Raqamli fotoapparat.
Bu qurilma biz odatlanib qolgan oddiy fotoapparatga o‘xshab ketadi, farqi shundaki, raqamli fotoapparat bilan olingan tasvirlar raqamli axborot shaklida bo‘lib, ularga kompyuter yor-damida ishlov berish mumkin. Raqamli fotoapparat bilan olingan tasvirlar elektron tashuvchilarga yoziladi va ulardan ekranda tasvirlash yoki ishlov berishda foydalaniladi. Raqamli fotoapparatdan rasmlarga, qo‘lyozmalarga, bosma matnlarga va boshqalar-ga kompyuterda ishlov berish, ularni aloqa kanallari orqali uzatish maqsadida ham foydalanish mumkin.
Web camera tanlashda e’tibor beriladigan xarakteristika.
Videoaloqani amalga oshirish uchun web kamera kerak bo‘ladi, bu qurilma oddiy kamera singari ishlaydi va videoaloqani o‘rnatib beradi.Demak, web kamera tanlashda, uning quyidagi parametrlariga yaxshilab ahamit bering.
1. Matritsa turi. Eng asosiy ahamiyat beriladigan xarakteristika bo‘lib, videoaloqa o‘rnatish sifatini belgilaydi. Hozirda 2 xil turdagi matritsa mavjud: CCD, CMOS. Agar siz uy sharoitida vedeoaloqani o‘rnatmoqchi bo‘lsangiz, sizga oddiy arzonroq CMOS matritsali web kamera ham bo‘laveradi. Agar siz professional ishlar uchun(har xil konferensiyalar) web kamerani ishlatmoqchi bo‘lsangiz, unda sizga CCD matritsali kamera kerak bo‘ladi.
2. Matritsa o‘lchami. Bu xarakteristika orqali siz qanday o‘lchamda(разрешения) videoaloqani o‘rnatishni belgilaysiz, o‘lcham deganda gorizontal va vertikal yo‘nalishdagi piksellar soni tushuniladi. Qanchalik katta bo‘lsa, shuncha aniq bo‘ladi. Quyidagi asosiy qiymatlar mavjud:
640×480 piksel — 0,3Mpx — (VGA)
1280×1024 piksel — 1,3Mpx — (HD)
1920×1080 piksel — 2,0Mpx — (FullHD)
Hozirgi kunda eng hamyonbop va internet tezlikka mos kamera 1,3Mpx o‘lchamligidir.
3. Sezish qobiliyati. Bu xarakteristika qanchalik yorug‘ bo‘lganda, kamera olishi yaxshi bo‘lishini belgilaydi. Bu matritsa turiga bog‘liq, agar sizning matritsangiz CCD tipida bo‘lsa, biroz yorug‘ bo‘lsa ham, yaxshi sifatda oladi. Agar CMOS matritsa bo‘lsa, videoaloqa yaxshi bo‘lishi uchun, yorug‘roq xona bo‘lishi lozim. Bu parametr «lux«da o‘lchanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |