1 Mavzu: murojaatnomada davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash, iqtisodiyotda bozor mexanizmlarini joriy etish – borasidagi ustivor vazifalar. Reja
-rasm. Kambag‘allikni qisqartirishda borasida amalga
Download 410.31 Kb.
|
1 Mavzu Amaliy mashgulot
3.4.-rasm. Kambag‘allikni qisqartirishda borasida amalga
oshiriladigan yo‘nalishlar SHu bilan birga, kambag‘allikni qisqartirishda hududlar ijtimoiy infratuzilma ob’ektlari ichki yo‘llarini ta’mirlash, qayta ta’mirlash va saqlash, aholini, tadbirkorlik sub’ektlarini energiya bilan uzluksiz ta’minlash, hududda aholining toza ichimlik suvi ta’minoti tizimini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilishi zarur. Qayd etilgan vazifalarni hal etish maqsadida mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari, tuman (shahar) hokimi o‘z hududida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha manzilli dastur ishlab chiqib, uning ijrosi bo‘yicha har chorakda mahalliy Kengashlarda hamda ommaviy axborot vositalari orqali xalqqa hisobot berib boradi. Mazkur masala barcha rahbarlarning birinchi darajali vazifasi va ish samarasini baholaydigan asosiy mezonga aylanishi kerakligi ta’kidlandi.
Шавкат МИРЗИЁЕВ Davlatning iqtisodiyotdagi ishtiroki quyidagi ikkita yo‘nalishda ko‘zga tashlanadi: birinchidan, boshqaruv amaliyoti bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlarni qabul qiladi va korporativ tuzilmalarning faoliyati davomida qonunchilikda belgilab qo‘yilgan talablarning bajarilishini nazorat qilib boradi. Mazkur jihat barcha mamlakatlar tajribasida qo‘llaniladi; ikkinchidan, davlat ishtirokidagi korxonalarda bevosita ishtirok etadi va aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatiga doir qarorlar qabul qilinishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bunda davlat ustav kapitalidagi ma’lum bir ulushga egalik qilish orqali mulkdor sifatida ishtirok etadi. Umuman, davlatning iqtisodiyotdagi ishtiroki quyidagilar asosida amalga oshiriladi: – aksiyadorlik jamiyati ovoz beruvchi aksiyalariga to‘liq egalik qilish. SHuningdek, faqat davlat tomonidan ustav kapitalini to‘liq shakllantirish amaliyoti asosida ham davlatning ishtiroki kuzatiladi. Bunda davlat aksiyadorlik jamiyatida yagona aksiyador sifatida faoliyat yuritadi va yakka tartibda qaror qabul qiladi. Mazkur amaliyot mamlakatimizdagi aksiyadorlik jamiyatlarida ham kuzatiladi; – aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalar nazorat paketiga egalik qilish. Mazkur holatda davlat yirik aksiyador sifatida maydonga chiqadi va birinchi navbatda, davlat manfaatlarini ko‘zlab faoliyat yuritadi. YA’ni boshqa aksiyadorlarning qarorlar qabul qilishga ta’siri nisbatan past bo‘ladi; – aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalida ma’lum bir ulushga egalik qilish. Bunda davlat o‘z egaligidagi aksiyalarning ustav kapitalidagi ulushiga mos tarzda ovoz berish orqali boshqaruvda ishtirok etadi. Agarda davlat aksiyalar ulushi asosida Kuzatuv kengashi yoki Taftish komissiyasi a’zolarini ko‘rsatish vakolatiga ega bo‘lsa, aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishida Kuzatuv kengashiga yoki Taftish komissiyasiga o‘z nomzodlarini taqdim etadi va kumulyativ ovoz berishda ishtirok etadi. Davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokining afzalliklari va kamchiliklari quyidagi jadvalda keltirilgan (3.1.-jadval). Download 410.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling