1-Mavzu. Multimedianing tarkibiy qismi. Multimediali ilovalarning qo’llanilish sohalari. Reja
Mobil aloqa
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4 – Mavzu. Mobil qurilmalar uchun ovoz yozish va tovush chiqarish. Reja
- 1.1. Dastlabki ovoz yozib oluvchi va uzatuvchi qurilmalar.
Huawei P10
5,1 dyuymli Full HD va 1920×1080 pikselli displey 960 protsessori akkumulyatorining hajmi esa 3200 mA/soat sig‘imga 20 megapikselli monoxrom va 12 megapikselga teng rangli sensorli ikkita asosiy kameraga ega, frontal kamerasi esa 8 megapiksel. Android 7.0 Nougat operatsion tizimida ishlaydi. |
|
Hozirgi kunda har bir kishi o`z mobil telefoniga ega va biz telefonlarning rusumlari haqida ko`p eshitganmiz. Telefonlarning rusumlariga qarab tanlaymiz va narx ham shunga bog`liq deb o`ylaymiz. Mobil telefonning narxi bir jihatdan unda ishlayotgan operatsion sistemaga ham bog‘liqdir. Telefonimizda ishlayotgan dasturiy ta‘minot nafaqat uning narxiga, balki telefonning boshqa xususiyatlari va qulayliklarini ham belgilab beradi. Bugungi kunda mobil tizimlar sohasida qo‘llanilayotgan asosiy dasturiy ta‘minotlar Symbian, Windows Mobile, iPhod systemasi, Android, Web OS va yana bir ochiq kodli yosh sistema Samsung Electronics ning kechagina yaratilgan Bada sistemasi. Bugungi kunda juda tez ommalashayotgan, mobil qurilmalar uchun yaratilgan ochiq kodli operatsion sistema – Android tizimidir.
4 – Mavzu.
Mobil qurilmalar uchun ovoz yozish va tovush chiqarish.
Reja:
Dastlabki ovoz yozib oluvchi va uzatuvchi qurilmalar
Ovoz kartasini o`rnatish va uni sozlash
Tovushli axborotlarni yozib oladigan va qayta eshittiradigan qurilmalar
1.1. Dastlabki ovoz yozib oluvchi va uzatuvchi qurilmalar.
Axborot tashuvchi qurilmalar orasida fonografdan keyin patefon va grammofon kabi asboblar ham mavjud bo‘lgan bo‘lib, ushbu qurilmalar allaqachon nodir qadimiy buyumlar ishqibozlari jamlanmalari va tarixiy muzeylardan joy olishga ulgurgan.
Fonograf yaratilgan 1877-yilda plastinkalar o‘rnida valik bo‘lgan. Shunday qilib, «chuqur yozuvlar» usuli yuzaga kelgan.
Dastlab grammofon ixtiro etilib, jahondagi xalqlar o‘rtasida keng ommalashib bordi. Birinchi ovoz yozib oluvchi qurilma
Qurilma materialda ovoz izini qoldirish usulida yozilganligi uchun «fotoavtograf» deb nomlandi.
Fotokimyo usulida olingan plastinka ustidan membranaga mustahkamlangan ignaning aylanishi bilan sifatli ovoz tarala boshladi.
Shunday qilib, 1887-yil 26-sentabr kuni Berliner grammofon deb nomlangan qurilmaga patent oldi va grammofon qurilmasi ixtirochisiga aylandi.
Patefonni aka-uka Patlar ixtiro qilgan va patent olganlar (qurilma nomini ham mualliflar sha’niga shunday ataganlar), mazkur qurilma grammofondan tashqi qiyofasi bilangina emas, balki ovoz yozish usuli bilan ham farq qilgan. Patefon — grammofon plastinkalari uchun mexanik qurilmadir. Grammofondan farqli ravishda, patefonda korpusga kiritilgan kichik karnay o‘rnatilgan.
Dastlabki plastinkalar rekord (ingliz tilidan «record» — «yozuv») deb atalgan.
XX asr boshida ko‘plab sonli gramplastinkalar ishlab chiqarila boshlandi va mashhur qo‘shiqchilar yanada ommalashuviga imkoniyat yaratildi. Ko‘plab ovoz yozuvchi firmalar paydo bo‘lib, ishlab chiqilgan standartlar asosida plastinkalarning daqiqasiga 78 aylanish tezligi belgilab qo‘yildi. Bu uch daqiqalik qo‘shiq yozishni ta’min-laydi. Biroq muhandislarning harakatlari bilan patefon diapazoni chastotasi — 150dan 4000 Gts.gachani tashkil etdi.
XX asr 30-50 yillar patefonlari
1900-yilda Parijda o‘tkazilgan jahon ko‘rgazmasida telegrafon Gran-pri olishga sazovor bo‘ldi. Bir yildan keyin u «haqiqiy» magnitofonga o‘xshash yangi qurilmani yaratdi.
Magnitofonlarga 1940-yil oxiriga qadar deyarli talab mavjud emasdi.1935-yilga kelib, Germaniyaning AEG firmasi konstruktiv tuzilmali va elektrik sxemali magnitofonlarni ishlab chiqara boshladi. Mazkur magnitofonlar g‘altaklari lentasining diametri 30 sm bo‘lib, yigirma daqiqalik musiqani tinglash imkonini berar va chastotasining diapazoni 100dan 6000 Gts.gachani tashkil etardi.
Vinil plastinkalar, gramplastinkalar
Magnitofonlar jahonda 1947-yildan keyin boshlab ommalasha boshladi
Gramplastinkalar
Mazkur qurilmalar haqida «Aloqa tarixi muzeyi»ga tashrif buyurib, batafsil ma’lumotga ega bo‘lish mumkin. Maqola «Aloqa tarixi muzeyi» va infoCOM.UZ jurnali tahririyatining hamkorlikdagi loyihasi asosida tayyorlandi. Uni tayyorlashda sohaga oid adabiyotlar, o‘quv qo‘llanmalari va manbalardan foydalanildi.
Download 6.16 Mb.
Do'stlaringiz bilan baham:
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling