1-mavzu: Metalmas materiallar va ularning qo’llanilishi. Metal va metalmas materiallar haqida umumiy ma’lumot


Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati


Download 439.5 Kb.
bet4/22
Sana11.03.2023
Hajmi439.5 Kb.
#1258880
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Metalmas materiallar va ularning qo

Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati
Asosiy adabiyotlar
1. I.Nosirov. Materialshunoslik.-T.: « 0 ‘zbekiston» 2002.
2. V.A.Mirboboyev. Konstruksion materiallar texnologiyasi.-Т.:«0‘qituvchi» 2004.
3. A.S.Iskandarov. Materiallami kesib ishlash, kesuvchi asboblar va stanoklar.- T.: «Fan va texnologiya» 2004.
Qo‘shimcha adabiyotlar
1. S.A.Rasulov, V.A.Grachev. Quymakorlik metallurgiyasi -Т.:«0‘qituvchi» 2004.
2. K.V.Usmonov. Metall kesish asoslari.-T.: «0 ‘qituvchi» 2004.
3. William F.Smith, Javad Hashemi Foundations of materials science and Engineering, 2013
Elektron ta ’lim resurslari
1. www.tdpu.uz
2. www.zivonet.uz
3. www.edu.uz
2-MAVZU:Metal va metalmas materiallardan tayyorlanadigan hom ashyolar
Reja

  1. Konstruksion materiallar

  2. Turli materiallardan tayyorlangan idishlarning afzalliklari va kamchiliklari

  3. Oʻtga chidamli materiallar 

Konstruksion materiallar — kuch qabul qiladigan, nagroʻzka tu-shadigan, konstruksiya detallari tayyorlanadigan, fizik, mexaniq va kimyoviy xossalari yaxshi boʻladigan materiallar. Metall, metallmas va kompozitsion, kuymabop xillari bor. Metall Konstruksion materiallar ichida poʻlat eng keng tarqalgan; boʻlardan tashqari choʻyan, alyuminiy qotishmalari, berilliy qotishmalari, volfram qotishmalari, magniy qotishmalari, titan qotishmalari, xrom qotishmalari va boshqa ham Konstruksion materiallarga taalluqli. Texnologik alomatlari boʻyicha, deformatsiyalab (prokatlab, presslab, shtamplab) olinadigan, quyib, payvandlab, pishirib, yelimlab tayyorlanadigan materiallarga; ishlatilish sharoitiga koʻra, normal, past va yuqori temperaturalarda ishlatiladigan (olovbardosh qotishmalar, olovbardosh beton) materiallarga; strukturasiga koʻra, ferritli, austenitli poʻlatlar; mustahkamlash turiga koʻra, toblanadigan, yaxshilanadigan, dispersli-mustahkamlanadigan (qiyin eriydigan dispers zarrali), eskirtiriladigan, mustahkamlik koʻrsatkichi boʻyicha (mustahkamligi yuqori poʻlat va choʻyanlar) turlarga boʻlinadi. Konstruksion materiallarning mexaniq xossalari (konstruksiyasi mustahkamligi, oʻtga chidamliligi, qovushoqligi, olovbardoshligi, korroziyaga chidamliligi va boshqalar) ularning sifat koʻrsatkichlarini belgilaydi. Metall Konstruksion materiallar ga termik ishlov berib, ularning plastikligi oshiriladi. Katta nagruzkada ishlaydigan detallar qayta eritilgan poʻlatlardan tayyorlanadi. Mashinasozlikda tirsakli val, tishli gʻildiraklar va 1200° gacha temperaturada ishlovchi detallar tayyorlashda choʻyan keng qoʻllaniladi. Nikelli va kobaltli krtishmalar 1000— 1100° gacha temperaturada mustahkamligini saqlaydi; ular aviatsiya va raketa dvigatellari tayyorlashda, alyuminiy qotishmalari (mustahkamligi 550—750 Mn/m2) samolyot, vertolyot, raketa korpuslarini tayyorlashda qoʻllaniladi. Titan krtishmalarining mustahkamligi 1600 Mn/m2 dan ortiq boʻlib, kompressor, aviatsiya dvigatellari, tibbiyot asboblari yasashda ishlatiladi.
Metallmas Konstruksion materiallar ga beton, oʻtga chidamli materiallar, plastmassalar, shisha, sopol, rezina va yogʻoch materiallar kiradi. Ular samolyotsozlik, raketasozlik, mashinasozlik, radiotexnika va kemasozlikda qoʻllaniladi. Kompozitsiyey Konstruksion materiallar: ip, sim, ipsimon kristallar, qiyin eriydigan birikma va boshqa

Download 439.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling