Dasturni haqiqatda ishlashini ko’ring.
Baholash va mulohazalar taqdim qila olmaydigan bir jihat mavjud: dasturni ishda qandayligini tomosha qilish. Masalan biron maqola sizga muayyan dasturni eng ishlatishga qulay (user-friendly inglizcha) deb ta’kidlashi mumkin. Yoki foydalanuvchi ham tanlagan dasturingiz ortiqcha vaznni yo’qotish bo’yicha “bozordagi eng zo’ri” deb bong urishi ham turgan gap. Lekin qanday qilib ishonch hosil qilsangiz ekan? Shunga o’xshash holatlar uchun, sizga video taqdimot yordamga keladi. Masalan, YouTube sayti shunday taqdimotlar bilan to’la. Odatda foydalanuvchilar dastur xususidagi o’z tajribalarini filmga olishadi va uni yaxshi yoki yomonligi to’g’risida o’z fikrlari va tavsiyalarini berishadi. Agar biron dasturga shubha qilsangiz, uning aynan nima vazifani bajarishini ko’rsatuvchi video taqdimotlardan foydalaning. Avvaliga harid qilib yoki o’rnatib keyinchalik afsuslangandan ko’ra, ushbu dasturingiz videosi bor yo’qligini tekshirishni maslahat beramiz.
Dasturni “Lite”(Lite – ingl. yengil)) muqobilini izlab ko’ring
Ehtimol siz ham ko’p guvohi bo’lgandirsiz, “Store”ga kirganingizda yangi dasturlarni o’z qurimangizda o’rnatib ko’rgingiz keladi. Barmog’ingiz “sotib olish” yoki “o’rnatish” tugmasi ustida tavakkal qilishga botinolmay turibdi. Lekin bir muddat to’xtang, chunki bu dasturning tekin muqobili topilishi mumkin. Namco Bandai kabi katta developerlar o’zlarining Pac Man o’yinlarini bepul nusxasini ham chiqarib qo’yishgan bo’lishadi. Ular “avval tatib ko’rish keyin harid qilish” tamoyiliga asoslanadi. Aynan shularni “lite” muqobil deyiladi. Lite muqobili developerlar o’z dasturlari haqida tushunchaga ega bo’lishingiz uchun, bir nechta xususiyatlarni ishlatib ko’rishingizga imkon beradi. Undan tashqari dasturni to’liq muqobilini sotib olish yoki o’rnatishdan avval bir qarorga kelishingizni osonlashtiradi.
Ishlab chiqaruvchi haqida ko’proq biling.
Haqiqattan, yuqori sifatli dastur tayyorlovchidan – faqatgina pul topish niyatidagisini ajratib olish unchalik qiyin emas. Shuning uchun ham, mahsulotni original yoki soxta, yuqori sifatli yoki xashaki ekanligini bilishga qiziqsangiz, uning manbasini o’rganing. Dasturni topganingizdan so’ng, uni ishlab chiqarishga mas’ul shaxs yoki korxona nomi keltirilgan bo’ladi. O’sha yerdan, ularning veb sahifalarini ko’zdan kechirib, ularning boshqa tuzib chiqqan dasturlarini tekshiringiz mumkin. Agar manbalar yaxshi deb topilgan dastur ishlab chiqarish bo’yicha anchagina uzoq vaqtdan beri ishlashayotgan bo’lsa, demakki uni o’rnatsa bo’ladi. Agar aksincha bo’lsa, bu yerda bir gap bor…
Do'stlaringiz bilan baham: |