1-Mavzu. Multimedianing tarkibiy qismi. Multimediali ilovalarning qo’llanilish sohalari. Reja


Fotoapparat qurilmasining tuzilishi va ishlash prinsipi


Download 6.16 Mb.
bet31/70
Sana14.10.2023
Hajmi6.16 Mb.
#1703033
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   70
Bog'liq
Mobil aloqa

Fotoapparat qurilmasining tuzilishi va ishlash prinsipi.
Fotoapparat, fotokamera, suratga olish apparati — suratga olinadigan obʼyektlar optik tasvirini fotomateriallarning yoruglik sezgir qatlamiga tushiruvchi optikmexanik qurilma. Fotosuratga olishda obʼyektning optik tasviri optik tizimlar yordamida fotomaterialning yorugʻlik sezgir qatlamiga maʼlum vaqt oraligʻida proyeksiyalanadi. Natijada yoruglik sezgir qatlamda suratga olingan obʼyektning yashirin tasviri hosil boʻladi; fotomaterialga kimyoviyfotografik ishlov berilgandan soʻng suratga olingan obʼyektning koʻrinadigan negativ yoki pozitiv tasviriga aylanadi. F.ning havaskorlik, professional va maxsus xillari bor. Havaskorlik va professional F.lardan kishilarni, peyzaj, sport musobakalarini suratga olishda, portretlar yasash va boshqa da foydalaniladi. Maxsus F.larda fototexnika ishlari, aerofotosʼyomka, mikrosʼyomka va boshqa bajariladi. F. fotomaterialda hosil boʻladigan tasvirlar oʻlchami (kadrlar formati)ga qarab mitti (13x17 mm), yarim formatli (18x24 mm), kichik formatli (28x28 va 24x36 mm), oʻrtacha formatli (45x60 dan 60x90 mm gacha) va yirik formatli (90x120 mm va undan katta) xillarga boʻlinadi.
Zamonaviy F.larning asosiy uzellari: yoruglik oʻtkazmaydigan kamera (uning korpusi bikr, ikki tomonlama ochiladigan, teleskopik yoki buklama koʻrinishda boʻladi), obʼyekt tasvirini fotomaterial (fotoplyonka yoki fotoplastinka)ga tushirib beradigan obʼyektiv, fotoplyonka yoki fotoplastinkaning yorugʻlik sezgir qatlamiga yorugʻlik nurini oʻtkazishni taʼminlaydigan zatvor, ravshanlikka toʻgʻrilash mexanizmi, vidoiskatel (koʻrinish qidirgich), fotoplyonkani qayta oʻrash mexanizmi, fotoplyonka kassetasi, zatvor va chaqmoqlampa ishini sinxronlovchi sinxrokontakt, ekspozitsiya vaqtini yarim avtomatik aniklaydigan fotoeksponometr, zatvorni ishga tushiradigan avtomatik tepki.
Baʼzida F.dan koʻz ilgʻamas (fotoqatlamda qayd qilinadigan) ultrabinafsha yoki infraqizil nurlarni suratga tushirishda foydalaniladi. Bunday hollarda koʻzguli obʼyektiv yoki nurlarga moye keluvchi linza komponentlari, shaffof materiallar: kvars, flyuorit, litiy ftoridli (ultrabinafsha nurlar uchun); natriy xlorid, kremniy, germaniyli (infraqizil nurlar uchun) obʼyektiv ishlatiladi. Obʼyekt tasvirini biror tor spektral intervalda olish yoki fotosʼyomkada surat badiiy yaqqol chiqishi uchun obʼyektivda olib qoʻyiladigan turli yoruglik filtrlari qoʻllaniladi.

Download 6.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling