1-Mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja Moliya va davlatning vujudga kelishi, uning resurslarga bо‘lgan ehtiyojining rivojlanishi


Download 275.16 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana02.11.2023
Hajmi275.16 Kb.
#1740598
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-ma\'ruza Moliyaning mohiyati va funktsiyalari

2.Moliyaning funksiyalari 
Moliyaning mohiyati uning funksiyalari orqali namoyon bо‘ladi. Moliya 
quyidagi ikki funksiyani bajaradi: 
1.Taqsimlash; 
2.Nazorat. 
Bu funksiyalar moliya tomonidan bir vaqtning о‘zida amalga oshiriladi. Har 
qanday (bir) moliyaviy operatsiya YAIM va MDni taqsimlash va shu taqsimlash 
ustidan nazoratning amalga oshirilishini anglatadi. 
Moliyaviy munosabatlarning asosiy tavsifi ularning taqsimlash xarakteriga 


ega ekanligi uchun, shunga muvofiq ravishda moliyaning bosh yoki asosiy 
funksiyasi taqsimlashdir. Moliya yordamida amalga oshirilishi lozim bо‘lgan 
taqsimlash jarayoni murakkab va kо‘p qirrali jarayondir. Moliya YAIMni 
taqsimlashning turli bosqichlariga xizmat qilib, uni birlamchi taqsimlashda va qayta 
taqsimlashda ishtirok etadi. 
Moliyaviy metod orqali taqsimlash iqtisodiyotni boshqarishning turli 
darajalarini (mamlakat, uning alohida olingan mintaqalari va mahalliy о‘z-о‘zini 
boshqarish organlari miqyosida) qamrab oladi. Unga taqsimlashning turli 
kо‘rinishlarini (xо‘jalik ichida, tarmoq ichida, tarmoqlararo, hududlararo va 
boshqalar) tug‘diruvchi kо‘p bosqichlilik xosdir. 
Eng avvalo, moliyaning taqsimlash funksiyasi MDni taqsimlashda, “asosiy 
yoki birlamchi daromadlar” deb nom olganlarni yaratish (tashkil etish) sodir 
bо‘lganda namoyon bо‘ladi. Ularning yig‘indisi MDga tengdir. Asosiy daromadlar 
Milliy daromadni moddiy ishlab chiqarish ishtirokchilari о‘rtasida taqsimlash 
jarayonida shakllanadi. Ular ikki guruhga bо‘linadi: 
-moddiy ishlab 
chiqarish 
sohasida 
band 
bо‘lgan ishchi va 
xizmatchilarning ish haqi, fermer va xokazolarning daromadlari; 
-moddiy ishlab chiqarish sohasidagi korxonalarning daromadlari. 
Biroq, bunda birlamchi daromadlar milliy xо‘jalik ustuvor tarmoqlarini 
rivojlantirish, mamlakat mudofaa qudratini ta’minlash, aholining moddiy va 
madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun ijtimoiy pul fondlarining shakllanishini 
ta’minlay olmaydi. Buning uchun quyidagilar bilan bog‘langan holda milliy 
daromadni yanada taqsimlash va qayta taqsimlash zarur: 
-xо‘jalik yurituvchi sub’ektlar daromadlari va jamg‘armalaridan eng samarali 
va oqilona foydalanish maqsadida mablag‘larni tarmoqlararo va hududiy qayta 
taqsimlash bilan;
-ishlab chiqarish sohasi bilan bir qatorda noishlab chiqarish sohasining 
(maorif, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy ta’minot, boshqaruv va 
xokazo) ham mavjudligi bilan; 
-aholining turli ijtimoiy qatlamlari о‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash 
bilan. 
Yuqoridagi qayta taqsimlashlar natijasida ikkilamchi yoki “kelib chiquvchi” 
daromadlar tashkil topadi. Bunday daromadlarga noishlab chiqarish sohasi 
tarmoqlarida olingan daromadlar, soliqlar (jismoniy shaxslardan olinadigan 
daromad solig‘i va boshqalar) kiradi. Ikkilamchi daromadlar milliy daromadddan 
foydalanish borasidagi yakuniy nisbatlarni (proporsiyalarni) shakllantirish uchun 
xizmat qiladi. 
Milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlashda faol ishtirok etib, moliya 
milliy daromadni birlamchi taqsimlashda vujudga kelgan nisbatlarni ularning 
yakuniy foydalanish nisbatlariga transformatsiya qilinishiga (aylanishiga, 
о‘zgarishiga) ta’sir kо‘rsatadi.
Bunday qayta taqsimlash natijasida yaratiladigan daromadlar moddiy va 
moliyaviy resurslar va eng avvalo, bir tomondan pul fondlarining о‘lchami va 
ularning tarkibiy tuzilmasi, ikkinchi tomondan esa ishlab chiqarish vositalari va 
iste’mol predmetlarining hajmi va tuzilmasi о‘rtasidagi muvofiqlikni ta’minlashi 


kerak. 
Odatda, har bir mamlakat doirasida MDni qayta taqsimlash milliy iqtisodiyotni 
tarkibiy о‘zgartirish, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini (qishloq xо‘jaligi, 
transport, energetika va xokazo) rivojlantirish maqsadlarida, aholining eng kam 
ta’minlangan qatlamlari (pensionerlar, talabalar, yolg‘iz va kо‘p bolali onalar va 
xokazo) foydasiga amalga oshiriladi. 
Shunday qilib, milliy daromadni qayta taqsimlash milliy xо‘jalikning ishlab 
chiqarish va noishlab chiqarish sohalari, moddiy ishlab chiqarish tarmoqlari
mamlakatning alohida mintaqalari, mulkchilik shakllari va aholining ijtimoiy 
guruhlari о‘rtasida sodir bо‘ladi. 
Moliya yordamida amalga oshiriladigan YAIM va milliy daromadni 
taqsimlash va qayta taqsimlashning pirovard maqsadi ishlab chiqaruvchi kuchlarni 
rivojlantirish, iqtisodiyotning bozor tarkibiy tuzilmasini shakllantirish, davlatni 
mustahkamlash, aholi keng qatlamlari hayotining yuqari sifatli bо‘lishini 
ta’minlashdan iboratdir.
Bu jarayonlarda moliyaning roli kam xarajat qilib eng yuqori natijalarga 
erishish, moliya-xо‘jalik faoliyatini yanada yaxshilashda xо‘jalik yurituvchi 
subektlar har bir xodimi va jamoasining moddiy manfaatdorligi va qiziquvchanligini 
oshirish vazifalariga bо‘ysundirilgan. 
Moliyaning taqsimlash funksiyasi yordamida davlat faqatgina milliy 
daromadni qayta taqsimlashga emas, balki ishlab chiqarishga, kapitalning 
jamg‘arilishiga, iste’mol sohasiga ham о‘z ta’sirini kо‘rsatadi. Shu ma’noda, moliya 
iqtisodiyotning davlat va xususiy sektorlarini, ishlab chiqarish va ijtimoiy 
infrastrukturani, ilmiy-texnika taraqqiyotini va xokazolarni rivojlantirishda hal 
qiluvchi rolni о‘ynaydi. 

Download 275.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling