1-Mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja Moliya va davlatning vujudga kelishi, uning resurslarga bо‘lgan ehtiyojining rivojlanishi
Ijtimoiy takror ishlab chiqarishda moliyadan foydalanishning obyektiv
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu. sirtqi
3.Ijtimoiy takror ishlab chiqarishda moliyadan foydalanishning obyektiv
shart-sharoitlari va imkoniyatlari Kishilik jamiyati oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va ijtimoiy sohani doimiy ravishda takror ishlab chiqarmasdan hayot kechirishi (amal qilishi) mumkin emas. Dunyo aholisining о‘sishi va uning urbanizatsiyalashuv darajasining ortishi, mamlakatlar ichidagi va ular о‘rtasidagi qarama-qarshiliklarning kuchayishi, ilmiy- texnika taraqqiyotining rivojlani va boshqa bir qancha omillar bilan “hayot kechirish”ni yoki “yashash”ni takror ishlab chiqarish kishilik jamiyati mavjudligining muhim sharti bо‘lib qolayotir. Xalqaro mehnat taqsimoti yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarning notekis taqsimlanishiga, eng boy-badavlat sanalgan mamlakatlarda moliyaviy kapitalning kontsentratsiyalashuviga (tо‘planishiga) olib kelmoqda. Eng kag‘al mamlakatlar esa xom-ashyoni qazib chiqarish va qishloq xо‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanmoqda. Shunday bо‘lishiga qaramasdan, har qanday sharoitda ham takror ishlab chiqarish jarayonining mazmuni о‘zgarmasdan qolayotir. Faqat qо‘shimcha mahsulotning konsentratsiyalashuv (tо‘planish) joyi о‘zgarmoqda, xolos. Moliyaviy, bank va baho mexanizmlari orqali foydaning asosiy qismi e ng rivojlangan mamlakatlarda “chо‘kmoqda” va ularga kelgusida ham taqsimlashni о‘zlari foydalariga hal qilishga imkon berayapti. Takror ishlab chiqarish jarayoni о‘z ichiga quyidagi bosqichlarni oladi: -ishlab chiqarish; -almashuv; -taqsimlash; -iste’mol. Takror ishlab chiqarish uchun bu bosqichlar, albatta, majburiy yoki shart bо‘lib, hatto ularning birisiz takror ishlab chiqarish jarayoni uziladi. Uning har bir bosqichlariga bir yoki bir necha iqtisodiy kategoriyalar xizmat qiladi. Kategoriyalarning takror ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishi bevosita va bilvosita shakllarda bо‘lishi mumkin. Masalan, baho kategoriyasi tovar kategoriyasi singari almashuv bosqichida markaziy о‘rinni egallaydi. Biroq, baho kategoriyasining ta’siri, takror ishlab chiqarishning bu bosqichida boshqa kategoriyalar xizmat qilishiga qaramasdan, iste’mol bosqichida bevosita namoyon bо‘ladi. 16 Davlat moliyasining ijtimoiy mо‘ljallanganligidan (davlatning о‘z funksiyalarini bajarishini ta’minlaydigan pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish) kelib chiqiladigan bо‘lsa, taqsimlash bosqichida ularning roli nisbatan kattaroq ekanligi yaqqol kо‘rinadi. Takror ishlab chiqarish jarayonining bu bosqichida (taqsimlashda) barcha ijtimoiy manfaatlar va shunga muvofiq ravishda, jamiyatning barcha qarama-qarshiliklari namoyon bо‘ladi. Iste’molga ketadigan jami ijtimoiy mahsulot (JIM)dan, birinchi navbatda, takror ishlab chiqarishning oldingi (о‘tgan) siklida foydalanilgan mehnat qurollari va predmetlarini tiklash uchun mо‘ljallangan qismi ajra-tiladi. Bu qism takror ishlab chiqarishning yangi siklida ham uning shu hajmda takrorlanishini ta’minlaydi. Qolgan qism vositalar (mablag‘lar)ning egasi va ishchilar о‘rtasida taqsimlanadi. Taqsimlash proporsiyalari (nisbatlari) asrlar davomida shakllanib, unda ishtirokchilarning har biri о‘ziga tegishli bо‘lgan qismni ortirish (kо‘paytirish) maqsadida bir-birlari bilan doimiy qarama-qarshilikda bо‘ladilar. Shunday qilib, jamiyatda yangidan yaratilgan qiymat birinchi taqsimlash bosqichini va undan sо‘ng esa almashuv va iste’mol bosqichlarini bosib о‘tadi. Takror ishlab chiqarish jarayonining har bir ishtirokchisi о‘ziga tegishli bо‘lgan daromadni quyidagi ikki qismga bо‘ladi: Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling