1-mavzu. Milliy G’oya : O`zbekistonni rivojlantirish strategiyasi faning predmeti, maqsadI va vazifalari


Download 88.75 Kb.
bet2/3
Sana23.05.2020
Hajmi88.75 Kb.
#109396
1   2   3
Bog'liq
1-МАВЗУ

Milliy g’oyaning bosh maqsadi.


.“G’oya” tushunchasi ma’lumki, inson o’zinnig aql-zakovati iymon-e’tiqodi va ijodiy mehnati bilan boshqa barcha tirik jonzotlardan farq qiladi. Falsafaning azaliy qoidalaridan biri – til va tafakkur birligidir – Tilning eng birlamchi mahsuli so’z bo’lgani kabi, tafakkurning dastlabki shakli tushunchadir.

Mafkura esa muayyan ijtimoiy guruh, ijtimoiy qatlam, millat, davlat, xalq va jamiyatning ehtiyojlari, maqsad va muddaolari,orzu intilishlari hamda ularni amalga oshirish tamoyillarini o’zida mujassam etadigan g’oyalar tuzilishidir.

Inson tafakkur voqelikni idrok etish mobaynida turli fikrlar, qarashlar, g’oyalar va ta’limotlar yaratadi. Lekin tafakkur yaratgan har qanday fikr yoki qarash, mulohaza yoki nuqtai nazar g’oya bo’la olmaydi. Faqat eng kuchli, ta’sirchan, zalvorli fikrlargina g’oya bo’la olishi mumkin.

Ilmiy adabiyotlarda “g’oya”, “mafkura”, “ideya” va “ideologiya” tushunchalari ishlatilmoqda. Ideya va ideologiya ko’proq G’arb davlatlarida hamda rus tilidagi manbalarda uchraydi. Ideya iborasi on yunon tilidagi idea so’zidan olingan, u ideologiya so’zining o’zagi bo’lib hisoblanadi va tushuncha yoxud fikr ma’nosini anglatadi.

Ideologiya (Idea - g’oya, tushuncha, logia – ta’limot) atamasi esa g’oyalar to’g’risidagi ta’limotni anglatadi va ikki xil ma’noda ishlatiladi:

- G’oyalarning mohiyat-mazmuni shakllanishi, ahamiyati to’g’risidagi bilimlarni ifodalaydi va ilmiy soha bo’lib hisoblanadi.

- Muayyan g’oyani amalga oshirish, maqsadga yetish usullari, vositalari, omillari tizimini anglatadi.

G’oyalarning oddiy fikrlardan farqi yana shundaki ular garchi tafakkur paydo bo’lsada , inson ruhiyatiga,xatto tub qatlamlariga ham singib boradi. G’oya shunday harakatga keltiruvchi maqsad sari yetaklovchi ruhiy-aqliy kuchga aylanadi.

Tafakkurning mahsuli sifatida g’oya tevarak olamni o’rganish, bilig jarayonida vujudga keladi. Ijtimoiy ongning barcha shakllar –ilm – fan, din, falsafa, san’at va badiy adabiyot, axloq, siyosat va huquq – muayyan bir g’oyalarni yaratadi, ularga tayanadi va ularni rivojlantiradi. Ma’lum ma’noda aytish mumkinki, har bir ong sohasining o’z g’oyalari mavjud bo’ladi.

Mazmuni va namoyon bo’lish shakliga qarab, g’oyalarni bir qancha turlarga ajratish mumkin.

- Ilmiy g’oyalar;

- Falsafiy g’oyalar;

- Diniy g’oyalar;

- Badiiy g’oyalar;

- Ijtimoiy – siyosiy g’oyalar;

- Milliy g’oyalar;

- Umuminsoniy g’oyalar va hokazo.

Xullas, insoniyat tarixi xilma-xil va mafkuralarining vujudga kelishi, amaliyoti bir – biri bilan munosabatidan iborat uzluksiz jarayondir.

Milliy g’oya. Milliy istiqlol g’oyasi O’zbekistonda yashovchi barcha millat va elat vakillarining tub manfaatlarini, xalqimizning asrlar mobanyida intilib kelgan orzu-ideallarini, olijanob maqsad muddaolarini o’zida mujassam etadi. SHunday ekan milliy g’oyaning o’zi nima?

Milliy g’oya – millatning o’tmishi, buguni va istiqbolini o’zida mujassamlashtirgan, uning tub manfaatlari va maqsadarini ifodalab, taraqqiyotga xizmat qiladigan ijtiomiy g’oya hisoblanadi.

Millat g’oya o’z mohiyatiga ko’ra, xalq millat taqdiriga daxldor bo’lgan, qisqa yoki uzoq muddatda hal etilishi kerak bo’lgan, qisqa yoki uzoq muddatda hal etilishi kerak.

U yoki bu g’oyaning illiy g’oya sifatida maydonga chiqishi millatning o’tmishi, mavjud holati bilan bevosita bog’liqdir. Zero, ana shu ikki negizga tayangan hodagina u millatning qisqa yoki uzoq vaqtda erishishi lozim bo’lgan maqsad – muddaolari va mo’ljallarini to’g’ri ifodalay olishi mumkin. Tom ma’noda milliy g’oya oxir oqibat ozmi-ko’pmi insoniyat taqdirligicha ta’sir qiladi. SHu ma’noda, har qanday milliy g’oyada umuminsoniy mohiyat mavjud bo’ladi. Ammo aniq bir millat yoki umidman insoniyat uchun ahamiyatni bo’lgan g’yaolar ham bor. Aytaylik, “Milliy yarash” g’oyasi fuqarolar urush ketayotgan davlat uchun hayotiy mazmunga ega bo’lsa, “Manfaatli hamkorlik” g’oyasi dunyoning barcha mamlakatlari uchun birdek ahamiyatlidir. Har bir xalq o’z tarixinnig burilish nuqtalarida, avval mafkura masalasini ,uning o’zlarini tashkil etadigan,o’ziga xos o’q, birlashtiruvchi yadro vazifasini o’taydigan ijtimoiy g’oyani shakllantirish muammosini hal qiladi.

Har qanday mafkura muayyan maqsadlarga xizmat qiladi, bu yo’lda xilma-xil vazifalarni bajaradi. Ma’lumki, mafkuraning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilarda namayon bo’ladi:

- odamlarni muayyan g’oyaga ishontirish;

- shu g’oyani atrofida uyushtirish;

- kishilarni ma’naviy – ruxiy jihatdan rag’batlantirish;

- g’oyaviy tarbiyalash;

- g’oyaviy immunitetni shakllantirish;

- harakat dasturi bo’lish.

Malakatimiz uchun milliy g’oya haqidagi masalaning bugungi amaliy ahamiyati shundaki, biz o’tish davrini boshdan kechirmoqdamiz. Aynan shunday paytda aholining turli qatlamlari manfaatlarini himoya qiluvchi mafkuralarning shakllanishiga sharoit tuzilishi mumkin.

regulyativ kommunikativ

tarbiyaviy

bilish g’oyaviy bandlik

normativ qadriyatli himoya

safarbar etish, yo’naltirish

Qadimgi xoqonardan birinnig yurtiga qo’shni podshodan elchi kelibdi. U shunday debdi: “shohimizning amri shuki, agar hoqon o’zining eng sevimli tulporini bizga in’om qilmasa, yurtinigga urush e’lon qilamiz”. Elchining bu gaplarini vazir xoqonga yetkazibdi. Xoqon, mayli yurtimning tinchligi uchun sevimli tulporimdan voz kecha qolay, deb tulporni berib yuboringlar, deya buyruq qilibdi. SHu tariqa yurtning tinchligi va osoyishtaligi bir oz vaqt saqlanib qolibdi. Bir muncha vaqtdan so’ng o’sha podshodan yana elchi kelibdi va bu safar haqonning sevimli kanizagini talab qilibdi. Hoqon yurt tinchligi yo’lida kanizagini ham xadya qilib yuboribdi. Uchinchi safar yana elchi kelibdi. Uning muddaosini vazir hoqonga shunday bayon qilibdi: “SHohim, yurtimizning qarovsiz burchagida ozgina toshloq joy bor edi, bu safar qo’shni podsho o’sha yerni berishimizni talab qilmoqda. Keling, shu tashlandiq joyni berib yuboraylik, shu bilan xalqimizning tanchliginiyaa saqlab qolamiz.” Bu gapni eshitgan hoqon: “YO’q!” – debdi keskin: “Endi urush qilmasak bo’lmaydi. Tulpor va kanizak shaxsan menga tegishli edi, shu sababli ularni osonlikcha berib yubordim. Ammo Vatanimiz sarxadlarining har bir qarichida shu choqqacha o’tgan ota-bobolarimizning,biz bilan hozir yashayotgan vatandolarimizning va kelgusida tug’ilajak farzandlarimiz, nevara-chevaralarimizning haqqi bor. Ularning haqqini o’zgaga berib yuborishga hech birimizning haqqimiz yo’q. Vatanning har bir qarich yerini saqlab qolish uchun endi urushga boriimizga to’g’ri keladi. Xalqni safarbarlikka otlantur!” ko’rinib turibdiki har bir qarichni e’zozlash falsafasining ildizi mujassamdir.

Milliy mafkura jamiyatdagi barcha sosial qatlamlar va guruhlarning umumiy harakat dasturi, ularni faollikka da’vat etuvchi vosita hisoblanadi. Mafkuraviy maqsad – g’oyaviy faoliyatni amalga oshirishdan qutiladigan ideal natijasidir. Maqsadni aniq-ravshan idrok etish inson va jamiyat faoliyatiga izchillik, sobitqadamlik va faollik bag’ishlaydi. Milliy istiqlol mafkurasining oliy maqsadi – Vatanimiz ravnaqi, yurtimiz tinchligi va xalq farovonligi g’oyalariga tayangan holda xalqimizni mustaqillikni mustahkamlash, O’zbeksitonning buyuk kelajagini yaratishga safarbar etishdir.

Istiqlol g’oyasining xalqimiz qalbiga yo’l topishi, mamlakatdagi mavjud buyuk intelektual salohiyatni Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligiga erishish uchun safarbaar etish milliy mafkura oldiga qo’yiladigan asosiy maqsaddir. SHuni ham inobatga olish zarurki, xalqni faqat olijanob va ilg’or g’oyalargina emas, balki Vatan mustaqilligi va hududiy yaxlitligini xavf otida qoldiradigan turli ko’rinishlardagi mafkuraviy tazyiqlarga qarshilik ko’rsatish zaruriyati ham jipslashtiradi. Milliy istiqlol mafkurasi, bir tomondan, O’zbekiston zaminida kelajagi buyuk, farovon jamiyat barpo etish uchun xalqimiz kuch-quvvatini jipslashtirishni, xalq irodasini bunyodkorlik ishlariga safarbar etishni, ikkinchi tomondan esa, milliy mustaqilligimizni jiddiy xavf solayotgan fkuraviy tahdidlarga zarba bera oladigan mard, jasur, vatanprvar avlodni tarbiyalashni ko’zda tutadi.

Gup shundaki, mamlakatimizning bunday keyingi rivojlanish istiqbollarni ko’p jihatdan xalqimiz irodasini milliy mafkura atrofida nechog’li jipslashtirishga, xalqimizning vatanparvarlik, insonparvarlik, taraqqiyoparvarlik fazilatlarini yanada rivojlantirishga bog’liq. Prezident Islom Kariov ta’kidlaganidek, “endilikda yadro maydonlarida emas, mafkura maydonlarida bo’layotgan kurashlar ko’p narsani hal qiladi”. Jahonni mafkuraviy jihatdan bo’lib olish uchun tinimsiz harakat qilinayotgan hozirgi sharoitla faqat kuchli milliy mafkuragina jamiyatni ana shunday tazyiqlardan muhofaza qila oladi.

Hozirgi paytda kimning g’oyasi kuchli, fikri tiniq, mafkurasi hayotiy bo’lsa – o’sha g’alaba qozonadi. Bu – insoniyatning XX asr tarixidan kelib chiqadigan muhim xulosalardan biridir. Milliy istiqlol mafkurasi xalqning tub manfaatlari va maqsadlarini o’zida ifoda etadi, jamiyat a’zolarini shu maqsad atrofida jipslashtiradi.

O’zbekiston xalqining tub manfaatlari: mamlakat mustaqilligi, yurt tinchligi, millatlararo totuvlik, fuqarolar o’rtasida o’zaro hamkorlik, mamlakat aholisi va har bir oila, mahalla-ko’yning faroovnligini ta’minlashdan iboratdir.

Milliy mafkurada xalqimizning umumiy manfaatlari, orzu-umidlari maqsad va intilishlari o’z aksini topadi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadini shunday belgilaydi: “Xalqni buyuk kelajak va ulug’vor maqsadlar sari birlashtirish, mamlakatimizda yashaydigan, millati, tili va dinidan qat’iy nazar, har bir fuqaro yagona Vatan baxt-saodati uchun doiml ma’suliyat sezib yashashga chorlash, ajdodlarimizning bebaho merosi, milliy qadriyat va an’analarimizning bebaho merosi, milliy qadriyat va an’analarimizga munosib bo’lishga erishish, yuksak fazilatli va komil insonlarni tarbiyalash, ularni yaratuvchanlik ishlariga da’vat qilish, shu muqaddas zamin uchun fidoyilikni hyot mezoniga aylantirish – milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadidir. SHu bilan birga men milliy istiqlol g’oyasi bugungi tez sur’atlar bilan o’zgarayotgan tahlikali dunyoda o’zligimizni anglash, bizning kimligimizni, qanday buyuk ajdodlarning merosgia, necha ming yillik tarix, betakror madaniyat va qadriyatlarga ega ekanligimizni his etib yashashga, bu boylikni asrab-avaylab, demokratik qadriyatlar, butun jahon taraqqiyoti yutuqlari bilan oziqlantirib, yangi o’sib kelayotgan avlodga yetkazishga xizmat qilmog’i zarur, deb bilaman”[1]Milliy g’oyaning asosiy vazifalari. Unda bosh maqsadga erishishning vosita va usullari, yo’llari aniqlanadi.

SHu ma’noda, odamlarimizda mustaqil dunyoqarash va erkin tafakkurni shakllantiri – milliy istiqlol mafkurasinng asoosiy vazifalaridan biridir. Milliy mustaqillik – buyuk ne’mat, ya’ni o’z taqdiringni o’zing belgilash, o’z yurtingga egalik qilish, ajdodlar an’anasini davom ettirish, jahon hamjamiyatida o’zingga munosib o’rin egallash uchun noyob imkoniyatdir. Mustabid tuzum xalqlarning milliy mustaqillikka, erkin fikrlashga bo’lgan intilishini bo’g’ar eli, uni mutelik, itoatkorlikda ushlab turishga zo’r berar edi. U mohiyatan g’ayriinsoniy va inson tabiatiga zid edi. SHu boisdan ham uning mafkurasi muqarrar ravishda inqirozga yuz tutdi. Milliy mustaqillik yillarida Prezident Islom Karimov tashabbusi bila milliy qadriyatlarimizni tiklash, tarixmiz chuqurroq o’rganish, undan saboq olishga alohida e’tibor berilishi bejiz emas. CHunki mustaqillikning qadr-qimmatini teran his etish uchun, avvalo, tarixni bilmoq, xalqimiz boshiga tushgan sinovlarni, mustamlakalik asoratlarini, xo’rliklarini yurakdan his etmoq, ozodlik uchun kurash yo’lidagi ulug’ ajdodlarimiz jasoratidan voqif bo’lmoq zarur. Zero, “Tarixni bilmay turib, mafkuraning falsafiy negizlarini anglab bo’lmaydi. CHunki mafkuraning falsafiy asoslari o’z davrida tarixiy haqiqat tufayli tug’ilgan”[2]Milliy mafkura o’zining tub mohiyatiga ko’ra Vatanimiz ozodligi va mustaqilligini mutahkamlashni, Vatan ravnaqi, el-yurt tinchligi, xalq faolvonligini ta’minlashni ko’zda tutadi. Bunday ulug’vor vazifani bajarish har bir fuqarodan erkin fikrlash, Vatan taqdiri, istiqboli uchun ma’sullikni his qilishn talab etadi. Erkinlik bo’lmagan joyda ma’suliyatsizlik, loqaydlik vujudga keladi. Milliy mustaqililk xalqimizga ana shunday erkin fikrlash imkonini berdi. Erkin tafakkursiz milliy istiqlol mafkurasining shakllanishini xatto tasavvur ham etib bo’lmaydi. Istiqlol mafkurasi erkin tafakkurga tayanadi, u demokratik jaiyat hayotining muhim qonuniyati, milliy mafkurani yaratish, himoya qilish va takomillashtirishning zarur shartidir. Erkin tafakkur shaxs faolligini oshiradi, uni bunyodkorlik ishlariga ilhomlashtiradi.

Mafkura jamiyatimizda ilg’or g’oyalar ustuvorlik qiladigan sog’lom ijtimoiy muhitni yaratishga yordam beradi. Demokratik qadriyatlarning keng rivojlanishi qarashlar xilma-xilligi va fikrlar arng-barangligi (plyuralizm)ning qaror topishiga olib keladi. Kishilar ruhan yuksaklikka, yana ham baxtli va farovonroq hayot kechirishiga intiladilar. Bunday hayotga erishishning turli vosita va yo’llari mavjud bo’lib, u turli g’oyalarda o’z ifodasini topadi. G’oyalar ilmiy-nazariy yoki diniy asosga ega bo’ladi. Demokratik jamiyat aql va tafakkur poydevori ustida qad ko’taradi, dunyoviy ilm-fan va texnika jamiyat taraqqiyotining asosi hisoblanadi. Ijtimoiy hayot tobora intellektuallashib borayotgan, ilmiy tafakkur insonit ma’naviyatining ustuvor yo’nalishiga aylanayotgan hozirgi sharoitda ko’proq ilmiy-nazariy asosga ega bo’lgan ilg’or g’oyalar ustunlik qiladi.

YAngicha fikrlaydigan, mutelik tuyg’usidan xoli bo’lgan ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash istiqlol mafkurasining muhim vazifasidir. Ijtimoiy hayot o’rtaga qo’yayotgan muammolar ijodiy fikrlaydigan, tashabbuskor va yuksak ma’naviyatli inson shaxsiy shakllantirishni talab etayapti. Milliy mafkura davr talablari va xususiyatlarini yaqqol ifoda etgani uchun ham kishilar qalbiga tez yetib boradi va hayot dasturi bo’lib xizmat qiladi.

Milliy mafkura o’zida xalqimizning ezgu orzu-umidlari va hayotiy manfaatlarni ifoda etar ekan, bu maqsadlarga erishishning zarur sharti sifatida barkamol inson shaxsini shakllantirishga alohida e’tibor beradi. CHunki ma’naviy barkamol kishilargina shaxsiy va umummilliy manfaatlar uyg’unligini teran anglaydi. Vatan ozod bo’lmasa, ashxs ozod bo’la olmasligini tushunadi.

Mamlakatimiz ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar barkamol inson shaxisni shakllantirishga qaratilgan bo’lib, xalqimizning milliy manfaatlariga, ezgu maqsadlariga to’la mos keladi.

Fanni o’rganish zaruriyati. Insoniyat tarixiy taraqqiyotining sivilizatsiyalashgan davri biron-bir jamiyatning ezgu g’oyalar va mafkurasiz rivojlana olmasligini tasdiqlab kelmoqda. O’zbekiston o’z milliy mustaqilligini qo’lga kiritgach Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan o’zbek xalqi o’z oldiga ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish kabi maqsadlarni qo’ydi. Ana shu maqsadni amalga oshirish, yurtimizda demokratik tamoyillarga asoslangan jamiyatni barpo etish ehtiyoji tug’ildi. Buning uchun bizga yot va begona g’oya tajovuziga qarshi tura oladigan, har tomonlama barkamol, komil insonlarni voyaga yetkazish, bu yo’lda g’oyaviy, mafkuraviy bo’shliq bo’lishiga yo’l qo’ymaslik, mamlakatimizning yuksak taraqqiyotini ta’minlash uchun milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishni taqozo etdi.

Mustaqillikning ilk yilidanoq mustabid «kommunistik g’oya»dan voz kechildi. O’zbekiston xalqi o’z milliy g’oyasi negizlariga tayangan holda rivojlanish yo’lini tanladi. Buning o’ziga xos sabablari mavjud bo’lib, ularni quyidagicha izohlash mumkin:

1. Mustaqillik tufayli mamlakatimiz xalqi o’ziga xos yo’lni tanlash huquqiga ega bo’ldi. Bu xalqimizning ma’naviy merosi, qadriyatlarini qayta tiklash imkoniyatini berdi.

2. «Mustabid» totalitar tuzum «kommunistik g’oya»si o’zbek xalqini ma’naviy merosi, urf-odatlari, qadriyatlari, ma’naviyatidan begonalash-tirish siyosatini olib bordi. Endilikda ana shu asoratlardan xalos bo’lish ehtiyoji paydo bo’ldi.

3. Har qanday davlat, jamiyat, xalq maqsadsiz yashay olmaydi. U rivojlanish uchun ma’naviy asoslarni belgilab olishi zarur. Bu maqsad xalqning milliy-ma’naviy g’oyalarida aks etgan bo’lib, milliy istiqlol g’oyani o’rganish zaruriyatga aylandi.

4. Jamiyat taraqqiyotida turli xil g’oyalar hukmronlik qilib kelgan bo’lib, g’oyaviy maqsadlar tufayli har xil salbiy oqibatlarni yuzaga keltirgan. Ana shu g’oya bilan g’oyaning, maqsad bilan maqsadning, fikr bilan fikrning farqini bilish uchun milliy istiqlol g’oyasini o’rganish lozim.

5. SHaxs, inson, ijtimoiy guruh, qatlam, xalq, millat, davlat maqsadi, orzu intilishi, qarashlari bir-biridan farq qilganidek, uning qanday maqsad va g’oya ekanligiga qarab baho beriladi.

6. Ayrim g’oyalar ma’lum bir millat, xalqning maqsad, intilishlarini hisobga olmasdan o’z g’oyalarini «singdirishga» urinadi, bunday yot yoki yovuz g’oyalardan ogoh bo’lish uchun milliy istiqlol g’oyasini o’rganmoq kerak.

7. Bugungi kunda dunyoda mafkuraviy kurash, inson ongi va qalbi uchun kurash ketar ekan, ayrim yot g’oyalar yoshlarni o’ziga rom qilib o’z shaxsiy manfaat yo’lida foydalanishga harakat qilayotganliklari boisdan ham milliy istiqlol g’oyasini o’rganish zaruriyatga aylandi. «Kelajagi buyuk davlat»ni barpo etish milliy istiqlol g’oyasini singdirish orqali amalga oshiriladi.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov bu borada: «Oldimizga qo’ygan olijanob maqsad-muddaolarimizga yetish, eski mafkuraviy asoratlardan batamom xalos bo’lish, g’oyaviy bo’shliq paydo bo’lishiga yo’l qo’ymaslik, begona va yot g’oyalarning hurujidan himoyalanish, bunday tajovuzlarga qarshi tura oladigan har tomonlama barkamol insonlarni voyaga yetkazish zarurati xalqimiz va jamiyatimiz manfaatlariga mos yangi mafkurani shakllantirishni taqozo etmoqda» (Karimov I.A. Asarlar. T.9. 220-bet) degan edi.



Milliy istiqlol g’oyasining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari birinchi birinchi Prezidentimiz Islom Karimov asarlarida asoslab berilgan ta’limotdir. Milliy istiqlol g’oyasining mazmuni quyidagilardan iborat:

  1. Tarixiy xotirani uyg’otish, o’tmishdan saboq chiqarish, o’zlikni anglash mezoni.

  2. Xalq maqsadlarini ifoda etib, jamiyat a’zolarini birlashtiruvchi g’oyaviy vazifani bajaradi.

  3. Millat, xalq va jamiyatni birlashtiruvchi kuch, yuksak ishonch e’tiborining manbaidir.

  4. O’zbekistonda yashovchi barcha xalq, millat, elat, ijtimoiy qatlam vakillariga birday taalluqlidir.

  5. Millat aholisi ongi va qalbida «O’zbekiston - yagona Vatan» degan tushunchani shakllantirishga xizmat qiladi.

  6. Turli millat, qatlam, uning vakillari, siyosiy partiya va ijtimoiy guruhlar mafkurasidan ustun turadigan yuksak fenomen - ijtimoiy hodisa mazmuniga egadir.

  7. Biron-bir dunyoqarashni mutloqlashtirmaslik yoki biron-bir kuch, partiya yoki guruh qo’lida siyosiy qurolga aylanmaslik.

  8. Har qanday ilg’or g’oyani singdirish va har qanday yovuz g’oyaga qarshi javob bera olish.

  9. Sub’ektivizm, valyuntorizm kabi illatlardan xoli va jamiyatimizning xolis fikriga tayanuvchi ob’ektiv mafkura bo’lish.

  10. So’z bilan ishni, nazariya bilan hayotni birlashtira olish1.

  11. Davr o’zgarishlariga qarab, o’zi ifodalaydigan g’oya, manfaat, muddaolarni amalga oshirishning yangi-yangi vositalaridan ijodiy foydalanish.

Milliy istiqlol g’oyasi ana shu qayd etilgan sifatlarga javob bergan taqdirdagina kutilayotgan maqsadlarga erishish mumkin. Ammo, milliy istiqlol g’oyasi o’z-o’zidan inson ongiga, tafakkuriga singib, ishonch va e’tiqodiga aylanib qolmaydi. Bunga har bir inson o’z hayoti davomida erishib boradi.

Milliy istiqlol g’oyasining mazmun-mohiyatini tushunchalari, shakllanish qonuniyatlari, namoyon bo’lish xususiyatlari, uni xalqimiz qalbiga singdirish yo’llari va usullari ushbu fanning mohiyatini belgilaydi. Uning tushuncha va kategoriyalari bir butun, yaxlit tizim shaklida namoyon bo’ladi. Milliy istiqlol g’oyasining fan sifatida e’tirof etilishi uning o’ziga xos predmeti, ob’ekti, maqsad va vazifalari mavjudligini anglatadi.



Birinchidan, boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar qatori «Milliy istiqlol g’oyasi» fanining ham muayyan bilimlar tizimi, o’ziga xos mavzulari, tushunchalari, qonun va kategoriyalari mavjud.

Ikkinchidan, uning boshqa fanlar qatori o’z predmeti, ob’ekti, maqsad va vazifalari bor.

Milliy istiqlol g’oyasining predmeti – milliy istiqlol g’oyasining shakllanishi, keng jamoatchilikning ishonchi va e’tiqodiga aylanishi, uning madaniy negizlarini ijtimoiy hayot, mehnat faoliyatida namoyon bo’lish shart-sharoitlari, omillari, qonuniyatlarining ilmiy-nazariy asoslarini o’rganadigan fanlar.

Milliy istiqlol g’oyasining ob’ekti sifatida O’zbekistonning o’ziga xos tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy milliy-madaniy rivojlanish xususiyatlarini, qadriyatlarini e’tirof etish mumkin. SHuningdek, xalqning madaniyati, milliy-madaniy merosini, odamlarning ijtimoiy munosabatlarini qator toptirish bilan bog’liq maqsadlarini jamiyat hayotida namoyon bo’lishini tahlil etish ham muhimdir. SHuningdek, fanning ob’ekti - O’zbekiston tanlagan taraqqiyot yo’li va ijtimoiy rivojlanishning milliy-ma’naviy negizlari, umumbashariy tamoyillar tashkil etadi.

G’oyalarning turlari. Tafakkurning mahsuli sifatida g’oya tevarak olamni o’rganish, bilish jarayonida vujudga keladi. Ijtimoiy ongning barcha shakllari - ilm-fan, din, falsafa, san’at va badiiy adabiyot, axloq, siyosat va huquq - muayyan bir g’oyalarni yaratadi, ularga tayanadi va ularni rivoj-lantiradi. Ma’lum ma’noda aytish mumkinki, har bir ong sohasining o’z g’oyalari mavjud bo’ladi.

Mazmuni-mohiyatiga ko’ra namoyon bo’lish shakliga qarab, g’oyalarning asosiy turlari quyidagilardan iborat:

- ijtimoiy-siyosiy g’oyalar;

- siyosiy g’oyalar.

- ilmiy g’oyalar;

- bunyodkor g’oyalar;

- buzg’unchi g’oyalar;

- diniy g’oyalar;

- falsafiy g’oyalar;

- badiiy g’oyalar;

- milliy g’oyalar;

- umuminsoniy g’oyalar va hokazo.



Ijtimoiy-siyosiy g’oyalar har bir xalq va umuman bashariyatning orzu-umidlarini, maqsad-muddaolarini ifodalaydi, erkin hayot va adolatli tuzumni tarannum etadi. Ozodlik va mustaqillik, adolat va haqiqat, tinchliksevarlik va insonparvarlik g’oyalari shular jumlasidandir. Asrlar mobaynida bunday buyuk, o’lmas g’oyalar xalqlarga kuch-quvvat va ilhom bag’ishlab, ularni o’z erki uchun kurashga safarbar etib kelgan.

Ilmiy g’oyalar - fan taraqqiyotining samarasi, ilmiy kashfiyotlarning natijasi sifatida paydo bo’ladigan, turli fan sohalarining asosiy tamoyillari (prinsiplari), ustuvor qoidalarini (postulatlarini) tashkil qiladigan ilmiy fikrlardir. Ilmiy g’oyalar - ilm-fan sohasida biron bir sensatsion yangilikni ilgari surish orqali uni hayotga tatbiq etish yo’lidagi urinishlar.

G’oyalarning «hayoti» ularning paydo bo’lishi, rivojlanishi, boshqa g’oyalar bilan o’zaro munosabati, kurashi va nihoyat, eskirgan g’oyalarning yangilari bilan almashinishi, ayniqsa, ilmiy g’oyalar misolida yaqqol namoyon bo’ladi.

Qadimgi yunon faylasuflari tabiiy jismlarning eng kichik, bo’linmaydigan zarrasi, deb «atom» tushunchasini kiritgan edilar. Ptolemey-Aristoteldan tortib, o’rta asr Ulug’bek astronomiyasigacha dunyoning markazi yer deb hisoblab kelganlar; yevklid geometriyasi, Nyuton mexanikasi, Darvin ta’limoti ham o’z davrining eng ilg’or ilmiy g’oyalariga asoslangan edi.

Ilm-fan taraqqiyoti atomning bo’linishini, koinot markazi yer emasligini ham ishonchli dalillar bilan isbotladi; kvant mexanikasi, irsiyat nazariyasi va boshqa ko’plab kashfiyotlar qilindi.

Dunyoga A.Eynshteyn, N.Bor, F.Rezerford, M.S.Kyuri va boshqalarning nomlarini mashhur qilgan yadro fizikasi sohasidagi kashfiyotlar ham ilmiy g’oyalar asosiga qurilgan. XX asrda insoniyat nihoyatda ko’p ilmiy g’oyalarni amaliyotga aylantirdi. Kosmik raketalar, kompyuter va uyali telefonlar, televideniye va boshqa sohalardagi yutuqlar bunga yorqin misol bo’ladi.

Fan taraqqiyoti uzluksiz va cheksizdir. Bu jarayonda amaliyot tasdiq-lanmagan, eskirgan qarashlar yangi ilmiy g’oyalar bilan o’rin almashaveradi.



Download 88.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling