1-Mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja Moliya va davlatning vujudga kelishi, uning resurslarga bо‘lgan ehtiyojining rivojlanishi
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu. sirtqi
Yuqorida bayon qilinganlardan quyidagi uch mantiqiy xulosa kelib chiqadi:
-birinchidan, moliyaviy siyosat faqat о‘z manfaatlarini kо‘zda tutadigan hokimiyat organlarining u yoki bu maqsadlarga erishishining instrumenti emas, balki jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini yechish vositasi bо‘lishi kerak; -ikkinchidan, davlatning moliyaviy siyosati faqat davlat hokimiyat organlarining emas, balki moliya tizimi barcha sub’ektlarining manfaatlarini hisobga olishi lozim; -uchinchidan, davlat moliyaviy siyosati va davlat hokimiyat organlarining moliyaviy siyosatini farqlash zarur. Shunday qilib, davlat moliyaviy siyosatini mamlakat moliya tizimining barcha bо‘g‘inlarida moliyaviy resurslarning о‘sishini balanslashtirilgan (mutanosiblashtirilgan) holda ta’minlash bо‘yicha davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining bir qismi sifatida qarash kerak. Xorijiy tajribalarning kо‘rsatishicha, moliyaviy resurslarning balanslashtirilgan (mutanosiblashtirilgan) holda о‘sishining zarurligini inkor etish mamlakat moliya tizimining о‘zini degradatsiyalashuviga, iqtisodiyotning emirilishi va vayron bо‘lishiga olib keladi. Moliyaviy siyosatning о‘ziga xos bо‘lgan eng asosiy xususiyati shundan iboratki, bu siyosat mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojlanishiga va iqtisodiy muvaffaqiyatlarga uzluksiz ravishda ta’sir kо‘rsatib turishga yо‘naltirilgan bо‘lishi kerak. Bunday siyosat aholining turmush farovonligi ta’minlab va davlat daromadlarining manbaini kо‘paytirib, moliyaviy xо‘jalikka nisbatan eng yuqori natijalarni berishi mumkin. Moliyaviy siyosatning ana shunga yо‘naltirilganligi orqali uning quyidagi eng asosiy maqsadini aniqlash mumkin: jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, aholi turmushining darajasi va sifatini oshirish uchun moliyaviy sharoitlarni yaratish moliyaviy siyosatning eng asosiy maqsadidir. Agar gap korxonalarning moliyaviy siyosati xususida ketadigan bо‘lsa, bu narsa korxona moliyaviy menejerlarining biznesni yuritish maqsadlariga erishish borasidagi maqsadga yо‘naltirilgan faoliyatini anglatadi. Korxona moliyaviy siyosatining maqsadi quyidagilardan iborat bо‘lishi mumkin: -raqobat kurashi sharoitida korxonaning sog‘lom hayot kechirishiga (faoliyat kо‘rsatishiga) erishish; -yirik moliyaviy muvaffaqiyatsizliklardan va bankrotga (kasodga) uchrashdan 23 qochib qutilish; -raqobatchilar bilan kurashda yetakchilikka (lider bо‘lishga) erishish; -korxonaning bozor qiymatini maksimallashtirish; -korxona iqtisodiy salohiyatining о‘sish sur’atlarini barqaror о‘stirish; -ishlab chiqarish va realizatsiya hajmini oshirish; -foydani maksimallashtirish; -xarajatlarni minimallashtirish; -rentabelli faoliyatni ta’minlash; -va boshqalar. Korxona moliyaviy siyosatining u yoki bu maqsadlaridagi ustuvorlik, eng avvalo, biznesni yuritishning maqsadlariga muvofiq ravishda aniqlanadi. Qо‘yilgan maqsadlarga erishish uchun tegishli moliyaviy mexanizmdan foydalaniladi. Moliyaviy siyosat moliyaning о‘zida (boshqaruv ob’ektlarida) bevosita mujassam bо‘lgan boshqaruvning salohiyatli imkoniyatlarini, ishning aniq metodlari, moliya tizimining (boshqaruv sub’yektlari) organlarini tashkil qilish bilan yagona joyga bog‘lashga imkon beradi. Dunyoning barcha mamlakatlarida moliyaviy siyosat moliya tizimi orqali amalga oshirilib, uning faoliyati quyidagi prinsiplar asosida quriladi: -moliya tizimi bо‘g‘inlarining о‘ziga xos bо‘lgan xususiyatlarini inobatga olib moliyaviy boshqaruvni amalga oshirish; -barcha moliyaviy muassasalar funksiyalarining umumiyligi; -barcha quyi boshqaruv organlarining faol ishtirokida markazdan umumiy boshqarish. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling