БҲМ
150 баравари
3.1.-rasm. Tadbirkorlik sub’ekti sifatida ro‘yxatdan o‘tmasdan, oilaviy tadbirkorlikka moyilligi bor oilalarga kredit ajratish tartibi
Sektor rahbari yakka tartibdagi tadbirkorlik (YATT) yoki oilaviy tadbirkorlik shaklida faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagi bo‘lgan oilalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga va davlat ro‘yxatidan o‘tgach, bazaviy hisoblash miqdorining 1000 baravari miqdorida kredit olishga ko‘maklashadi. Sektorga biriktirilgan tijorat banki xodimi oilaviy tadbirkorlik sub’ekti loyihasining biznes rejasi, garov ta’minoti va boshqa tegishli hujjatlarni tayyorlashga yordam beradi va biriktirilgan bank filialiga taqdim etadi. Bunda, garov ta’minoti etarli bo‘lmagan hollarda Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi kafolatidan foydalanish ehtiyoji borligi to‘g‘risida bankka ariza beradi. Jamg‘arma tomonidan kredit summasining 50 foizigacha ta’minot taqdim etiladi.
Hunarmandchilik bilan shug‘ullanish istagi bo‘lgan oilalar MFY raislari tomonidan shakllantiriladi va sektor rahbariga taqdim etiladi. Tuman «Hunarmand» uyushmasi tumandagi hunarmandlar ro‘yxatini sektor rahbariga taqdim etadi. Sektor rahbari, MFY raisi, «Hunarmand» uyushmasi rahbari «Ustoz-shogird» tamoyili asosida hunarmandlikka moyilligi bor ehtiyojmand oila vakillarini uyushmadan rasman ro‘yxatdan o‘tgan hunarmandlarga biriktiradi. Bunda bir hunarmandga 10 nafardan ortiq bo‘lmagan shogirdlar biriktiriladi. SHuningdek, tuman (shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi uch tomonlama shartnoma tuzish orqali hunarmandlikni tizimli tashkil etilishini nazarda tutadi (3.2.-rasm).
Ҳар бир шогирдга БҲМ 50 %
Ҳунар ўрганувчига БҲМ миқдорда
“Ҳунарманд” уюшмасига аъзо қилиш (Аъзолик бадали Бандлик жамғармасида тўланади);
18 ой муддатга БҲМнинг 250 бараварида кредит
Izoh: Bazaviy hisoblash miqdori – 223 000 so‘m.
Do'stlaringiz bilan baham: |