1-Mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja Moliya va davlatning vujudga kelishi, uning resurslarga bо‘lgan ehtiyojining rivojlanishi
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu. sirtqi
Emissiya siyosati va milliy valyutaning barqarorligi pul siyosatining tarkibiy
qismlaridir (yо‘nalishlaridir). Emission siyosat muomala uchun zarur bо‘lgan pulning miqdorini aniqlashdan tashqari yana boshqa bir yо‘nalishga ega. Bu yо‘nalish byudjet daromadlarini kо‘paytirishdir. Ana shu yо‘nalish alohida ehtiyotkorlikni talab etadi. Chunki ma’lum bir miqdoriy chegaradan о‘tilganidan sо‘ng pul tizimi inflyatsiyaga moyil (ta’sirchan) bо‘lib qoladi, ya’ni byudjet daromadlarining real qadrsizlanishi sodir bо‘lishi mumkin. Agar qandaydir bir sabablarga kо‘ra davlat о‘z pul tizimini tartibga solishga qodir bо‘lmasa, mamlakatning iqtisodiy xavfsizligiga putur etadi. Chunki bunday sharoitda mamlakatning milliy valyutasi boshqa kuchli valyutalarning ekspansiyasiga qarshi turaolmaydi va milliy boylikdan mahrum bо‘lib qolish mumkin (о‘zaro hisobga olishlar, aksiyalarni sotib olish va xokazolar orqali). Kredit siyosati ham moliyaviy siyosatning tarkibiy qismi (yо‘nalishi) bо‘lib, uning namoyon bо‘lishi mamlakatning krediti tizimi orqali amalga oshiriladi. Kredit tizimi ssuda kapitalining faoliyat kо‘rsatishini ta’minlaydi. О‘z navbatida, ssuda kapitali takror ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirishning muhim sharti hisoblanib, aylanma mablag‘larni tо‘ldirish va investitsiyalar uchun mablag‘larning qarzga olinishini ta’minlaydi. Iqtisodiyotning kredit sektori о‘rtacha foyda normasini tenglashtirish uchun ham xizmat qiladi. Foiz stavkasining darajasi jamiyatdagi iqtisodiy faollikka salbiy ta’sir kо‘rsatishi mumkin. U asossiz darajada yuqori bо‘lsa, quyidagi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin: -kreditlarning qaytarilmasligi; - ishlab chiqarish sektori va xizmatlar sektorida mahsulotlar narxining о‘sishi; -qarzga oluvchilar rentabellik darajasining pasayishi va buning oqibatida soliqqa tortiladigan bazaning qisqarishi; -ishlab chiqarishning qisqarishi; -takror ishlab chiqarish jarayoni sub’yektlari daromadlarining pasayishi natijasida ichki iste’mol bozorining torayishi. Aksincha, kreditning arzonlashuvi ishlab chiqarishning sog‘lomlashuviga, tovarlar massasining ortishiga, tovarlar va xizmatlar bahosining pasayishiga va ana shularning natijasida esa, takror ishlab chiqarish jarayoni sub’ektlari daromadlarining oshishiga, soliqqa tortish bazasining kengayishiga va buning oqibatida byudjet daromadlarining kо‘payishiga olib keladi. Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismi (yо‘nalishi) sifatida davlatning baho siyosati monopol tovar va xizmatlar bahosi va tarifining korrektivka qilinishi (о‘zgartirilishi) orqali ifodalanadi. Yer, osti boyliklari, suv havzalari, temir yо‘llar, elektr uzatish tarmoqlari, neft va gaz quvurlari davlatning monopol egaligidadir. Bu tarmoqlar tovarlari va xizmatlari bahosining о‘sishi (ortishi) milliy xо‘jalik barcha boshqa sektorlarida baholarning о‘sishiga olib keladi. Bu erda bog‘lanish shunchalik ayonki, hech qanday izohga hojat yо‘q. Shuning uchun ham baho siyosati iqtisodiyotni tartibga solishning muhim omili bо‘lib hisoblanadi. Investitsiya siyosati moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlaridan (yо‘nalishlaridan) biri bо‘lib, u eng avvalo, mamlakat iqtisodiyotining real sektoriga о‘z va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun sharoitlarni yaratish 32 bо‘yicha tadbirlar kompleksidan iborat. Bu siyosat davlat boshqaruvi va xо‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasini boshqarishning turli darajalarida amalga oshiriladi. Investitsion siyosatning asosiy vazifasi mamlakat iqtisodiyotiga investorlar tomonidan moliyaviy resurslarni kiritish (joylashtirish), mamlakatdan kapitalning “qochib” ketmasligi va aksincha, mamlakatga xorijiy kapitallar oqimining kirib kelishi uchun sharoitlarni yaratish orqali ifodalanadi. Ijtimoiy moliyaviy siyosat konstitusiyaga muvofiq mamlakat aholisining huquqlarini moliyaviy jihatdan ta’minlash bilan bog‘liq. Hozirgi paytda bu siyosat, о‘z navbatida, pensiya siyosati, immigratsion siyosat, aholi ayrim ijtimoiy guruhlariga moliyaviy yordam kо‘rsatish siyosati va boshqa siyosatlarni о‘z ichiga oladi. Boj siyosatini moliyaviy siyosatning tarkibiy qismi (yо‘nalishi) sifatida qarash bilan birgalikda uni soliq va baho siyosatlarining ham bir qismi sifatida e’tiborga olish kerak. Chunki soliqlar va bojlar (boj yig‘imlari) tovar va xizmatlarning bahosiga bevosita ta’sir kо‘rsatadi. Bir vaqtning о‘zida boj siyosati mamlakat iqtisodiyotiga ta’sir kо‘rsatishning о‘ziga xos bо‘lgan usuliga ham egadir. Usulning о‘ziga xosligi shundaki, bu siyosat bir tomondan, mamlakat ichki bozoriga import qilinayotgan tovarlar va xizmatlarni kengaytirishi yoki cheklashi, ikkinchi tomondan esa, mamlakatdan tovarlar va xizmatlar eksportini rag‘batlantirishi yoki unga tо‘sqinlik qilishi mumkin. Masalan, mamlakatda о‘xshashi bо‘lmagan texnologik asbob-uskunani import qilishga 20 foizli boj yig‘imi о‘rnatilsa, bu narsa mamlakatdagi ishlab chiqaruvchilarning investitsion imkoniyatlarini kamaytiradi, ichki ishlab chiqarishning о‘sish sur’atlarini pasaytiradi, import qilinadigan mahsulotlarning salmog‘ini oshiradi. Har qanday mamlakatning boj siyosati bumerang harakatiga egadir. Chunki boj undirishning cheklovchi yoki rag‘batlantiruvchi stavkalarining joriy etilishi xuddi shunday javob choralarining qо‘llanilishi bilan kuzatiladi. Boj siyosati yо‘nalishining tanlanishi mamlakatning iqtisodiy ahvoliga mos kelishi kerak. Agar biz bugun oziq-ovqat va kundalik ehtiyoj tovarlarining import qilinishiga bog‘liq bо‘lsak, bu boj stavkalarida о‘z aksini topmog‘i lozim. Ammo boj stavkalari rag‘batlantiruvchi bо‘lsa, u holda mamlakatdagi tovar ishlab chiqaruvchilar xorijiy tovarlar bilan raqobat qila olmay qoladi. Umuman olganda, aksariyat hollarda mamlakatning boj siyosati bojxona bojlari va tо‘lovlarini oshirishga yо‘naltirilgan byudjet siyosatiga bog‘liq bо‘ladi. Xullas, moliyaviy siyosat va uning tarkibiy qismlari (yо‘nalishlari) ilmiy jihatdan asoslangan, ma’lum bir maqsadlarga erishishga yо‘naltirilgan, muvofiqlashtirilgan, takror ishlab chiqarish sub’ektlarining manfaatlariga zid bо‘lmaydigan bо‘lishi kerak. Uning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi davlat ichki va tashqi qarzlarining kamayishiga, davlatning oltin-valyuta zahiralarining ortishiga, inflyatsiyani jilovlashga, byudjet defitsitining kamayishiga, YAlpi ichki mahsulot kо‘payishiga, mamlakat tovarlari raqobatbardoshligining kuchayishiga olib kelmog‘i lozim. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling