1-Mavzu: Motivatsiya haqida umumiy tushuncha. Motivatsiyaning rivojlanish bosqichlarimotivatsiyaning tuzilishiga tizimli yondashuv


Motiv - bu kishini faoliyatga undovchi kuch, sabab yoki ehtiyojlar yig’indisidan iboratdir Motiv


Download 2.71 Mb.
bet3/4
Sana08.10.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1695338
1   2   3   4
Bog'liq
motivatsiya

Motiv - bu kishini faoliyatga undovchi kuch, sabab yoki ehtiyojlar yig’indisidan iboratdir
Motiv tushunchasiga olimlar tomonidan quyidagicha ta'rif beriladi
A.Maslouning fikricha, motiv bu ehtiyojlar yig’indisidir
Maslou Abraxam Xarold (1908-1970) gumanistik psixologiya asoschilaridan biri bo‘lgan amerikalik psixolog bo‘lib, u psixologiyaga motivatsiyalarning ierarxik modelining muallifi sifatida kirib kelgan. Bu ierarxiya asosida uning tug‘ma va universalligi haqidagi postulat yotadi.
Maslouning fikricha, inson pastroq pog‘onadagi ehtiyojlarini qondirmaguncha, yuqori pog‘onadagi ehtiyojlarga erisha olmaydi. Shuning uchun yuqori pog‘onadagilar ehtiyojlarga juda ozchilik, ya’ni aholining 1 % igina erishadi. Maslou yana shuni ta’kidlab o‘tadiki, o‘z o‘zini aktuallashtiruvchi insonlar uchun mustaqillik, kreativlik, mahsuldorlik, dunyoni falsafiy anglash va erkin muloqandmandlik xos.
Maslou uchun shaxsning markaziy xususiyati bu uning umumiyligi va bir butunligidadir. Yaxshi teoriyada oshqozon yoki tish yoki bosh og‘rig‘i kabi reallik mavjud emas. Faqatgina individium ehtiyoji mavjud. Agar bir kishi och deylik. Uning o‘zi nimanidir yegisi keladi, oshqozoni emas, agar u kishi biror narsa tanavvul qilsa, o‘zi yegan bo‘ladi. Uning oshqozoni emas. Demak u kishi o‘zi butunlikda ehtiyojini qoniqtirgan bo‘ladi, faqatgina oshqozonining ehtiyojini emas.
Ya’ni Maslouning fikriga ko‘ra, motivatsiya bitta butun insonga ta’sir qiladi, uning alohida organizmiga emas.
S.L.Rubinshteynning ta'kidlashicha, motiv bu ehtiyojning his qilinishi va qondirilishi
A.N.Leontev - motivni inson faoliyatiga yo’nalgan aniq ehtiyojlar va uni qo’zg’atadigan voqelik deb hisoblaydi.
S.L Rubinshteyn. "Motivatsiya - bu psixika orqali amalga oshuvchi determinasiyadir".
Motivatsiya keng ma'noda inson hayotining (uning xulq-atvori, faoliyatining) murakkab ko’p qirrali boshqaruvchisi deb qaraladi.
Motivatsiya - insonni faoliyatga undashning murakkab, ko’p darajali tizimi bo’lib, u o’zida ehtiyojlarni, motivlarni, qiziqishlarni, ideallarni, intilishlarni, ustanovkalarni, emotsiyalarni, normalarni, qadriyatlarni mujassamlashtiradi.
Motivatsiya - murakkab tuzilma, faoliyatni harakatlantiruvchi kuchlar majmuasi bo’lib, u o’zini mayllar, maqsadlar, ideallar ko’rinishida namoyon qiladi va inson faoliyatini bevosita aniqlab, boshqarib turadi.
Motivatsiya - odamni faol faoliyatga undovchi sabablar majmuidir.
Shaxsning jamiyatda odamlar orasidagi xulqi va o’zini tushunishi sabablarini o’rganish tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan narsa bo’lib, masalani
yoritishning ikki jihati farqlanadi:
a) ichki sabablar, ya'ni holati, harakat egasining
sub'ektiv psixologik xususiyatlari nazarda tutiladi (motivlar, ehtiyojlar, maqsadlar, mo’ljallar, istaklar, qiziqishlar va hokazolar);
b) tashqi sabablar - faoliyatning
tashqi shart-sharoitlari va holatlari, ya'ni bular aynan aniq holatlarni keltirib chiqarishga sabab bo’ladigan tashqi stimullardir
Inson rivojlanishini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan motivatsiya turlaridan biri bu ichki motivatsiyadir.
Ushbu nazariyaning mualliflari Rochester universitetidan ikki amerikalik psixolog - Edvard L. Deci va Richard M. Rayandir.
O'z taqdirini o'zi belgilash nazariyasi (SDT) - bu inson motivatsiyasini, shaxsiyatini va psixologik farovonligini tushunishga psixologik yondashuv, xususan, ichki va tashqi motivatsiya masalalarini batafsil ko'rib chiqadi.

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling