1-Mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja Moliya va davlatning vujudga kelishi, uning resurslarga bо‘lgan ehtiyojining rivojlanishi


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/22
Sana12.10.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1700620
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
1-mavzu. sirtqi

Ijtimoiy himoya, birinchi navbatda, kam ta’minlangan fuqarolarni, 
shuningdek, byudjet tashkilotlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilishni ham nazarda 
tutadi. Ijtimoiy himoya, eng avvalo, daromadlarni indeksatsiyalash vositasida 
(yordamida), ya’ni, byudjet mablag‘lari hisobiga, ba’zan esa kompensatsiyalarni 
iste’mol indeksiga mufoviq oshirish yо‘li bilan ta’minlanadi. 
Jamiyat hayotining iqtisodiy va ijtimoiy sohasiga moliyaviy ta’sir 
о‘tkazishning asosiy uslublari bо‘lib, soliq solish, moliya resurslaridan mohirona va 
oqilona foydalanish, moliyalashtirish, moliya bozori va boshqalar hisoblanadi. 
Jamiyat taraqqiyot hozirgi bosqichining moliya siyosati moliya strategiyasi talablari 
asosida va yuzaga kelgan iqtisodiy shart-sharoitlarni hisobga olgan holda ishlab 
chiqilgan.
Xо‘jalik yuritishning turli-tuman shakllaridan foydalanish jamoat talab-
ehtiyojlarini yaxshiroq qondirish, resurslarni tejash, mahsulot assortimenti va 
texnika bazasini yangilash, mehnat jamoalarining ijtimoiy muammolarini hal etishi 
yо‘lida raqobatni rivojlantirish, tashabbuskorlik kо‘rsatish uchun shart-sharoitlarni 
yaratadi. 
Ijtimoiy va boshqa ehtiyojlarni qondirishga yо‘naltiriladigan moliya 
resurslarining о‘sishiga, eng avvalo, rentabelli faoliyat kо‘rsatish orqali erishiladi. 
Biroq siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sharoit о‘zgarishi bilan davlat xarajatlari doimo 
о‘sib boradi. Shu munosabat bilan hozirgi moliya siyosati davlat moliya 
resurslarining muntazam о‘sishini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni nazarda tutadi. 
Byudjetga tushayotgan tо‘lovlar hajmini oshirishning zarurligi xо‘jalik 
bо‘g‘inlarining ishchan faolligini jonlantirishga qaratilgan moliya siyosatining 
hayotga tatbiq etilishini talab qiladi. 
Moliyaviy siyosatni faollashtirish maqsadida moliyaviy resurslarni qayta 
taqsimlash amaliyotini tubdan о‘zgartirish katta ahamiyatga ega. Byudjet vositasida, 
shuningdek, yuqori tashkilotlar orqali amalga oshiriladigan “vertikal” uslubga 
qarama-qarshi moliyaviy resurslarni moliya bozori orqali “gorizantal” qayta 


35 
taqsimlash ham borgan sari yanada keng rivoj topadi. Mablag‘larning о‘tkazib 
turilishi esa moliyaviy resurslardan talab va taklifdan kelib chiqqan holda 
foydalanishni nazarda tutadi. 
Moliya bozorining rivojlanishi munosabati bilan milliy iqtisodiyotni 
rivojlantirish va umumdavlat ehtiyojlarini qondirish uchun aholi, korxona va 
tashkilotlarning pul daromadlari va jamg‘armalarini jalb etish zarur. SHu munosabat 
bilan Davlat obligatsiyalari va xazina biletlarini chiqarish ham davlat resurslarining 
hajmini kо‘paytiradi. 
Moliyaviy siyosat real moliyaviy imkoniyatlarni hisobga olgan holda ishlab 
chiqilishi va tatbiq etilishi zarur. Sarflar (xarajatlar) moliya resurslarining 
kо‘payganidagina о‘sishi mumkin. Bu, eng avvalo, ishlab chiqarishni 
moliyalashtirishni bildiradi. Iqtisodiy va moliyaviy siyosatning hamma tadbirlari, 
bir tomondan, aholiga о‘z daromadlarini oshirish imkoniyatini berish, ikkinchi 
tomondan esa tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirpsh uchun maqbul sharoitlarni 
yaratishga qaratilishi kerak. 
Moliyaviy siyosatning tubdan о‘zgarishiga mos ravishda moliya mexanizmi 
ham qayta qurilmog‘i lozim. Moliya mexanizmini qayta qurishning maqsadi bozor 
munosabatlari asosida ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligiga uning ta’sirini 
kuchaytirish, moliya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishni 
ta’minlashdir. Moliya mexanizmini qayta qurish negizida korxona, tashkilotlar 
ishining yakuniy natijalarini yaxshilash uchun xо‘jalik tashabbuskorligi va 
mas’uliyatini butun choralar bilan kuchaytirish talab qilinadi. 
Bozor iqtisodiyotida korxonalarning ishlab chiqarish omillaridan iloji boricha 
yaxshiroq foydalanishdan manfaatdorligini oshirish uchun alohida moliyaviy 
uslublardan foydalanish zarurati yо‘qoladi. Bozor raqobati korxonalarni ishlab 
chiqarish samaradorligi, moliyaviy resurslardan foydalanish ustidan ichki xо‘jalik 
moliya nazoratini chuqurlashtirish haqida doimo g‘amxо‘rlik qilishga majbur qiladi. 
SHu bilan bir vaqtning о‘zida davlat tomonidan bozor munosabatlarini moliyaviy 
boshqarishning ahamiyati ham oshadi.
Moliyaviy boshqarish korxonalarga soliq solish, qо‘shimcha soliqlarni 
(masalan, eksport va import solig‘ini) kiritish, mehnatkashlar daromadlariga soliq 
solish, maqsadli dasturlarni moliyalashtirish vositasida amalga oshiriladi. Xо‘jalik 
shartnomalari ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifat parametrlarini buzganlik 
uchun, atrof-muhitni muhofaza qilish bо‘yicha talablarning sanitariya norma va 
qoidalariga rioya qilmaslik uchun moliyaviy jarimalar tizimiga talabchanlik 
oshiriladi.
Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalar oldidagi 
moliyaviy majburiyatlarni о‘z vaqtida bajarmaslik yoki tо‘liq bajarmaslik, foyda va 
boshqa soliq solish ob’ektlarini yashirganlik uchun jarima (sanksiya)larning darajasi 
va miqdori kuchaytiriladi. Auditorlik moliya nazorati keng rivoj topmog‘i lozim. 
Aholiga ijtimoiy xizmat kо‘rsatishni yaxshilash maqsadida ijtimoiy soha 
muassasalari va tashkilotlarida yangi xо‘jalik mexanizmi joriy etilgan. Ijtimoiy soha 
muassasalariga pulli xizmat kо‘rsatish, xо‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanish, olingan 
daromadlarni mustaqil tasarruf etish huquqi berilgan. 
Davlat moliya mexanizmiga tub о‘zgarishlar kiritildi. Davlat byudjeti 


36 
daromadlarini shakllantirish soliq asosiga о‘tkazildi, byudjet buromadlari tarkibi va 
byudjetdan moliyalashtirish tizimi butunlay о‘zgardi. Byudjetdan tashqari 
jamg‘armalar tizimi keng tarqaldi. Bozor munosabatlarining rivojlanishi mulkiy va 
shaxsiy sug‘urtani tashkil etish va boshqarish sohasida ijobiy natijalarga olib keldi: 
kooperativ (shirkat) sug‘urtasi rivojlanyapti, aksionerlik sug‘urta jamiyatlari 
vujudga kelyapti, sug‘urtaning yangi turlari paydo bо‘layapti. 
Moliya mexanizmini qayta qurish jarayoni tegishli bazani (asosni) yaratish 
bilan birga sodir bо‘layotir. Oxirgi yillarda moliyaviy faoliyatning huquqiy 
asoslarini yaratadigan qator qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar qabul qilindi.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling