1-mavzu: Metalmas materiallar va ularning qo’llanilishi. Metal va metalmas materiallar haqida umumiy ma’lumot
Download 439.5 Kb.
|
Metalmas materiallar va ularning qo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Polim erlar va kompozit m ateriallarning tuzilishi
Kompozitsion materiallar -oʻzaro uncha taʼsirlashmaydigan, kimyoviy jihatdan har xil boʻlmagan komponent (aralashma) larning hajmiy birikishidan hosil boʻladigan va komponentlar bir-biridan aniq chegara bilan ajralib turadigan materiallar. Har qaysi komponentning eng yaxshi xossalari (mustahkamligi, yeyilishga chidamliligi va boshqalar)ni oʻzida mujassamlashtirganligi uchun Kompozitsion materiallar ularning hech biriga xos boʻlmagan koʻrsatkichlar bilan ifodalanadi. Odatda, Kompozitsion materiallar plastik (metall yoki nemetall — anorganik yoki organik) asos yoki matritsa hamda qoʻshilmalar: metall kukunlari, tolalar, ipsimon kristallar, yupka payraha, gazlama va boshqalardan iborat boʻladi. Kompozitsion materiallar turlari: tolali (tolalar yoki ipsimon kristallar bilan mustahkamlangan); dispersion-zichlangan (dispers zarralar bilan mustahkamlangan) va qatlamli (turli xil materiallarni presslab yoki prokatlab olingan).
Kompozitsion materiallar tayyorlashning muhim texnologik usullari: armaturalovchi (mustahkamlovchi) tolalarga matritsa materiali shimdirish; mustahkamlagich va matritsa lentalariga press-qolipda shakl berish; komponentlarni sovuqlayin presslab, keyin qovushtirish; mustahkamlagichga matritsani purkab, keyin qisish; komponentlarning koʻp qatlamli lentalarini diffuziya usulida payvandlash; armaturalovchi elementlarni matritsa bilan birga prokatkalash va h.k. Kompozitsion materiallar aviatsiya, kosmonavtika, raketasozlik, avtomobil sanoati, mashinasozlik, kon-ruda sanoati, qurilish, kimyo sanoati, toʻqimachilik, qishloq xoʻjaligi, uy-roʻzgʻor texnikasi, radiotexnika, energetika, quvur ishlab chiqarishda va boshqa tarmoqlarda qoʻllaniladi. Polim erlar va kompozit m ateriallarning tuzilishi Polim erlar va ular asosidagi kompozit materiallar alohida sinfga, y a ’ni moddalaming maxsus holatiga kiradiki, u Softmetter - yum shoq materiya nomini olgan. M oddaning bu turiga odatda polimerlami, kolloidlarni. suyuq kristallam i quyuq aralashma va hokazolarni kiritiladi. Ularning “odatdagi” qattiq jism lardan farqi shundaki, agar am orf yoki kristall qattiq jism - larni tashkil etgan atom yoki molekulalarning o ’zaro kvant bog’ bilan bog'langan ta'sirlashuv energiyasi, issiqlik energiyasidan ancha yuqori bo’Isa U » kT , yum shoq materiyalarda (softmetter) u U~kT bo’ladi. Polim erlar uchun m akrom olekulalar o ’zaro ta ’sir energiyasi - bu zanjirlararo ta ’sir energiyasidir. Buning natijasi sifatida shu narsa yuzaga keladiki, molekulalarni bog’lovchi kuch kichik va m olekulalar ham da mezoskopik strukturalar (oraliq tuzilishidagi o ’zgarishlar dinamikasini ko’rsatuvchi holat) konfiguratsiyasi tashqi kuchlar ta’sirida oson o’zgaradi. Shunday qilib, Soft-metter materiallarining xarakterli xususiyatlaridan biri, ulardagi sensorlik (sezuvchanlik) xususiyatining mavjudligidir. Polimer lam ing o ’zi uchun xarakterli tom onlar quyidagilar hisoblanadi. • M olekulalararo ta ’sirning kuchsizligi; • B og’lanish turlarining xilma-xilligi; • M olekula shakli va o ’lchamlarining keng oraliqlarda bo’la olishi; • Xilma-xil tuzilish (stmktura) turlarining ko’pligi; • M olekula koordinatasi va konformatsiyasining fluktuatsiyasi; • Erituvchilar, to ’ldiruvchilar, suyultimvchilarning mavjudligi; • Zanjirlanishni borligi; • Erkinlik darajasining ko’pligi; • Arxitekturasining nomutanosibligi (strukturasi turlicha masshtab darajasida). Odatiy materiallarda birjinssizlik atom o ’lchamlarida yuzaga kelib, ulardagi fizik jarayonlar kvant-m exanik tabiatga ega. Sun’iy yaratilgan muhit-polimerli KM haqida gapirilganda, oddiy moddalami aralashmasidan tashkil topgan va regulyar yoki tasodifiy tartiblanmagan strukturani k o ’zda tutiladi. Asosiy e ’tibor shunday ikkilamchi birjinssizliklar bilan bog’langan hodisalarga qaratiladi. Bu shuni bildiradiki, sun’iy yaratilgan m uhitni birjinssizlik masshtablari shunchalik kattaki, uning har bir nuqtasida moddaga xos odatiy lokal (mahalliy) holdagi material tenglam a - shu nuqta atrofini to ’ldirib turgan hajmdagi modda uchun bajarilishi kerak. B a’zan, olingan k o ’plab natijalar material param etrlarini asta sekin o ’zgarishi uchun o ’rinli b o ’lsada, kom pozit materialni sodda modeli, to ’ldim vchi kiritilgan matritsa m odelini ko’zda tutadi. Download 439.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling