1-Mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja Moliya va davlatning vujudga kelishi, uning resurslarga bо‘lgan ehtiyojining rivojlanishi
Download 275.16 Kb. Pdf ko'rish
|
1-ma\'ruza Moliyaning mohiyati va funktsiyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Moliya yordamida ifodalanadigan pul munosabatlari. Moliya va YAIM hamda MDni taqsimlash va qayta taqsimlash.
- 1.Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati
1-Mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja 1.Moliya va davlatning vujudga kelishi, uning resurslarga bо‘lgan ehtiyojining rivojlanishi. 2.Tovar-pul, taqsimlash, qayta taqsimlash munosabatlari va moliya. 3.Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, taraqqiyot qonuniyatlari, tovar- pul munosabatlarining qamrab olish sohasi va ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi roli jamiyatning iqtisodiy tuzumi, davlatning tabiati va funksiyalari bilan belgilanishi. 4.Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini ifodalovchi ta’rif. Moliya va moliyaviy munosabatlarning xarakterli belgilari. 5. Moliya yordamida ifodalanadigan pul munosabatlari. Moliya va YAIM hamda MDni taqsimlash va qayta taqsimlash. 6. Zamonaviy iqtisodiyot va davlat moliyasi. Moliya va ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyotining darajasi. Mamlakat iqtisodiyotining ahvoli va moliya. Moliyaning moddiy mazmuni. 7.Moliya iqtisodiy kategoriya sifatida. Moliya va baho. Moliya va kredit. Moliya va ish haqi. 8.Moliya va soliq. Ularning о‘xshash va farqli jihatlari. Moliyaning taqsimlash va nazorat funksiyalari. Ularning о‘zaro bog‘liqligi. 1.Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati “Moliya” arabcha sо‘z bо‘lib, о‘zbek tilida eng umumiy tarzda “pul mablag‘lari” ma’nosini anglatadi. Bu sо‘z ona tilimizda ishlatilishining quyidagi kо‘rinishlari mavjud: -maqsadli pul fondlarini hosil etish, jamlash, taqsimlash va ishlatish yuzasidan paydo bо‘ladigan iqtisodiy munosabatlar majmui; pul mablag‘larini shakllantirish, taqsimlash, ularni sarf qilish tizimi (masalan, moliya yili, moliya kapitali, moliya tizimi); -biror shaxs, oila, jamoa, muassasa, tashkilot yoki davlat tasarrufidagi pul mablag‘lari (masalan, korxona moliyasi); -shunday (moliya) ishlar(i) bilan shug‘ullanuvchi davlat organi (sо‘zlashuv tilida). Arab tilidagi “mol”, ya’ni “boylik, mulk; pul jamg‘armasi”, shuningdek, “moliyat”, ya’ni “pul mablag‘lari; soliq” sо‘zlari ham moliyaga daxldordir. О‘zining lug‘aviy ma’nosi jihatidan “moliya” sо‘zi fransuzcha “finance”, lotincha “financia” va ruscha “finansi” sо‘zlarining ekvivalenti yoki ma’lum ma’noda, sinonimi hisoblanib, eng avvalo, “daromad”, “pul mablag‘lari” yoki “tо‘lov” degan ma’nolarda ham ishlatiladi. Moliya davlatning vujudga kelishi va uning resurslarga bо‘lgan ehtiyojining rivojlanishi bilan doimiy (uzluksiz) tovar- pul munosabatlari sharoitida paydo bо‘ldi. Davlatning mavjudligi yaratilayotgan iqtisodiy (moddiy) ne’matlarni taqsimlash va qayta taqsimlash bо‘yicha oliy hokimiyat organi (shaxsi) sifatida davlat va takror ishlab chiqarish munosabatlarining boshqa ishtirokchilari (subektlari) о‘rtasida ma’lum bir munosabatlarning о‘rnatilishini taqoza etadi. Xususan, ana shu munosabatlar “moliya” tushunchasi orqali ifodalangan. Natural munosabatlar ustunlik qilgan jamiyatlarda taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlari natural soliqlar va turli kо‘rinishdagi shaxsiy tо‘lanmalar xarakteriga ega bо‘lgan. Tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi taqsimlash va qayta taqsimlash munosabatlari shakllarining о‘zgarishiga olib keldi- ular kо‘proq ravishda pul xarakteriga ega bо‘ldi. Biroq bu munosabatlarning mazmun-mohiyati prinsipial jihatdan keskin о‘zgarmay qolaverdi. Zamonaviy tasavvurdagi“ moliya” tushunchasini davlat xazinasining alohidalashuvi va davlat byudjetining vujudga kelishi bosqichiga kiritish mumkin. Qayd etish lozimki, moliya va moliyaviy munosabatlarning mohiyati haqidagi tasavvurlar vaqt о‘tishi bilan о‘z kо‘rinishini о‘zgartirib borgan. Korporativ tipdagi (ustav kapitalining hissali aktsionerlik shaklidagi) milliy va transmilliy tashkilotlarning vujudga kelishi bilan bog‘liq holda tovar ishlab chiqarishning shirik masshtablarda rivojlanishi takror ishlab chiqarish jarayoninning turli ishtirokchilari о‘rtasida pul mablag‘larini jalb qilish, ulardan foydalanish va ularni taqsimlash metodlari hamda usullarining takomillashuviga olib keldi. Tovarlar harakatidan alohidalashgan (ajralgan) pul mablag‘larining harakati masalalari bu taqsimlash jarayonlarida alohida ahamiyat kasb etadi. Ular bir tomondan, kreditning turli shakllari va ikkinchi tomondan, turli subektlar о‘rtasida yalpi ichki mahsulot qiymatini taqsimlash va qayta taqsimlash bilan bog‘liqdir. Bir vaqtning о‘zida, ularning har biri amaldagi huquqiy normalar yoki ishbilarmonlik aylanmasining tartibiga muvofiq ishlab chiqarilgan mahsulotdan о‘z hissalarini olishga da’vo qiladilarki, bu moliyaviy munosabatlarning sohasidir. Shunday qilib, moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, taraqqiyot qonuniyatlari, tovar-pul munosabatlarining qamrab olish sohasi va ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi roli jamiyatning iqtisodiy tuzumi, davlatning tabiati va funksiyalari bilan belgilanadi. Tarixiy kategoriya sifatida ham moliyaning vujudga kelishi jamiyatning sinflarga bо‘linishi va davlatning paydo bо‘lishi bilan bog‘liq. Download 275.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling