1-Mavzu: muloqot psixologiyasining predmeti, maqsad va vazifalari reja: Muloqot haqida umumiy tushuncha


-mavzu: Muomala o’zaro ta’sir sifatida


Download 125.53 Kb.
bet10/35
Sana20.06.2023
Hajmi125.53 Kb.
#1633937
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   35
Bog'liq
sportda muloqot

6-mavzu: Muomala o’zaro ta’sir sifatida.
Reja:

  1. Verbal ta’sir.

  2. Paralingvistik ta’sir.

  3. Noverbal ta’sir.

1.Verbal ta’sir - bu so`z va nutqimiz orqali ko`rsatadigan ta`sirimizdir. Bundagi asosiy vositalar so`zlardir. Ma`lumki, nutq – bu so`zlashuv, o`zaro muomala jarayoni bo`lib, uning vositasi – so`zlar hisoblanadi. Monologik nutqda ham, dialogik nutqda ham odam o`zidagi barcha so`zlar zahirasidan foydalanib, eng ta`sirchan so`zlarni topib, sherigiga ta`sir ko`rsatishni xohlaydi.

2.Paralingvistik ta’sir - bu nutqning atrofidagi nutqni bezovchi, uni kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi omillar. Bunga nutqning baland yoki past tovushda ifodalanayotganligi, artikulyatsiya, tovushlar, to`xtashlar, duduqlanish, yo`tal, til bilan amalga oshiriladigan harakatlar, nidolar kiradi. Shunga qarab, masalan, do`stimiz bizga biror narsani va`da berayotgan bo`lsa, biz uning qay darajada samimiyligini bilib olamiz. Kuyib – pishib, ochiq yuz va dadil ovoz bilan «Albatta bajaraman!», desa ishonamiz, albatta.
Artikulyasiya (oʻzbekchaarticilo) — 1) tilshunoslikda: muayyan tovushni hosil qilishda nutq mushaklarining harakati, holati, ishtiroki; 2) musiqada: asarni sozda yoki ovoz bilan ijro etish usuli. Artikulyasiyaning asosiy turlari: legato (tovushlarning oʻzaro bogʻlanishi) va stakkato (tovushlarni uzib-uzib sadolash). Ulardan tashkari portamento, glissando kabi Artikulyasiya ifodalari ham bor. Artikulyasiya ijrochining harakatlari (cholgʻuni ushlashi, qoʻli, butun vujudi va yelkalarining harakati, barmoq bosishi va boʻshatishi)ga bogʻliq. Toʻgʻri Artikulyasiya ijroning yuksak badiiy va taʼsirchan boʻlishida katta ahamiyatga ega; 3) texnika akustikasida: radio, telefon va boshqalardan tovushning aniq eshitilishi. Artikulyasiya toʻgʻri qabul qilingan tovushlarning umumiy uzatilgan tovushlarga nisbatini (foizlarda) koʻrsatadi va uzatuvchi tizimning akustik sifatini aniqlaydi.


Download 125.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling