1-Mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja Moliya va davlatning vujudga kelishi, uning resurslarga bо‘lgan ehtiyojining rivojlanishi


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/22
Sana12.10.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1700620
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
1-mavzu. sirtqi




 
1-Mavzu: Moliyaning mohiyati va 
funksiyalari 
Reja 
 
1.Moliya va davlatning vujudga kelishi, uning resurslarga bо‘lgan 
ehtiyojining rivojlanishi. 
2.Tovar-pul, taqsimlash, qayta taqsimlash munosabatlari va moliya.
3.Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, taraqqiyot qonuniyatlari, tovar-
pul munosabatlarining qamrab olish sohasi va ijtimoiy takror ishlab 
chiqarishdagi roli jamiyatning iqtisodiy tuzumi, davlatning tabiati va 
funksiyalari bilan belgilanishi.
4.Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini ifodalovchi ta’rif. Moliya 
va moliyaviy munosabatlarning xarakterli belgilari. 
5. Moliya yordamida ifodalanadigan pul munosabatlari. Moliya va 
YAIM hamda MDni taqsimlash va qayta taqsimlash. 
 
1.Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati 
“Moliya” arabcha sо‘z bо‘lib, о‘zbek tilida eng umumiy tarzda “pul 
mablag‘lari” ma’nosini anglatadi. Bu sо‘z ona tilimizda ishlatilishining quyidagi 
kо‘rinishlari mavjud: 
-maqsadli pul fondlarini hosil etish, jamlash, taqsimlash va ishlatish
yuzasidan paydo bо‘ladigan iqtisodiy munosabatlar majmui; pul mablag‘larini 
shakllantirish, taqsimlash, ularni sarf qilish tizimi (masalan, moliya yili, moliya 
kapitali, moliya tizimi); 
-biror shaxs, oila, jamoa, muassasa, tashkilot yoki davlat tasarrufidagi pul 
mablag‘lari (masalan, korxona moliyasi); 
-shunday (moliya) ishlar(i) bilan shug‘ullanuvchi davlat organi (sо‘zlashuv 
tilida). 
Arab tilidagi “mol”, ya’ni “boylik, mulk; pul jamg‘armasi”, shuningdek, 
“moliyat”, ya’ni “pul mablag‘lari; soliq” sо‘zlari ham moliyaga daxldordir. 
О‘zining lug‘aviy ma’nosi jihatidan “moliya” sо‘zi fransuzcha “finance”, 
lotincha “financia” va ruscha “finansi” sо‘zlarining ekvivalenti yoki ma’lum 
ma’noda, sinonimi hisoblanib, eng avvalo, “daromad”, “pul mablag‘lari” yoki 
“tо‘lov” degan ma’nolarda ham ishlatiladi. Moliya davlatning vujudga kelishi va 
uning resurslarga bо‘lgan ehtiyojining rivojlanishi bilan doimiy (uzluksiz) tovar- pul 
munosabatlari sharoitida paydo bо‘ldi.
Davlatning mavjudligi yaratilayotgan iqtisodiy (moddiy) ne’matlarni 
taqsimlash va qayta taqsimlash bо‘yicha oliy hokimiyat organi (shaxsi) sifatida 
davlat va takror ishlab chiqarish munosabatlarining boshqa ishtirokchilari 
(subektlari) о‘rtasida ma’lum bir munosabatlarning о‘rnatilishini taqoza etadi. 
Xususan, ana shu munosabatlar “moliya” tushunchasi orqali ifodalangan. 
Natural munosabatlar ustunlik qilgan jamiyatlarda taqsimlash va qayta 
taqsimlash jarayonlari natural soliqlar va turli kо‘rinishdagi shaxsiy tо‘lanmalar 



xarakteriga ega bо‘lgan. Tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi taqsimlash va 
qayta taqsimlash munosabatlari shakllarining о‘zgarishiga olib keldi- ular kо‘proq 
ravishda pul xarakteriga ega bо‘ldi. Biroq bu munosabatlarning mazmun-mohiyati 
prinsipial jihatdan keskin о‘zgarmay qolaverdi. 
Zamonaviy tasavvurdagi“ moliya” tushunchasini davlat xazinasining 
alohidalashuvi va davlat byudjetining vujudga kelishi bosqichiga kiritish mumkin. 
Qayd etish lozimki, moliya va moliyaviy munosabatlarning mohiyati haqidagi
tasavvurlar vaqt о‘tishi bilan о‘z kо‘rinishini о‘zgartirib borgan. 
Korporativ tipdagi (ustav kapitalining hissali aktsionerlik shaklidagi) milliy 
va transmilliy tashkilotlarning vujudga kelishi bilan bog‘liq holda tovar ishlab 
chiqarishning shirik masshtablarda rivojlanishi takror ishlab chiqarish jarayoninning 
turli ishtirokchilari о‘rtasida pul mablag‘larini jalb qilish, ulardan foydalanish va 
ularni taqsimlash metodlari hamda usullarining takomillashuviga olib keldi.
Tovarlar harakatidan alohidalashgan (ajralgan) pul mablag‘larining harakati 
masalalari bu taqsimlash jarayonlarida alohida ahamiyat kasb etadi. Ular bir 
tomondan, kreditning turli shakllari va ikkinchi tomondan, turli subektlar о‘rtasida 
yalpi ichki mahsulot qiymatini taqsimlash va qayta taqsimlash bilan bog‘liqdir. Bir 
vaqtning о‘zida, ularning har biri amaldagi huquqiy normalar yoki ishbilarmonlik 
aylanmasining tartibiga muvofiq ishlab chiqarilgan mahsulotdan о‘z hissalarini 
olishga da’vo qiladilarki, bu moliyaviy munosabatlarning sohasidir. 
Shunday 
qilib, 
moliyaning 
ijtimoiy-iqtisodiy 
mohiyati, 
taraqqiyot 
qonuniyatlari, tovar-pul munosabatlarining qamrab olish sohasi va ijtimoiy takror 
ishlab chiqarishdagi roli jamiyatning iqtisodiy tuzumi, davlatning tabiati va 
funksiyalari bilan belgilanadi. Tarixiy kategoriya sifatida ham moliyaning vujudga 
kelishi jamiyatning sinflarga bо‘linishi va davlatning paydo bо‘lishi bilan bog‘liq. 

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling