoziladi. Hisobni soddalashtirish uchun: (17.16) To‘sinni umumiy kesim yuzasi: (17.17) Af – tokchasini kesim yuzasi, Aw - devorini kesim yuzasi. (17.18) (17.19) devorni egiluvchanligi (17.20) Bu tenglamadan to‘sinning umumiy kesim yuzasini aniqlaymiz: (17.21) bundan optimal kesim yuzani topamiz: (17.22) yoki (17.23) Samarali balandlikni aniqlash uchun to‘sin devorchasining egiluvchanligi «K»ni yoki devorchaning qalinligini «tw» bilishi kerak K100200 Devor qalinligini empirik formuladan foydalanib aniqlash mumkin 1000 mm, tw ≥8 mm. (17.24) Samarali va eng kichik balandliklar qiymati aniqlangandan keyin to‘sinning loyihaviy balandligi o‘rnatiladi. To‘sin kesim yuzasini balandligi va devori qalinligi ma’lum bo‘lgandan so‘ng, tokchalarning kesim yuzasini aniqlash lozim. Buning uchun qarshilik moment tenglamasini yozamiz (17.25) va bundan tokchalar yuzasi aniqlanib, varaqsimon prokatidan mos keladigan yuza tanlab olinadi (17.26) YUzani tanlab olishda tokchaning kengligi va qalinligi orasidagi nisbat loyixaviy talablariga javob berishi kerak. To‘sinning umumiy turg‘unligi ta’minlanishi tokchaning kengligini to‘sinning kesim yuzasini balandligi nisbatiga ham bog‘liq. (17.27) Siqilishga ishlayotgan tokcha normal kuchlanishlar ta’siri ostida o‘z turg‘unligini yo‘qotmasligi uchun nisbatni qoniqtirishi kerak. Tokchaning kengligi har qanday xolda ham 200mm dan kichik bo‘lmasligi kerak. Tokchaning qalinligi 8 ….40mm atrofida bo‘lishi kerak, lekin bu qalinlik oralikda bo‘lishi lozim. Tokcha kengligi va qalinligini universal po‘latlarga taalluqli GOSTga muvofiq ravishda tanlash kerak. Qabul qilingan kesim yuzaning geometrik tavsiflari aniqlanadi; (17.28) (17.29) (17.30) To‘sin mustahkamlikka va bikirlikka tekshiriladi (17.31) (17.32) (17.33) Download 2.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling