1-Mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja Moliya va davlatning vujudga kelishi, uning resurslarga bо‘lgan ehtiyojining rivojlanishi
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu. sirtqi
quyidagilardan tashkil topadi:
-soliqlarsiz davlatning faoliyat kо‘satishi mumkin emas; -soliqli undirish qat’iy о‘sish tendensiyasiga ega; -oqilona soliq ostonasidan о‘tilganidan sо‘ng tabiiy takror ishlab chiqarish jarayoni buziladi-iqtisodiyotning о‘z-о‘zidan buzilishi (emirilishi) sodir bо‘ladi; -tanazzul davrida soliqlar mumkin qadar minimal darajada о‘rnatilmog‘i lozim. Buning natijasida mamlakatning iqtisodiy mexanizmi ichki investitsion salohiyatni safarbar etish hisobidan tiklanadi; -soliqning yuqori ostonasi kapitalning chetga chiqib ketishiga olib keladi; -iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish kerak, albatta. Biroq, summar о‘lchovlarda sof daromadning 30 foizdan ortiq qismining undirilishida mamlakatning iqtisodiy о‘sishi tо‘xtaydi; -soliq imtiyozlari ochiqlik xarakteriga ega bо‘lishi va barcha takror ishlab chiqarish sub’ektlari uchun teng bо‘lishi kerak; -soliq tizimi konfiskatsion xarakterga ega bо‘lmasligi lozim. Faqat, jumladan, individual daromadlarning о‘sishida ifodalangan milliy boylikning о‘sishi soliqqa tortiladigan bazaning (asosning) barqaror о‘sishini ta’minlashi mumkin; -qonunlar va qoidalarning barqarorligini davlat kafolatlagan iqtisodiy tizimda soliqlarning summar о‘lchovi barqaror о‘sish tendensiyasiga ega bо‘ladi. Barqarorlik kafolati sifatida davlat о‘zining majburiyatlarini buzishni boshladimi, kapital xufyona iqtisodiyotga yoki xorijga о‘tishni boshlab, byudjetning daromadlar bazasini (asosini) qisqartiraveradi; 30 -soliq tizimi oddiy, ochiq va samarali bо‘lmog‘i lozim. Soliqlar sonini, soliqqa tortish ob’ektlarini kо‘paytirish, kо‘p bosqichli soliqlarni joriy etish soliqlarni undirish bо‘yicha xarajatlarning ortishiga, boqimanda va jarimalarning о‘sishiga va pirovardida, mulkni qamoqqa olish, soliq tо‘lovchini kasod deb e’lon qilish va xokazo yо‘llar orqali iqtisodiyotning emirilishiga olib keladi; -soliqqa tortish egri (bilvosita) tizimining ustuvorligi byudjet daromadlarini shakllantirish nuqtai-nazaridan qulay hisoblanadi. Lekin bu narsa, oxir oqibatda, mamlakat aholisi asosiy qismining qashshoqlanishiga olib keladi. Chunki bunday soliqlarning yuki tovarlar va xizmatlarning yakuniy (oxirgi) iste’molchisi gardaniga (zimmasiga), ya’ni yashash minimumi darajasida yoki ijtimoiy tirikchilik darajasida daromadga ega bо‘lgan aholining 80-90 foiz qismiga yuklanadi. Bu paradoks daromadlarning turli darajalarida iste’molning nisbatan bir xil darajasiga asoslangan; -egri (bilvosita) soliqlar tizimining xavfliligi shundaki, bu tizimda aholining asosiy qismidan jamg‘armalar olib qо‘yiladi va bu, о‘z navbatida, kredit tizimi va ikkilamchi moliyaviy bozor tizimining asoslarini buzadi. Egri (bilvosita) soliqlardan voz kechgan AQSH tajribasi bunga yaqqol tasdiqdir; -egri (bilvosita) soliqlarni sog‘liq uchun zararli bо‘lgan tovarlar, zebu-ziynat buyumlari, ayrim hollarda import qilinadigan tovarlar va xizmatlar va boshqa bir qancha о‘ziga xos bо‘lgan maxsus holatlarga nisbatan joriy etish zarur; -daromad va mol-mulkdan olinadigan soliqlar soliq bazasining asosiysi bо‘lib hisoblanishi (xizmat qilishi) kerak. Ularni proporsional soliqqa tortish prinsiplariga asosan qurmoq lozim. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy tashabbussiz va jamiyat barcha a’zolarining samarali mehnatisiz iqtisodiyotni tiklash murakkabligicha qolaveradi. Soliqlar bozor iqtisodiyotida mehnatning asosiy rag‘batlantirilishini (motivatsiya qilinishini) olib qо‘yadi, ya’ni mehnat daromad keltirishi lozim. Mamlakat iqtisodiyotiga soliq siyosatining ta’siri bevosita namoyon bо‘ladi- yuqori soliq ostonasi takror ishlab chiqarish jarayonining investitsion imkoniyatlarini qisqartiradi (toraytiradi), jamiyatda iste’mol darajasi pasayadi va bu narsa, о‘z navbatida, ishlab chiqarish va xizmat sektorlarining о‘sish bazalarining (asoslarining) pasayishiga olib keladi. Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlaridan (yо‘nalishlaridan) yana biri pul siyosatidir. Agar muomaladagi pul miqdori tovarlar massasi miqdoriga (pulning aylanish tezligini hisobga olgan holda) mos kelmasa, pul massasining yetmagan qismi qog‘oz pullar (pullarning surrogati) hisobidan yoki xorijiy valyuta hisobidan tо‘ldiriladi (tiklanadi). Va aksincha, agar pul massasi unga bо‘lgan talabdan ortiq bо‘lsa, yo pul massasining mamlakatdan chetga chiqishi (oqishi) yoki milliy valyutaning qadrsizlanishi sodir bо‘ladi. Tabiiy ravishda, bu variantlarning barchasi mamlakatning qonunchiligiga ham bevosita bog‘liq-mamlakatda xorijiy valyutaning muomalada bо‘lishiga ruxsat beriladimi yoki yо‘qmi, milliy valyuta konvertatsiya qilinadimi yoki yо‘qmi? va xokazo. Tovarlar massasi cheklanganda pul emissiyasi boshqa mamlakatlarning pul birligiga nisbatan milliy pul birligining qadrsizlanishiga olib keladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling