Tovushli axborotlarni yozib oladigan va qayta eshittiradigan qurilmalar
3.1.Akustik tizimlar.
Akustik tizimlar (kolonkalar) multimedia tizimining majburiy bo`lmagan lekin borligi ma`qul bo`lgantashkil etuvchisidir, ularni ishlatganda tovushli axborotni qabul qilish birmuncha yaxshilanadi.
Kompyuterli akustik tizimlar, odatda, maxsus Hi-Fi tizimlaridan pastroqdir, lekin eshitib ko`rish sifati ularda etarlicha yaxshidir.Akustik tizimlar passiv va aktiv bo`ladi.
Passiv akustik tizimlar sozlangan kuchaytirgichga (odatda 4 vattli, har bir kanalga 2 vattdan) va yaxshi eshitilishli rostlagichga ega bo`lgan tovush platalariga ulanishi mumkin.
Aktiv akustik tizimlar kuchaytirgich bilan jixozlangan va tovush platasining chiziqli chiqishiga ham, uning kuchaytirgichining chiqishiga ham ulanishi mumkin. Kolonkaga sozlangan kuchaytirgich uchun tok manbai ichki akkumulyator yoki ta`minot bloki bo`lishi mumkin, ular o`z navbatida ham ichki, ham tashqi bo`lishi mumkin. Yaxshi eshitilishli rostlagichdan tashqari, aktiv kolonkalar, odatda, 3 qutbli ekvalayzerga egadir.
Shuni hisobga olish kerakki, tovush platasining chiziqli chiqishiga maishiy audiokompleks kuchaytirgichining chiziqdi kirishi ulanishi mumkin.
Mikrofon va ovoz kuchaytirgich
Agar biz audioadapter urnatgan bulsak, tabiiyki unga ovoz kuchaytirgichni kalonkalarini ulash kerak. Ovoz kalonkalarini 2 xil turi mavjud: passiv va faol . Ularning asosiy farki shundaki , passiv kalonkalarda kuchaytirgich bulmaydi va audioadapterning chikish kuchlanishi kalonkalar ovoz kuchaytirgichiga modifikaciyasiz keladi. Standart xolatda ishlash uchun bunday kalonkalar yaraydi.
Ayni xolatda ovozni sozlash uchun yoki audioadapterda tugridan tugri urnatish yoki damsturiy vosita yordamida foydalaniladi. Faol kalonkalarda audioadapterdan keluvchi signal ichki uz kuchaytirgichi yordamida kuchaytiriladi. Passiv kalonkalar uchun ovoz kuchaytirgichlarning kuvvati audioadapterning kuchaytirgich kuvvati ,ilan belgilanadi. Audioadapterda ovoz, musiqa yoki shovqin yozish uchun (MPC standarti talabi bo`yicha) mikrafonni ulash nazarda tutilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |