1-Mavzu. Multimedianing tarkibiy qismi. Multimediali ilovalarning qo’llanilish sohalari. Reja


Download 6.16 Mb.
bet33/70
Sana14.10.2023
Hajmi6.16 Mb.
#1703033
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   70
Bog'liq
Mobil aloqa

4. Soniyadagi kadrlar soni. 1 soniyada qancha kadr olishi. Video, rasmlar ketma-ketligidan iborat bo‘lgani uchun, soniya davomida o‘tadigan rasmlar soni ko‘proq bo‘lishi kerak. normal holat uchun, soniyada 30 ta kadr o‘tishi kifoya qiladi, undan pasti har xil surilishlar bilan video hosil qilishi mumkin, odatda bu xarakteristika chastotada o‘lchanadi va «fps» ko‘rinishida kameraga yozilgan bo‘lishi ham mumkin.
5. Fokusirovka. Ob’yektdan kameragacha bo‘lgan masofani aniqlash, odatda bu xarakteristika avtomat bo‘ladi, shunday bo‘lsa ham, bir so‘rab, tekshirib ko‘ring.
Yuqoridagi xarakteristikalar asosiylari hisoblanadi, ulardan tashqari quyidagilarga ham ahamiyat bering.
1. O‘rnatilishi. Monitor turiga qarab tanlanaveriladi. Iloji boricha qotirilishiga ahamiyat bering, video bo‘lgandan keyin, yaxshi qotib turishi lozim.
n
2. Interfeys. Odatda web kameralar USB port orqali ulanadi. Siz etibor beradigan yana bir narsa, ulanadigan simning uzunligi, iloji boricha uzunrog‘ini oling, chunki har xil holat bo‘lishi mumkin, kamida 1,5 bo‘lgani yaxshi.
3. Operatsion tizimga bog‘liqligi. Barcha web kameralar Windows operatsion tizimi bilan bemalol ishlay oladi. Siz faqat windows emas, boshqa, LinuxMac operatsion tizimlari bilan ham ishlay oladimi, shulariga ham qarang, keyinchalik kerak bo‘lib qolishi mumkin.
4. Mikrofon. Web kamerada qo‘shimcha mikrofon bo‘lgani ham yaxshi. Bitta to‘lov orqali ikkita qurilmaga ega bo‘lasiz, ishlatish ham sodda bo‘ladi. Iloji boricha mikrofonligini oling.
5. Videoeffektlar. Ba’zi web kameralarda o‘z effektlari bo‘ladi. Bu qo‘shimcha xarakteristika bo‘lib, agar kerak bo‘lsa, shundaylarini ham topishingiz mumkin.
6. Qo‘shimcha imkoniyatlar. Web kameralarda har xil effektlar, ZOOM, yaritishlarni ko‘paytirish, ranglarni moslash va boshqa qo‘shimcha imkoniyatlar ham bo‘lishi mumkin. Bu endi sizning didingizga bog‘liq.
Hozirgi kunda quyidagi asosiy firma web kameralari mavjud: Philips, A4Tech, Oklick, Ritmix, Hercules, HP, Microsoft, Axis, Canyon, Prestigio, MSI StarCam, Chicony, Logitech, Genius, Creative.



Download 6.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling