1-Mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja Moliya va davlatning vujudga kelishi, uning resurslarga bо‘lgan ehtiyojining rivojlanishi
Download 275.16 Kb. Pdf ko'rish
|
1-ma\'ruza Moliyaning mohiyati va funktsiyalari
Umuman, moliyaning taqsimlash funksiyasi:
-xо‘jalik subektlari, aholi, davlat va mahalliy о‘z-о‘zini boshqarish organlari darajasida maqsadli pul mablag‘lari fondlarini shakllantirishga; - xо‘jalik ichida, tarmoq ichida, tarmoqlararo, hududlararo, shuningdek ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalari, aholi ijtimoiy guruhlari о‘rtasida qayta taqsimlashni sodir etishga; - xо‘jalik subekti va davlat darajasida zahiralar yaratishga, fuqarolar tomonidan jamg‘arishni amalga oshirishga imkoniyat va shart-sharoit yaratib beradi. Pul daromadlari va fondlarini shakllantirish hamda foydalanishning instrumenti sifatida moliya taqsimlash jarayonining amalga oshirilishini ob’ektiv ravishda о‘zida aks ettiradi. Uning nazorat funksiyasi YAIMni tegishli fondlarga taqsimlash va ularning maqsadga muvofiq sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshirish orqali namoyon bо‘ladi. Shu ma’noda, moliyaning taqsimlash va nazorat funksiyalari yagona iqtisodiy jarayonning ikki tomonidir. Moliya nazorat funksiyasining asosini moliyaviy resurslarning harakati tashkil etadi. Ana shu harakatning xarkteridan kelib chiqqan holda jamiyat pul mablag‘larini taqsimlashda qanday proporsiyalarning (nisbatlarning) vujudga kelayotganligi, xо‘jalik yurituvchi subektlar ixtiyoriga moliyaviy resurslarning о‘z vaqtida kelib tushishi qanday ta’minlanayotganligi xususida ma’lumotga ega bо‘lishi kerak. Agar moliyaning nazorat funksiyasi amaliyotda amalga oshirilmasa, moliya taqsimlash funksiyasining samaradorligini baholashning ham iloji yо‘qki, bu narsa yuqoridagi har ikki funksiya koordinatsiya qilinishining (muvofiqlashtirilishining) zarurligi tо‘g‘risida darak berayotir. Bozor munosabatlariga о‘tish sharoitida moliyaning nazorat funksiyasi ijtimoiy va xususiy ishlab chiqarishning dinamik rivojlanishini ta’minlashga, ilmiy- texnika taraqqiyotini jadallashtirishga, milliy xо‘jalikning barcha bо‘g‘inlarida ish sifatini uzluksiz yaxshilashga yо‘naltirilgan. U ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarini tо‘liq qamrab oladi. Iqtisodiy rag‘batlantirishni oshirish, moddiy, mehnat, moliyaviy resurslar va tabiiy boyliklardan oqilona va tejamkor foydalanish, noishlab chiqarish xarajatlari va yо‘qotmalarni qisqartirish, xо‘jasizlik va isrofgarchilikning oldini olish moliya nazorat funksiyasining maqsadlaridandir. Moliya nazorat funksiyasining eng muhim vazifalaridan biri moliyaviy masalalar bо‘yicha qonunchilikning aniq bajarilishini, byudjet tizimi, soliq xizmati, banklar oldidagi moliyaviy majburiyatlar, shuningdek hisob-kitoblar va tо‘lovlar bо‘yicha xо‘jalik yurituvchi subekt-larning о‘zaro majburiyatlari bajarilishining о‘z vaqtidaligi va tо‘liqligini tekshirish hisoblanadi. Moliya organlarining kо‘p qirrali faoliyatlari orqali moliyaning nazorat funksiyasi namoyon bо‘ladi. Moliya tizimi va soliq xizmatining xodimlari moliyaviy rejalashtirish jarayonida, byudjet tizimining daromadlar va xarajatlar qismining bajarilishida moliyaviy nazoratni amalga oshiradilar. Bozor munosabatlarining rivojlanishi sharoitida nazorat ishlarining yо‘nalishi, moliyaviy nazoratning shakl va metodlari keskin о‘zgaradi. Moliyaning funksiyalari moliya mexanizmi orqali amalga oshiriladi. Bu mexanizm milliy xо‘jalikdagi moliyaviy munosabatlar tashkiliy shakllarining majmuini, markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul mablag‘-lari fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini, moliyaviy rejalashtirish metodlarini, moliya va moliya tizimini boshqarish shakllarini, moliyaviy qonunchilikni о‘z ichiga oladi. Bozor islohotlarini chuqurlashtirish sharoitida sifat jihatidan yangi bо‘lgan moliya mexanizmi qо‘laniladi. Bu, eng avvalo, xо‘jalik yurituvchi subektlar va aholining byudjet tizimi, maqsadli fondlari, mulkiy va shaxsiy sug‘urta organlari va boshqalar bilan bо‘lgan о‘zaro munosabatlarga tegishlidir. Download 275.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling